Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi xodisalar to‘g‘risida

433
0

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi xodisalar to‘g‘risida

 Mojaroning mustamlakachilik siyosatiga taalluqli jihati

 SSSR qulaganidan keyin ham Rossiya O‘rta Osiyo respublikalari ustidan bevosita mustamlakachiligini saqlab qoldi. AQSh esa undan mustamlakalarini tortib olish harakatida. Bu borada G‘arb to‘lig‘icha AQShni qo‘llab-quvvatlaydi. AQSh dastlab Tojikistondagi fuqarolik urushidan foydalanib (1992-97-yillar) Tojikistonni tortib olishni o‘ylagan. Biroq, bu Rossiya foydasiga echilgan. Keyin Afg‘onistonda “Tolibon”ni hokimiyat tepasiga olib kelish orqali Rossiya mustamlakachiligiga harbiy tahdid tug‘dirgan, ammo, Amerika va Tolibonning kelishmovchiligi sababli ushbu tahdid bartaraf bo‘lgan. Shundan beri Amerika mintaqada siyosiy-iqtisodiy yirik loyihalarni amalga oshirishga harakat qilib keladi. Ushbu loyihalar Markaziy Osiyo respublikalarining o‘zaro integratsiyalashga qaratilgan. Biroq, O‘rta Osiyoda davlatlararo yoki fuqarolik urushlari alanga olgudek bo‘lsa, Amerika boshqa loyihalarni tashlab, mazkur urush o‘tini yanada alanga oldirishdan manfaatdor. Sababi, mazkur urushlar Rossiyaning mustamlakachilik tizimida beqarorlik keltirib chiqaradi, Rossiya mustamlakachiligini susaytiradi va AQShning mintaqaga har tomonlama kirib kelishiga imkon beradi.

 Rossiyaning esa o‘z mustamlakasi ostidagi mamlakatlarni birlashtirib turuvchi mafkurasi yo‘qligi sababli, qo‘l ostidagilarni kuch bilan ushlab turadi. Terrorizm va ekstremizm tahdidi bilan qo‘rqitadi, chegara mojarolarini chiqaradi, mehnat migrantlarini qisuvga oladi va h.k. Bunga qadar Tojikistonni EOIIga olib kirish uchun chegara mojarolari orqali bosim o‘tkazib, Qirg‘izistondan foydalanib kelgan bo‘lsa, bu safar boshqacha bo‘ldi.

 Bu safar Rossiya Tojikiston hokimiyatini Qirg‘izistonga gij-gijlash orqali “bir o‘q bilan ikki quyonni otmoqchi” bo‘ldi. Birinchidan, ma’lumki, AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketmoqchi. Buning uchun olib chiqib ketayotgan kontingentini Pokiston kabi o‘ziga qarashli davlatga joylashtirgandan ko‘ra, Rossiyaga qarashli mamlakatga joylashtirgani foydali. Sababi, bunda Rossiya mustamlakalarini tortib olishda yana bir qadam oldinga jilgan bo‘ladi.

 “New York Times” nashri 15-aprelda AQSh rasmiylari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan baza borasida muzokaralar olib borayotgani xabar qildi.

 AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 22-aprelda O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari bilan suhbatlashganini ma’lum qildi.

 Natijada, Rossiya bu borada choralar ko‘rishni boshladi. Sababi, Rossiya o‘ziga qarashli erlarda AQSh bazalari bo‘lishin xohlamaydi. Shuningdek, Afg‘onistondan harbiylarini olib chiqib ketganidan keyin ham Amerika o‘ziga qarashli Afg‘onistonning yangi hukumati va oldindan tayyorlagan qurolli guruhlari orqali Rossiya manfaatlariga tahdid tug‘dirishini istamaydi. Mintaqadagi manfaatlar urushida Tojikiston Rossiyaning chegarasi hisoblanadi. Shu sababli, 26-27-aprel kunlari Rossiya mudofaa vaziri Tojikistonda bo‘ldi va harbiy shartnomalar tuzdi.

 Rossiya otgan ikkinchi “quyon” quyidagicha bo‘ldi. Ma’lumki, Qirg‘iziston prezidenti 11-12-mart kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, yirik shartnomalar tuzib qaytgan edi. Keyinchalik MXDQ raisi 24-25-mart kungi safarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegara masalalari 100% hal etilganini aytdi. Ushbu shartnomalar AQShning O‘rta Osiyo mamlakatlarining o‘zaro integratsiyalash loyihasi doirasida bo‘lgani sababli Rossiyaning g‘azablantirdi. Shu sababli, dastlab Rossiyaning muholifatdagi kadrlar tomonidan Qirg‘iziston-O‘zbekiston kelishuvlariga qarshiliklar ko‘tarildi. So‘ngra, Qirg‘iziston-Tojikiston chegara masalasida Rossiya Tojikistonni qo‘llovga olish orqali Qirg‘iziston hukumatini jazolab qo‘ymoqchi bo‘ldi. Shunindek, bu orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlariga Rossiya istaklariga zid harakat qilishdan qo‘rqitib qo‘yishni ko‘zladi.

 19-aprelda Botken tumanida yashovchi Esenbay Majitov Rossiyada rus huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bunga Tojikistonning unga nisbatan qidiruv e’lon qilgani sabab bo‘ldi. Bu Rossiyaning chegara masalasida Tojikistonni qo‘llab-quvvatlashni boshlaganining belgisi edi. Avval Qirg‘izistonni qo‘llayotgan vaqtda fevral oyida Qirg‘iziston e’lon qilgan qidruv asosida Tojikiston fuqarosi qamoqqa olgan edi.

 Chegara mojarosi boshlangan 28-29-aprel kunlari Tojikistonda KXShTga a’zo mamlakatlarning xavfsizlik kengashi kotiblarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda chegara mojarolarini to‘xtatishga hech qanday harakat bo‘lmadi. Demak, bu KXShT etakchisi bo‘lgan Rossiyaning ushbu janjalni qo‘llaganini anglatadi.

 29-aprelda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova rasmiy Kreml chegaradagi so‘nggi vaziyatni kuzatib turganini bildirdi. Demak, bu voqea Rossiya nazorati ostida turganini bildiradi. Ushbu va bu kabi faktlardan voqeaning qo‘llovchisi va uyushtiruvchisi Rossiya ekanligi oydinlashadi.

 Biroq, G‘arb o‘z kadrlari orqali bu xodisani o‘z manfaatlari yo‘liga burishni o‘yladi. Dastlab, xalq tuyg‘usidan foydalanib, mamlakatni urushga kirishga majbur qilmoqchi bo‘ldi. O‘ziga qarashli mamlakatlarni Qirg‘izistonga zimdan qo‘llov ko‘rsatishga undadi. Ammo Qirg‘izistonda bu maqsadni ishga oshiradigan kadrlari yo‘q bo‘lgani sababli buning uddasidan chiqa olmadi. Hatto, g‘arbparast generallar ham Rossiyadan qo‘rqib bu ishni zimmasiga olmadi. Agar zimmasiga olsa G‘arb undan “millat qaxramoni”ga aylantirar edi, biroq, generallar Rossiya qo‘li bilan o‘ldirib yuborilishidan qo‘rqdi. Hokimiyat esa urushdan qochdi, chunki, mojaro ortida Rossiya turganini ko‘rdi. Uning stseneriysiga qarshi chiqib olsa, hokimiyatdan qulatib, o‘rniga boshqa malayini olib kelib qo‘yadi deb cho‘chidi. Hatto, Rossiya ham, Tojikiston ham belgilangan stsenariyning oxiriga kelib to‘xtashini bilib turishsa ham qo‘rqishdi. “Xalqni o‘yladik” degani yolg‘on. Xalqni shuncha azob-uqubatga giriftor qilgan shular, agar xalqni o‘ylashgani haqiqat bo‘lsa, u holda ular o‘zlarining mas’uliyatlari haqida ham gapirishar edi…

 Hozir G‘arb axborot hujumiga o‘tdi. Uning mamlakatdagi odamlari BMT bosh bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish tashabbusini ko‘tara boshlashdi. Bu orqali Rossiyaning qonxo‘r mustamlakachi ekanligi yanada ochiladi va xalqning undan yuz o‘girishi uchun imkon paydo bo‘ladi. (Allohning hikmati bilan ushbu xodisa Rossiya tarafdorlari orasida ham unga qarshi nafrat uyg‘otdi).

 Mojaroning mahalliy siyosatga taalluqli jihati

 Bunga qadar, Sadir Japarov Rossiyaga borib kelganidan so‘ng – Rossiyaning Tojikistonni EOIIga kirishga majburlash harakati doirasida – Qirg‘iziston tomoni bir qator ishlar qilgan edi. Bu narsa shusiz ham qiynalib turgan Tojikiston aholisi uchun sezilarli qiyinchiliklar yaratdi. Albatta, bu o‘z navbatida I. Rahmon hokimiyatini silkinishiga olib keldi. Rahmon vaqtdan foydalanib, o‘z obro‘sini tiklash va yangi paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf qilishni ko‘zladi.   

 Bu vaqtga kelib Qirg‘izistondagi rossiyaparast va g‘arbparast muholifatchilar O‘zbekiston-Qirg‘iziston masalalari bo‘yicha xokimiyat obro‘siga zarba berishga muvaffaq bo‘lishgan edi. Shuningdek, Jahon bankining bosimi ostida Sadir Japarov elektr energiyasi narxi ko‘tarilishini ma’lum qildi, bu hokimiyatning obro‘sini yanada tushirib yubordi. Islomga qarshi harakatlari hukumatning musulmonlar qo‘llovidan ham mahrum qildi. Tojikiston-Qirg‘iziston chegara masalasi ham holdan toygan hukumatni battar zaiflashtirib, Qirg‘izistonni Tojikiston talablariga ko‘nishga majbur qilar edi. Shu sababli, ang avvalo Tojikiston mojaroni “Golovnoy”dan boshladi. Sababi, bu borada bosh vazirning aytgan so‘zlari bor edi. Shuning uchun, bu ham hukumat obro‘-e’tiboriga og‘ir zarba bo‘lib tegishi uchun, ishni shu erdan boshladi. Shunday qilib, hukumatning Botkendagi harbiy mashg‘ulotlari, Tashievning provokatsion bayonotlari shamolga uchdi. Mana shulardan keyin qirg‘iz hukumati Rossiyaning ham, Tojikistonning ham barcha talablarini qabul qilgani ko‘rinib turipti.

 Muholifatga kelsak, amaldagi hokimiyatni almashtirishni istagan rossiyaparast siyosatchilar ochko ishlash bilan ovora. G‘arbparastlar esa, G‘arb ko‘rsatmalariga muvofiq, xalqaro hamjamiyatga murojaat qilish bilan band.

 Fuqarolik jamiyati faollari va tashkilotlar xalqaro tashkilotlarga xat jo‘natishmoqda. Eks-prezident Otunbaeva “O‘z tajribamga asoslanib, qo‘limdan kelganicha yordam beraman. BMT bosh bo‘lgan xalqaro hamjamiyatga to‘g‘ri ma’lumot berilib, yuzaga kelgan vaziyatni jamoatchilikka tushintirish ishlari olib borilmoqda”, – dedi.

 JK Xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining o‘rinbosarlari Abdivahob Nurbaev va Kanibek Imanaliev Evroparlamentning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik guruhi raisi Fulьvio Martuschello bilan videoaloqa muloqoti o‘tkazishdi. A. Nurbaev: “Evroparlament vakili ushbu holatga xalqaro hamjamiyat e’tibor qaratishi zarur ekanligini bildirdi”, – dedi. U shuningdek, 3-mayda qo‘mita xalqaro hamjamiyatga murojaatnoma loyihasini ishlab chiqqanini, ammo parlamentning yopiq majlisida bu qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lganini aytdi. (Ushbu tashabbus asoschilarining aksari, yaqinda iyun voqealari qayta tergov qilinishiga qarshi chiqqan “muvaqqat hukumat” a’zolari va ularga qarashli odamlardan iborat).

 Muholifat “Xalqaro hamjamiyat” deb nomlayotgan yirik tashkilot va davlatlar Tojikistonga kompensatsiya to‘latib, uni jazoga tortib beradi deb umid qilishmoqda. Ular hech qachon bunday qilmaydi, lekin ular ushbu masalani ko‘tarib xalqlarni qayta-qayta qayrayveradi. Maqsadi, mahalliy beqarorlik yoki urushlar keltirib chiqarish orqali hokimiyat tepasiga o‘z malaylarini olib kelishdan iborat.

 Amaldagi hukumat esa xalqaro hamjamiyat aralashishiga qarshi turipti. Sababi, bu Rossiyaning ko‘plab qing‘irliklarini ochib qo‘yadi. Rossiya esa yana g‘azabini Qirg‘izistonga ko‘rsatadi. Shu sababli, K. Tashiev: “Biz hozir Tojikistonga bu uylarning qaysi bir chiqimini to‘lab ber deb murojaat qilmaymiz. O‘z mkoniyatimiz bilan o‘z xalqimizga uy qurib beramiz. Agar vaqti kelib, tojik tomoni o‘z qilmishlariga afsuslanib, keltirgan zararni to‘lab beraman deb murojaat qilsa, buni ko‘rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda biz ulardan yordam ber deb so‘ramaymiz”, – dedi. (Muholifat esa yordam so‘rash emas, talab qilish kerak demoqda).

 Prezident Sadir Japarov esa “Provokatorlar uchinchi kuchlardan ham yomonroq” deb, e’tiborni Rossiyadan chalg‘itib, mahalliy muholifatga burib yuborishga harakat qilmoqda.

 Chegar mojarolarining xalqqa taalluqli jihati

 Yonma-yon yashab kelgan ikki xalq vakillari chuqur fikr yuritishlari kerak. Hozir ularning kofirga malay hukmdorlari “millatchilik”, “vatanparvarlik” fikr va tuyg‘ulari asosida xalqlarni etaklashmoqda. Biroq, chuqur o‘rganib chiqilsa, bular kofirlarning musulmonlarni o‘zaro urushtirib qo‘yib, bo‘lib boshqarishdan boshqa narsa emasligi oydinlashadi. Masalan, kofirlar uyushtirgan fuqarolar urushida tojik millatidagi fuqarolar bir-biri bilan urushishgan. Qirg‘izistonda ham har bir davlat to‘ntarishida bir millat vakillari to‘qnashmoqda. Shuningdek, mustamlakachi kofirlar uyushtirgan o‘yinlar sababli bir mamlakatdagi millatlar o‘zaro ziddiyatga kirishishmoqda. Buni har bir ongli odam anglay oladi. Agar musulmonlar o‘zlarining kimliklarini tushinishganida kofir va ularning malaylari bunday o‘yinlar qilisha olmas edi. Sababi, malay hokimlar o‘z xo‘jayinlariga qanchalik suyanishmasin, biri bir o‘z xalqisiz ular hech kim emas.

 Hozir har ikki hukumat muammo hal bo‘lganini aytmoqda. Ammo, hech qanday muammo hal bo‘lgani yo‘q. Sababi, ushbu muammoni hal qiluvchi hech bir tomon o‘zgargani yo‘q. Mustamlakachilar o‘sha holicha turishipti, ular chegara muammolarini o‘z manfaatlariga muvofiq, istagan vaqtlarida portlovchi “bomba” sifatida ushlab turishadi. Malay hokimlar ham o‘zgargani yo‘q, toj-taxtlarini saqlab qolish uchun har qanday fitnadan bosh tortishmaydi. Xalq ham o‘sha holicha turipti, kofirlar va ularning malaylarining “millatchilik” kabi buzuq fikrlariga ergashib yuripti. Alloh taolo aytadi:

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

 “Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmaguncha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas”. [13:11]

 Ey musulmonlar, fikrlab ko‘ringlar! Nima uchun Muborak Ramazon oyida kofirga malay hokimlarning fitnasiga ergashib ketdinglar? Ey tojikistonlik musulmonlar, Ro‘za tutdirmay ketmon choptirgan hukmdoringlardan nima yaxshilik kutdinglar? Ey qirg‘izistonlik musulmonlar, Ramazonda namozlarni taqiqlab, qimorvozlik qilgan hukmdoringlar sizlarni yaxshilikka etaklaydi deb o‘ylaysizlarmi? Ey qirg‘izistonliklar, sizlar Rahmon hukumati faqat qirg‘izlarga tajovuz qildi deb o‘ylayapsizlarmi, aslida u tojik millatidan yuz minglab odamlarning qoniga zomin bo‘lgan! Hozir ham uning zulmi sababli yosh onalar o‘zlari va farzandlari joniga qasd qilishmoqda! Ey musulmonlar, Rossiya yoki G‘arbga murojaat qilib, kofirlardan rahm-shafqat kutmanglar, ular sizlar o‘z diningizdan voz kechmaguncha va ularga qul bo‘lmaguningizcha aslo sizlardan rozi bo‘lishmaydi. 

 Ey musulmonlar, ikki dunyo saodati Islomda ekanligini unitdingizmi? O‘z Islomingizga qayting, u siyratda Avs va Hazraj qabilalari qalbini birlashtirgani kabi qirg‘iz va tojik xalqlarining ham qalblarini birlashtiradi!

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.