AQShni rozi qilish uchun Turkiyaning yangi roli

357
0

AQShni rozi qilish uchun Turkiyaning yangi roli

AQSh qiyin ahvolda qolganida darhol uning joniga oro kiradigan Turkiya hukumati endilikda Afg‘oniston masalasida asosiy rolni o‘ynashga hozirlik ko‘rmoqda. AQSh va Tolibon o‘rtasidagi muzokaralarga oid navbatdagi yig‘ilishga Turkiya mezbonlik qiladi. Bunga Tolibonning Doxa shartnomalariga amal qilishni AQShdan qattiq turib talab qilishi sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

 AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda o‘zining birinchi rasmiy matbuot anjumanida Doxa shartnomasiga to‘liq amal qilish qiyinligini, ya’ni Amerika kuchlarini Afg‘onistondan may oyigachi chiqib ketolmasligini, bu juda qiyin ekanligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek Bayden AQSh harbiylari Afg‘onistondan chiqib ketgandan so‘ng mintaqaning xavfsizligini ta’minlash uchun NATO ittifoqchilari bilan uchrashganliklarini ham qo‘shimcha qilgan edi.

Tolibon harakati AQSh prezidentining mazkur bayonotini keskin tanqid qilib chiqdi. Tolibonga ko‘ra, Bayden noaniq iboralarni ishlatib, NATO mamlakatlarining Afg‘onistonda qolishini uzaytirish fikri borligini ta’kidlamoqda.

Tolibon o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali bergan bayonotida agar AQSh Afg‘onistondan to‘liq chiqib ketmasa, urush davom etishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, agar kelishuvda ko‘rsatilgan may oyida barcha xorijiy kuchlar Afg‘onistonni tark etmasa, javobgarlik Qo‘shma Shtatlar zimmasiga tushadi.

“Bunday vaziyatda, Islom amirligi imonli, jasur va mujohid afg‘on millatining vakili sifatida o‘z dini va vatanini himoya qiladi va mamlakatni qutqarish uchun xorijiy kuchlarga qarshi o‘zining jihodiy va qurolli kurashini davom ettiradi”. “Harbiy doiralarning noto‘g‘ri maslahatlari va provokatsiyalari tufayli ushbu tarixiy imkoniyatni qo‘ldan boy bermang”, deyiladi Tolibon bayonotida.

Amerika bu masalada Suriya, Liviya masalasi va boshqa masalalarda bo‘lgani kabi Turkiyadan foydalanishni ko‘zlamoqda. Turkiya prezidentining voizi Ibrohim Kalin AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod bilan uchrashdi. Uchrashuvda aprel oyida Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilish tafsilotlari muhokama qilindi. Bryusselda o‘tgan NATO yig‘ilishida ham Turkiya tashqi ishlar va vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li amerikalik hamkasbi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Oq uy bayonotiga ko‘ra, ikki vazir turli masalalar, jumladan Afg‘oniston masalasini ham muhokama qilgan.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining xavfsizlik va siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Muhaqqiq Turkiya-Afg‘oniston o‘rtasidagi muomalalar haqida bayonot berdi. Unga ko‘ra Afg‘on hukumati va Tolibon o‘rtasida kelisha olmagan bir qancha masalalar bor. Masalani hal qilishda Turkiya asosiy rol o‘ynaydi.

“Afg‘onistonda barqarorlikni saqlashda shu paytgacha Turkiyaning roli katta bo‘ldi. Biz Turkiyaning harakatlaridan mamnunmiz. Turkiyaning Afg‘onistondagi siyosiy doiralar bilan juda yaxshi aloqalari bor. Biz Turkiyaga ishonamiz”, dedi Muhaqqiq.

Siyosiy mutaxassislarning tahliliga ko‘ra, 2021 may oyigacha xorijiy kuchlarning Afg‘onistondan chiqib ketsa, uning o‘rnini boshqa kuchlar to‘ldirishi lozim. Demak Turkining vazifasi birinchi navbatda Afg‘on hukumati va Tolibon o‘rtasida kelishmovchilikni bartaraf qilish bo‘lsa, ikkinchidan Afg‘onistondan chiqib ketan xorijiy kuchlarning o‘rnini Turk kuchlari bilan to‘ldirishdir.

O‘z harbiylarini xorijga yuborish bo‘yicha Turkiya ilg‘or davlatlar sirasiga kiradi. Bu harbiylarning aksari AQSh manfaatini himoya qilmoqda. Ammo ularga sarflanadigan katta xarajat Turkiyaning zimmasida. Ayni paytda ISAF doirasida Afg‘onistonda Turkining 2000 atrofida askarlari mavjud. AQSh kuchlari chiqib ketgandan keyin bu raqam ortishi kutilmoqda. Qisqacha aytganda AQSh jang maydonidagi mag‘lubiyatini malaylari orqali muzokalar stolida qayta qo‘lga kiritmoqchi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.