Qirg‘izistonda karantin cheklovlari qayta joriy qilinishi mumkin

268
0

Qirg‘izistonda karantin cheklovlari qayta joriy qilinishi mumkin

Agar vaziyat yomonlashsa karantin cheklovlari joriy qilinishi mumkin. Bu haqda Qirg‘izistonda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirining o‘rinbosari Nurbolot Usenbaev ma’lum qildi.

Usenbaevning ta’kidlashicha, karantin haqidagi qarorlar koronavirusning tarqalishiga qarab qabul qilinadi. “Pandemiya hali tugamagan.  Karantin choralarini joriy etish va cheklovlar kiritish kabi masalalar epidemiologik vaziyatga qarab ko‘rib chiqiladi. Agar xalqning sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa, vaqtinchalik cheklovlar joriy qilinishi mumkin. Hozirda ham cheklovlar mavjud. Masalan,  maktablarda ko‘plab o‘quvchilar orada masofa saqlab o‘qishmoqda”, dedi u.

Bu orada Qirg‘iziston Britaniyaning “AstraZeneca” kompaniyasiga qarashli vaktsinani sotib olishni vaqtincha to‘xtatdi. Avvalroq Qirg‘iziston global emlash bo‘yicha COVAX dasturiga qo‘shilgan edi.  Mart oyida bu vaktsina olib kelinib, emlash boshlanishi kerak edi. Xitoydan ham 150 ming doza vaktsina keladi. Rossiyaning Sputnik vaktsinasi yaqin kunlarda kelishi kutilmoqda.

  Ma’lumki, o‘tgan yili ham saylovlar arafasida pandemiya tahdidlari hokimiyat manfaatlariga muvofiq bo‘rttirib ko‘rsatilgan edi. Hatto rasmiylar pandemiyaning ikkinchi to‘lqini haqida mish-mishlar tarqatishgan edi.

Bugungi kunda esa, mahalliy saylovlar bilan bir qatorda emlash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan hokimiyatdagilar xo‘jayinlarini rozi qilish uchun ularning vaksinalarini o‘z xalqi ustida sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek,  bundan Rossiya va Xitoy vaktsinalarining xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga ko‘zda tutilgan.  Mana shunday bir paytda, Britaniya va va boshqa bir necha Evropa davlatlarida koronavirusning mutatsiyalangan yangi turi aniqlandi. Janubiy Afrikada yana boshqa turlari paydo bo‘lganligi haqida xabar tarqaldi. Mutatsiyaga uchragan viruslarga qarshi emlashlar ham samara bermasligi mumkin.

Ichki siyosatda esa mahalliy kengashlarga etib bormagan muxolif partiyalarning noroziliklarini pandemiya bahonasida bostirish maqsad qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, kapitalizm tabiatiga ko‘ra kapitalistlar koronovirusdan pul ishlash ustida bosh qotirishmoqda. Ular kasallikdan vahimaga tushgan aholiga vaksinalar va boshqa dori-darmonlarni sotish orqali o‘z daromadlarini oshirish bo‘yicha loyihalar tuzishmoqdalar. Ularning daromadlaridan mahalliy farmatsevtika kompaniyalari ham o‘z ulushlarini olishga shoshilishmoqda. Hukumat esa ushbu kapitalistlarning quroliga aylanib, o‘z xalqiga xiyonat qilib turli dori darmonlarni sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda. Shu bilan birga,  ular aholini manipulyatsiya qilish orqali pandemiya tahdididan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda.

Demak, biz musulmonlar xalqaro tashkilotlar va  ulardan foydalanadigan mustamlakachi kapitalistlardan va ularning manfaatlariga xizmat qiladigan hokimiyatlarning harakatlaridan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Shunday ekan, Islom dinimizga murojaat qilishga va uning hukmlarini hayotga tatbiq qilishga shoshilaylik. Chunki Islomdagi sog‘liqni saqlash tizimi foydani emas, kasallikni davolashni maqsad qilishi sababli turli xil pandemiya yoki yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonib kelgan tizimdir. Faqat Islom mafkurasini hayotga to‘liq tatbiq etish orqaligina Islom Ummati va butun insoniyatni bugungi kun illatlaridan ozod qilmshmiz mumkin!

Mumtaz Maveranaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.