Ummatning siyosiy maydondan chiqib qolishining asosiy sababi 2 qism

268
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Ummatning siyosiy maydondan chiqib qolishining asosiy sababi

2 qism

Ummat birinchi kundan boshlab fikrlash asosida vujudga keldi, chunki Islom ota-bobolariga taqlid qilishni qattiq qoralagan. Masalan; “Baqara” surasining 170-chi oyatida Alloh Taolo quydagicha xitob qiladi:

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ اتَّبِعُوا مَا أَنزَلَ اللَّهُ قَالُوا بَلْ نَتَّبِعُ مَا أَلْفَيْنَا عَلَيْهِ آبَاءَنَا أَوَلَوْ كَانَ آبَاؤُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ شَيْئًا وَلَا يَهْتَدُونَ

“Qachon  (mushriklarga): «Alloh nozil qilgan hukmlarga bo‘ysuningiz», deyilsa, ular: «Yo‘q, biz otalarimizni qanday yo‘lda topgan bo‘lsak, o‘shanga ergashamiz», deyishadi. Agar otalari hech narsaga aqllari etmaydigan, to‘g‘ri yo‘lni topolmaydigan bo‘lsalar, ham-a?”. Yoki “Moida” surasining 104-chi oyatida:

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا إِلَى مَا أَنزَلَ اللَّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ قَالُوا حَسْبُنَا مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ آبَاءَنَا أَوَلَوْ كَانَ آبَاؤُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ شَيْئًا وَلَا يَهْتَدُونَ

“Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va payg‘ambarga kelinglar», deyilsa, ular:«Biz uchun ota-bobolarimizni nimani ustida topgan bo‘lsak, o‘sha etarli»,deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yo‘lni topa olmaydigan bo‘lsalar ham-a?!”.

Bular inson hayotida duch kelishi bo‘lgan har bir ishda fikrlash hamda shu ish haqidagi Alloh Taoloning haq echimini topish mavzusi haqida muxtasar mulohazalar bo‘lib, uni Islomiy Ummatga taqdim etamiz, shoyad undan saboq olish mana shu Ummatda fikrlashni vujudga keltirsa va shu saboq uni yaxshi Ummatga aylantirsa, asliga qaytarsa. Chunki bu Ummat aslidan chiqib ketdi. Ayniqsa bu Ummat o‘n asrdan buyon fikrlashda orqada qolgan va bir necha marta shunday fikrlashga uringan bir paytda unga berishga urinishlarni: Ummatga zarar etkazadi, Islom va musulmonlarga zarar etkazadi – deya jarsolgan olimlar balosiga mubtalo bo‘lgan. Buning boisi shundaki, Qaffol ismli mashxur olimga o‘xshagan ulamolar guruhi paydo bo‘ldi va ular ijtihodning eshigini qulflashga chaqirishib, ijtihodni taqiqlashga urinib, insonlarni ijtihodning «xatariga» ishontirishdi. Musulmonlar ham ushbu chaqiriqni tasdiqlashib, unga amal qilishdi. Ulamolar ijtihod qilishni istashmadi, mufakkirlar undan xavfsirashdi, odamlar esa mujtahidlarni yomon ko‘rishdi. Hamma qit’alardagi afkori omma bu fikrni qabul qilishdi. Shu bilan fikrlash to‘xtadi, taqlidga o‘tilib, aqllari ishdan chiqdi va ijtihod qilishga jur’atlari etmadi. Natijada bu insonlardagi fikrlashni to‘htatib qo‘ydi, ishlar Alloh Taolo aytgan darajada, U Zot rozi bo‘ladigan tartibda bo‘layotganini tekshirish, haqni nohaqdan ajratish amrimohol ishga aylandi  va bu jarayon hamon davom etmoqda. Inson tabiatan dangasadir. Shuning uchun Ummat to hozirgi kungacha ishlar haqida fikrlashdan to‘xtab turibdi. O‘n asrni fikrsiz o‘tkazdi. Shuning uchun bunday Ummatda fikrlashni harakatga keltirish va unga fikrlashning ahamiyatini tushuntirish oson ish emas.

Inson o‘z holiga qaytishi uchun fikrlash kerak, chunki fikrlash inson uchun berilgan va uni boshqa maxluqotlardan, hatto farishtalardan ham afzal qilgan buyuk nemati bo‘lmish aqlning tabiiy holda ishlashidir. Misol uchun – jamiyat shaxslardan tarkib topadi. Shaxslar o‘nglansa, ya’ni sen yaxshi bo‘lsang, men yaxshi bo‘lsam jamiyat ham yaxshi bo‘ladi… – degan fikrni olib ko‘raylik. Jamiyatni xis qilib turibmiz, u hech kimga sir emas. Lekin fikrlab ko‘rsak jamiyatni tashkil qiladigan omillar faqat shaxslar emas, bu fikr jamiyat voqe’ligiga to‘g‘ri kelmaydi, chunki hozirgi jamiyatimizdagi asosiy etakchi qatlam sotsializmda yashagan, uni tarbiyasini olgan insonlar. Nimaga jamiyat kapitalizmga aylanib qoldi? Odamlar o‘sha-o‘sha, o‘zgargani yo‘q, ular boshqa mamlakatlardan olib kelingan emas, nimaga hozir jamiyat kapitalizm bo‘lib qoldi, shu haqida fikrlaganmisiz? Jamiyatni tarkib topishida shaxslardan tashqari yana uch omil bor, ular; fikrlar, tuyg‘ular va qonunlardir. Shu to‘rtala narsa yaxshi bo‘lsa, jamiyat yaxshi bo‘ladi. Bular o‘zgarsa jamiyat ham o‘zgaradi. Sotsializm jamiyatida komunistlarning tarbiyasini olgan shaxslardan tashqari sotsializm fikrlari, masalan: chayqovchilik noto‘g‘ri ish, mehnatsiz pul topish kabi fikrlar va sotsializm tuyg‘ulari: chayqovchi xalq dushmani kabi yomon ko‘rish, hamda o‘sha fikr-tuyg‘ularga muvofiq qonunlar: chayqovchi uzoq muddatga qamalish kabi asoslardan sotsializm jamiyati mavjud edi. O‘tgan asrlarning oxirlarida bu fikr-tuyg‘ular kapitalistik fikr-tuyg‘ularga o‘zgardi, ya’ni chayqovchi-biznesmenga, chayqovchini yomon ko‘rish-unga havas qilishga, chayqovchini qamash qonunlari esa, biznesmenga yordam berishga, qonun bilan uning ishlarini himoya qilishga o‘zgardi. Natijada jamiyat kapitalizm jamiyatiga o‘zgardi. Demak, e’tiborimizni shu to‘rt narsa: insonlar, fikrlar, tuyg‘ular hamda qonunlarga qaratmog‘imiz zarur, toki jamiyatimiz yuksak va farovon jamiyatga o‘zgarsin!

Insonni tashqil qilgan omillar to‘rtta: aqida (qat’iy ishongan asosiy fikr), ibodat, axloq va muomila. Shular to‘g‘rilanishi bilan inson yaxshi insonga aylanadi. Fikrlar, tuyg‘ular hamda qonunlar esa inson qabul qilgan aqidasiga bog‘liq, chunki har qanday fikr-tuyg‘u biror bir aqidadan kelib chiqadi. O‘tmishda budlarga bo‘lgan aqidalardan kelib chiqqan bo‘lsa, hozirda asosan “xudosizlik” yoki “dinni hayotdan ajratish” bo‘lgan demokratik aqidalardan kelib chiqqan. Tarixda insoniyat buzuq aqidalardan hamda undan kelib chiqqan fikr-tuyg‘u va qonunlarda juda ko‘p azob-uqubatlarni, jabr-zulmlarni boshdan kechirdi. O‘tgan asrda bu azob-uqubatlar, jabr-zulmlar necha barobar oshib ketdi. 10 millionlagan begunoh insonlarning qirilib ketishi, butun boshliq xalqlar ocharchilikda necha yillardan beri azob-uqubatlar ichida kun kechirishlari, dunyoning ko‘pchilik qismi doimo xavf-xatarda umr o‘tkazayotgani hech kimga sir emas. Oxirgi asrga kelib azob-uqubatlar, jabr-zulmlar cho‘qqisiga chiqdi, Birmadagi kabi tiriklayin yoqilayotgan insonlar, oylab, yillab ocharchiliklarda kun kechirayotgan Somali, Suriyadagi kabi yoki Sharqiy Turkistindagi tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi vaxshiylarcha qiynoqqa solinayotgan musulmonlarning dod-faryodiga quloq soladigan, yordam beradigan, loaqal ahamiyat qaratadigan davlat qolmadi. Bularning hammasi jamiyatda noto‘g‘ri aqida va undan kelib chiqqan jirkanch fikr-tuyg‘ularning, iflos qonunlarning hukmronligi natijasi. Loaqal, xalqlar o‘z bosh qonunlarini-konstitutsiyalarini qabul qilishda asosiy ishlar haqida bo‘lsa ham fikr yuritmaganliklari, haq yoki nohaq ekanini mulohaza qilmaganliklaridagi asosiy sabab Islom yurtlarida siyosiy (ishlar haqida fikr yuritadigan) tashkilotlarning mavjud emasligidir. Shuning uchun na aqlga, na inson tabiatiga to‘g‘ri kelmaydigan, qalblarni g‘am-g‘ussaga cho‘ktiradigan aqidalar hukmronligida butun insoniyat azob-uqubatlar, jabr-zulmlar chekib kelmoqda. Buning asosiy javobgari esa, biz – Islom Ummati, chunki Alloh Taolo bu vazifani bizga yuklagan:

كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْرًا لَهُمْ مِنْهُمْ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمْ الْفَاسِقُونَ

 (Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz. [3:110] yana Alloh Taolo shunday degan:

وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ وَيَكُونَ الرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًا

Shuningdek, sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh (nazorat qilib turuvchi) bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh (nazorat qilib turuvchi) bo‘lishi uchun o‘rta  (adolatli) bir millat qildik. [2:143]

Islom Ummatiga bu ulkan vazifani yuklaganda, uni beyordam tashlab qo‘ygani yo‘q, aksincha, to‘g‘ri yo‘lni-hidoyatni ko‘rsatib beruvchi Kitob-Qur’onni nozil qildi, unda hamma narsaning bayoni bor, qachon Qur’onga qaytamiz-a? Alloh Taolo aytadi:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ

“Biz sizga Kitob-Qur’onni barcha narsani bayon qilib beruvchi qilib nozil qildik”. [16:89]

Insoniyatga Alloh Taolo aql ne’mati bilan birga yana bir buyuk ne’matini in’om qildi, u-Islomdir, qachon aqlimizni ishlatamiz, qachon Islom na’matiga qaytamiz, qachon johiliy tuzumlar jabr-zulmlaridan Islom nuriga chiqamiz? Hamda xalqaro siyosiy maydonda ham ishlarning haqiqatini ochib, insoniyatni ham zulmatlardan nurga olib chiqib, zimmamizdagi sharafli vazifani ado qilamiz, qachon?! Siyosiy maydondan quvilganimizga 100 yil to‘ldi, xali ham vaqti kelmadimi? Kufr siyosatining jaholat zulmatgarida shuncha yurganimiz etar, Islom ne’matiga shoshilaylik! Alloh Taolo aytadi:

الْيَوْمَ يَئِسَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ دِينِكُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِي

الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمْ الْإِسْلَامَ دِينًا

Bugun endi kofir bo‘lgan kimsalarning sizlarni diningizdan  (chiqarishdan) umidlari uzildi. Bas, ulardan qo‘rqmangiz, Mendan qo‘rqingiz! Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun  (faqat) Islomni din qilib tanladim. [5:3]. (davomi bor).

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.