Sodir bo‘layotgan chegara mojarolari to‘g‘risida

39
0

Sodir bo‘layotgan chegara mojarolari to‘g‘risida

 Xalqaro siyosat doirasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralar to‘liq Rossiya tomonidan nazorat qilinadi. U mintaqadagi chegara muammolaridan o‘zining mustamlakachilik manfaatlari yo‘lida foydalanadi. Masalan, agar Tojikistonni EOIIga olib kirish uchun bosim o‘tkazmazoqchi bo‘lsa, Qirg‘iziston MXDQsidagi kuratorini ishga soladi, u qirg‘izistonliklar orqali chegara mojarolarini keltirib chiqaradi.

 Bu safargi chegara mojarosi esa Qirg‘iziston prezidentining Rossiyaga tashrifi arafasida sodir bo‘lmoqda. Mojaro tashabbuschisi Tojikiston tomoni bo‘lmoqda, ya’ni FXX (FSB)ning Tojikistondani kuratori uyushtirmoqda. Demak, chegara masalalari Qirg‘iziston prezidenti Rossiyaga ko‘tarib boradigan masalalar qatoriga kiritiladi. Aslida, bu qirg‘iz hukumati uchun ortiqcha “bosh og‘rig‘i” edi. Biroq bu Rossiya manfaatlariga mos keladi. Chunki, Qirg‘iziston iltimos qiladigan ba’zi muhim masalalar ortga surilib, ularning o‘rnini chegara masalasi egallaydi. Rossiya bu masalaga aralashishi evaziga Qirg‘izistonga o‘z talablarini qo‘yadi (masalan, uran konlarini olish, GES qurish ishlarini rus investorlariga berish kabi). Qirg‘iziston hukumati esa Rossiya qo‘yadigan talablar uchun savdolashishi mumkin bo‘lgan boshqa ishlarning ayrimlaridan voz kechib, uning shartlarini qabul qilib ortga qaytadi. Rossiya chegara muammolarini hech qachon uzil-kesil xal qilib bermaydi, chunki, chegara masalasi u istagan vaqtda foydalanishi mumkin bo‘lgan “bomba” bo‘lib turishi kerak.

 Mintaqaviy siyosatga kelsak, mintaqadagi hukumatlar Rossiyaning ushbu mustamlakachilik siyosati doirasidan chiqmagan holda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishga harakat qilishadi. Masalan, Jeenbekov davrida Rossiya Tojikistonni EOIIga olib kirish uchun unga bosim o‘tkazgan va chegara masalasida Qirg‘izistonni bir oz qo‘llab-quvvatlab qo‘ygan. Shuning uchun u vaqtda chegara mojarolarini uyushtirishda tashabbuskor tomon Qirg‘iziston bo‘lgan va hukumat shu orqali fuqarolar oldida oz bo‘lsada “ochko” ishlagandi.

 Hozirgi vaziyatda esa tashabbuskor tomon Tojikiston bo‘lmoqda. Bunga tojik rasmiylarining bayonotlari va sukutlari dalolat qilmoqda. Tojikiston hukumati Qirg‘izistondagi mavjud vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolish ilinjida shunday qilmoqda. Birinchidan, o‘ziga nisbatan xalq noroziligini shu orqali chalg‘itib, o‘zini xalq himoyachisi qilib ko‘rsatadi. Ikkinchidan, Qirg‘iziston bilan bo‘lgan kontrabanda savdosida ustunlikka ega bo‘lishni xohlaydi. Chunki, bu biznesning uchi tojik amaldorlariga borib taqaladi. Shunday qilib, chegara masalalari davlat darajasida ko‘rib chiqilayotganda, shu va shunga o‘xshash tarmoqlarda savdolashishlar bo‘ladi.

 O‘zbekistonning chegara masalalarini ko‘tarayotgani ham xuddi shu kabidir. Masalan, uning suv, bojxona, investitsiya, dindorlarni ta’qib qilish va boshqa sohalarda qo‘yadigan talablari bor. Biroq, O‘zbekiston chegara masalasida juda ehtiyotkor. Shu sababli KXShT tuzog‘iga tushib qolmaslikka harakat qiladi.

 Endi chegara mojarolari qurbonlari bo‘layotgan oddiy odamlarga kelsak, mustamlakachi va ularning malaylari bo‘lgan mahalliy hokimiyat fuqarolarini “millatchilik” va “vatanparvarlik” g‘oyalariga qul qilib foydalanishmoqda. Odamlar o‘zlari fikr yurtib ko‘rishsa bo‘lar edi. Masalan, Tojikiton va Qirg‘iziston o‘rtasida aniqlanmagan joyga tojikistonlik ham, qirg‘izistonlik ham ko‘chat ekdi. Ertasi kuni har ikkisiniki ham buzib tashlandi. Kimga foyda, kimga ziyon? Chegara ahvoli shunday bo‘lib turgan vaziyatda u erda bog‘ barpo qilib, foyda ko‘rish kimning aqliga sig‘adi? Agar ko‘chat ekish bilan erni o‘ziniki qilib olaman desa, davlat darajasida xal etilmay kelayotgan masala shu ko‘chat bilan xal bo‘lib qoladimi? Shu sababli odamlar nima uchun chegara mojarolari qurbonlari bo‘lib qolishayotgani haqda teran fikr yuritishlari kerak. Islom harom qilgan “millatchilik” va “vatanparvarlik” g‘oyalari bu dunyo va oxiratda qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o‘ylashlari zarur. 

 Ushbu chegara muammolari bugungi kunda rasmiylar tomonidan ko‘rilayotgan choralar bilan hech qachon xal bo‘lmaydi. Aksincha, bu echimlar muammoni battar chigallashtirib yuboradi. Masalan, diplomatik yo‘l bilan xal qilamiz deyilsa, manfaatdor tomon uni istagan kuni buzadi. Harbiy yo‘l bilan xal qilamiz deyilsa, urush kelib chiqadi, har ikki tomon ruslarning chirigan harbiy texnikalarini olib kelib, bir-birini o‘qqa tutadi.

 Aslida, bu muammoning bugingi echimi – da’vatda. Ikki musulmon, qardosh xalq millatchilik va vatanparvarlik tuyg‘ularini jilovlab, mustamlakachi kofir tiqishtirgan bu fikrlarni uloqtirib tashlashi kerak. Buning o‘rniga bir-birlarini Islomga da’vat qilsinlar. Bilgan bilmaganga o‘rgatsin. Mana shunda kofirlarni o‘zaro qirpichoq qilib qo‘yib boshqarish rejasi barbod bo‘ladi.

 Chegara muammolarining tub echimi esa Xalifalik Davlatini barop etishdadir. Chunki, Xalifalik bugun dunyoda hukmronlik qilayotgan kapitalistik tuzumni qulatib, ular chizib bergan chegaralarni yo‘q qiladi. Mustamlakachi kofirlarni yurtlarimizdan kuvib chiqaradi, millatchilik va vatanparvarlik fikrlarini yo‘q qilib, “musulmonlar og‘a-inidirlar” fikrini joriy qiladi.

 Harakat qiluvchilar mana shu yo‘lda harakat qilsinlar.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.