AQSh dengiz kuchlari: “Biz qizil chiroqda to‘xtamaymiz”

376
0

AQSh dengiz kuchlari: “Biz qizil chiroqda to‘xtamaymiz”

AQShning dengiz kuchlariga oid Tvitter va Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan fotosurat va surat ostiga yozilgan so‘zlar Turkiya harbiylarining ta’bini xira qildi.

Qizil chiroqlar bilan bezatilgan Sulton Salim ko‘prigi yonida tortilgan tasvir ostida “Biz qizil chiroqda to‘xtamaymiz” degan yozuv Turkiya harbiylarini diqqatini tortdi. Bunga “Har doim tayyormiz” degan yorlig‘ ham ilova qilingan edi. Mazkur fotosurat AQShning “USS Porter” raketa fregati Ukrainada rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Bosfor bo‘g‘ozidan, aniqrog‘i Yovuz Sulton Salim ko‘prigi ostidan Qora dengizga o‘tayotgan paytda tortilgan edi.

Turkiya harbiylari va tahlilchilar davlat televideniyasi orqali bunga o‘z noroziligini bildirishdi. Sobiq general-leytenant Abdulloh Barutchi, agar bu post harbiylarning shaxsiy sahifalarida tarqalganda e’tiborsiz qoldirilishi mumkinligini, ammo AQSh dengiz flotiga oid Tvitter va Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan post haqorat sifatida ko‘rilishini ta’kidladi.

Izoh: AQSh Iroqqa qarshi urush ochganda uning yonida turgan va “NATOga a’zo”ligini ro‘kach qilib AQSh bilan birga Afg‘oniston bosqiniga ishtirok etayotgan Turkiyaning bu da’vosiga ishonish qiyin. Aslida, bu Turkiyaga nisbatan amalga oshirilgan birinchi haqoratomuz harakat emas! 2018 yilda ham kemadagi og‘ir qurol yonida turgan askar durbin bilan Sulton Salim ko‘prigini kuzatayotgani aks ettirilgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan edi. Unda “Marhamat, Biz uchun jang bu to‘y demakdir”, “Biz u erda Turkiya bayrog‘ining dastasini Jon Bassga sovg‘a qilamiz”, “Ota-bobolarimizga rahmat. Kimga qo‘li etsa, uni quyruq og‘rig‘idan yuqoriga sakrashga majbur qildi”, “Men har doim bu yaramaslarning qanday tugashi haqida o‘ylayman…  Umid qilamanki,  bu bizning qo‘limiz bilan bo‘ladi, bu muqaddas vazifani Rabbim bizga beradi”, “Mart bo‘lsangiz keling, Anadolida kutamiz”, deya tvitlar qoldirilgan edi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, bugungi kun o‘zini va o‘zligini bilganlar uchun xafa bo‘ladigan yoki tanqid qiladigan kun emas. Balki AQShdan hisob talab qiladigan va haddini bildirib qo‘yadigan kundir. Tabiiyki Turkiya bunday qila olmaydi. Buni qiladigan yagona davlat Xalifalik davlatidir. Tarixga bir nazar tashlang! Bir paytlar AQSh kemalari ushbu bo‘g‘ozlardan o‘tish uchun Xalifalik davlatining Jazoir viloyatiga soliq to‘lar edi.

1795 yil Vashington o‘z kemalarining O‘rta er dengizi va Anadolu sohillarida erkin suzishi uchun Xalifalik davlatining Jazoir viloyati bilan bog‘lanib, tinchlik bitimi tuzishni so‘radi. 1210 hijriy safar oyining 21 kuni, ya’ni 1795 milodiy yil sentyabr oyining 5 kuni turk tilida yozilgan 22 moddadan iborat bitimga Jorj Vashingtonning shaxsan o‘zi quyidagilarga imzo chekdi: «AQSh Usmoniy Xalifalik davlatiga bo‘ysunuvchi Jazoir viloyatiga hozirning o‘zida 642500 oltin dollar to‘laydi va har yili 12 ming oltin Usmoniy lirasini soliq sifatida to‘lab turadi. Buning evaziga Jazoirdagi amerikalik asirlar qo‘yib yuboriladi va Jazoir viloyati Atlantikada ham, O‘rta Er dengizda ham birorta Amerika kemasining yo‘lini to‘smaydi». (Bu ma’lumotlar Qo‘shma shtatlar milliy arxivlarida saqlanayotgan shu hujjatning asl nusxasidan va inglizcha tarjimasidan olingan). Mazkur bitimdan so‘ng Amerika 29 yil davomida Xalifalik davlatiga soliq to‘ladi. Ushbu shartnoma AQShning butun tarixi mobaynida boshqa tilda yozilgan yagona bitim sifatida,  shuningdek, Amerikaning xorijiy davlatga soliq to‘lovlarini tan olgan yagona hujjat sifatida tarixga kirdi. Bu sizning tarixingiz, uni qayta barpo qilish sizning qo‘lingizda.

“Bu holat tarixda qoldi, endi qaytib kelmaydi”, deyishga aslo o‘rin yo‘q. Chunki o‘sha paytdagi musulmonlar bilan hozirgi musulmonlarning aqidasi bitta aqida, ya’ni Rabboniy tirik aqidadir. Tirik aqida – modomiyki unga amal qilinar ekan – o‘z sohibini doimo yuksaklik sari etaklaydi. Olamdagi har qanday buyuk davlat va hech qaysi harbiy kuch – qanchalik darajada zo‘r qurollangan armiyaga ega bo‘lmasin – Rabboniy tirik aqidani mahkam tutgan va uni o‘z hayotida shakllantirgan Ummatni aslo mag‘lub eta olmaydi. Musulmonlar o‘z aqidasidan hamda aqidasi belgilab bergan hayot tarzidan yuz o‘girib, boshqa ummatlarga ergasha boshlagan lahzadan tortib bugungi ahvolga tushdi. Shunday ekan, Musulmonlar Allohning betakror ne’mati bo‘lmish Rabboniy aqidaga qaytishlari va ushbu tirik aqidadan balqib chiqqan shar’iy ahkomlarni o‘z hayotlariga tatbiq etishlari vojibdir. Masala jiddiy, bugungi kun “Qachon yorug‘ kunlar kelar ekan”, deb kofirlarga la’nat aytib o‘tiradigan kun emas, balki, Allohning diniga yordam berish uchun bel bog‘laydigan kundir.

Zero, Rabbimiz Subhonahu va Taolo shunday marhamat qiladi:

إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

– „… agar sizlar Ollohga yordam bersangizlar U zot ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit-barqaror qilur“. [47:7]

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.