Dollar kursining pastlashi sabablari

269
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Dollar kursining pastlashi sabablari

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub

Valyuta kursining ko‘tarilish va tushish bilan o‘zgaruvchanligi juda ko‘p sabablarga bog‘liq. Ayniqsa, oltin va kumushdan iborat metall bilan qoplanmagan xalqaro valyuta tizimi paytida hamda har bir mamlakatning iqtisodiy va tijoriy manfaatlariga qarab, siyosatchilar va iqtisodchilar valyuta kursini qasddan manipulyatsiya qilayotgan bugungi kunda buning sabablari ko‘p bo‘ladi.

Qattiq valyuta boshqa valyutalardan dunyoning unga bo‘lgan ishonchi sababli farq qiladi. Chunki odatda qattiq valyutalardagi o‘zgaruvchanlik boshqa valyutalardan kamroq bo‘ladi. Shuning uchun bu qattiq valyutalar valyuta saqlovchilarning ishonchini qozonib, zohirda xaridorgir va jozibali valyutaga aylanib qolgan.

Biroq, shunga qaramay, bu qattiq valyutalar o‘z kurslarida keskin o‘zgaruvlarni boshdan kechirmoqda. Xususan, bugun mamlakatlar iqtisodiy turg‘unlikka sabab bo‘luvchi iqtisodiy krizislarni boshdan kechirayotgan bir paytda shunday bo‘lmoqda. Chunki iqtisodiy silkinishlar oqibatida hamda koronavirus kabi yuqumli kasalliklar tarqalishi sababli iqtisodiy turg‘unlik juda ko‘p davlatlarni o‘z domiga tortmoqda.

AQSh dollari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, garchi u dunyoning birinchi o‘rindagi valyutasi bo‘lib turgan esa-da, biroq so‘nggi oylarda uning kursida ham keskin pastlash yuz berdi. Bu dollardan foydalanuvchilar va uni saqlovchilarni qattiq tashvishga soldi. Bu bosqichda dollar kursining pastlashi sabablari nimada? – degan tabiiy va keskin savol o‘z-o‘zidan kelib chiqmoqda.

Biz bugungi bosqichda dollar kursining pastlashi sabablaridan asosiysini quyidagi to‘rtta sababga cheklashimiz mumkin:

1 –       Inflyatsiyaning yuqori darajaga 2 %ga ko‘tarilganligi:

2020 yil 27 avgustda Federal Rezerv kengashi (AQSh Markaziy banki) inflyatsiya darajasini 2 %ga ko‘tarishga ruxsat berishga qaror qildi va buning sababini koronavirusdan kelib chiqqan iqtisodiy tanazzulga qarshi kurashish bilan izohladi. Bundan AQSh savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ish o‘rinlarining 31.7 %ga kamayib ketishi ortidan ishsizlarga ish o‘rinlari yaratib berish maqsad qilinganini ta’kidladi.

AQSh Federal Rezervi direktori Jerom Pauell «Inflyatsiyaning istalmagan ko‘tarilishi amalga oshmagunicha har qanday kuchli mehnat bozorini saqlab qolish mumkin emas», dedi. Demak, u inflyatsiyani oshirish istalmagan chora-tadbir ekanini e’tirof etmoqda. Chunki bunday chora-tadbir valyuta qiymatining pasayishiga va uning xarid quvvati zaiflashishiga olib kelishi, binobarin, ishchilarning real daromadlarini kamaytirishi ma’lum. Iqtisodi kuchli davlatlar, odatda, mehnat bozori muammosini hal etish uchun inflyatsiyani yarim foizdan ko‘proqqa pastlatish yo‘lini tutmaydi. Biroq AQSh shunday yo‘l tutdi, chunki, ayniqsa bugungi iqtisodiy tanazzul paytida, uning iqtisodiyoti pastlab ketdi.

2 –       Dollarning foiz stavkasini nol oralig‘ida ushlab turish:

AQSh Federal Rezervi kengashi AQSh dollari foiz stavkasini 0.25 %dan oshirmay (ya’ni, nol oralig‘ida) ushlab turishga qaror qildi. Bu qaror dollar qiymatining pasayishiga hissa qo‘shmoqda. Gap shundaki, bu qaror sarmoyadorlarni dollarni qo‘lda ham ushlab turmaslikka va banklarga ham qo‘ymaslikka majbur qilmoqda. Chunki uni bankka qo‘yishlari uchun na daromadlarini oshiruvchi foiz stavkasi ko‘tarilgan, na dollarni bankda saqlashga targ‘ib etilgan. O‘z navbatida, bu dollarga bo‘lgan talabni ozaytirishga va kursini tushirishiga olib kelmoqda. To‘g‘ri, foiz stavkasini pastlatish iqtisodiyotni rivojlantirib, o‘sishini oshirishi mumkin. Biroq bu ko‘pincha metall bilan qoplanmagani sababli o‘z qiymatini yo‘qotuvchi valyuta hisobiga bo‘ladi.

3 –       Prezidentning ketishi va o‘rniga yangi prezidentning kelishi davri:

Ayni davrda prezident Trampning davri tugayapti va yangi prezident Jo Baydenning prezidentlik muddati boshlanyapti. Odatda bunday davrda davlatlar olib boradigan yirik iqtisodiy amaliyotlar to‘xtab qoladi. Katta-katta savdo kelishuvlari va ulkan loyihalar bo‘lmaydi. Shu bois, hozir asosiy eksport biznesi to‘xtab, kutib turish holati yuzaga kelgan. O‘z navbatida, bu dollarga bo‘lgan talabni ozaytirishga va kursini tushirishiga olib kelmoqda.

4 –       Evropa valyutasi (evro) quvvatining oshishi:

Evropaning pul birligi yaxlitdir… evro tizimining a’zolari bo‘lgan yigirma etti davlat ushbu valyuta (evro)ni qat’iy qo‘llab-quvvatlashadi… bu davlatlar uning kursini barqaror ushlab turishga amal qilishadi… megaloyihalarga milliardlab evro to‘kishadi… masalan, uglevod chiqindilardan xoli toza muhitni muhofaza qilishga qaratilgan «Yashil shartnoma»ga bir trilliondan ziyod evro sarflashmoqda… bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya va zamonaviy texnologiyalarga evrodan yirik sarmoya yotqizishyapti… Mana shularning barchasi, Evropadagi yirik uyushma tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi qattiq valyuta bo‘lgani uchun evroning dollar va boshqa qattiq valyutalarga nisbatan quvvatini oshishiga hamda dollar qiymatining pastlashiga hissa qo‘shdi.

Hozir dollar bilan raqobatlashuvchi eng kuchli valyuta evro. Chunki uning quvvati deyarli haqiqiydir. Zotan, evro Evropa hamjamiyati iqtisodiyoti qudratiga tayangan bo‘lib, garchi o‘zining ulkan hajmiga munosib siyosiy quvvatga ega bo‘lmasa-da, biroq besh yuz million aholini o‘z ichiga oluvchi ichki yirik yagona bozorga ega. Bu bozorga Germaniya, Frantsiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya kabi boy va rivojlangan davlatlar kiradi. Shu sababdan evrovalyuta quvvati dollarning quvvatiga boshqa valyutalardan ko‘proq sezilarli ta’sir qilmoqda. Chunki evroning quvvati iqtisodiy davlatlar quvvatiga tayangan, dollar quvvatiga emas. Ammo, Xitoy va Rossiya kabi o‘z valyutalariga ega yirik davlatlar esa, hanuzgacha ularning iqtisodiyoti va savdo birjalari dollarga bog‘lanib qolgan.

Shuning uchun evro kursining o‘zgarishi va barqarorligi dollarning kursiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, evrodan tashqari boshqa qattiq valyutalar esa dollarga ta’sir ko‘rsatmayapti.

Xulosa:

Valyutalar kursining pastlashini oldini olishning yagona echimi ularni oltin va kumush doxil ichki quvvatiga ega bo‘lishiga bog‘liq, xuddi Islom davlatida bo‘lgani kabi. Boshqacha aytganda, valyutalarni oltin va kumush bilan to‘liq qoplash shart. Faqat shundagina valyuta mutlaqo iqtisodga ham, siyosatga ham bog‘lanmay, ulardan ta’sirlanmaydi. Chunki ushbu valyutamizning quvvati o‘zida bo‘ladi, na davlatlarning quvvatiga qaram bo‘ladi, na kuchsizligiga, na davlatlarning manipulyatsiyasiga va na siyosatlarining kayfiyatiga.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.