Amerika misli ko‘rilmagan kiberhujumga uchramoqda

241
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika misli ko‘rilmagan kiberhujumga uchramoqda

Bu sovuq urushdan darak beradimi?!

Doktor Muhammad Jiyloniy qalamiga mansub

2020 yil 14 dekabrda ommaviy axborot vositalarida AQShdagi turli xavfsizlik va hukumat muassasalariga qarashli ma’lumotlar saqlanuvchi qurilmalar va tizimlar ilgari kuzatilmagan darajada yorib kirish holatiga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Bunday kiberhujum hatto yadroviy qurol arsenaligacha etib borgani aytildi.

AQShning mudofaa, tashqi ishlar va moliya vazirliklariga hamda yadroviy qurol-yarog‘ ma’muriyati kabi muassasalariga qarshi shunday kiberhujum va yorib kirish holati bo‘lgan ekan, bu ishning diqqatni jalb qiluvchi muhim jihatlari quyidagicha bo‘ldi:

AQSh shoshilinch ravishda bu hujumlar ortida Rossiya turganini e’lon qildi, yangi prezident Bayden Rossiyaga qarshi turishni va unga toqat qilmasdan astoydil harakat qilishni talab qildi. Shu darajadaki, u hokimiyatni amalda qabul qilib olgan zahotiyoq Rossiyaga nisbatan tiyib qo‘yuvchi va keskin sanktsiyalar qabul qilajagi to‘g‘risida bayonot berdi.

Rossiyaning AQSh tizimiga bo‘lgan kiberhujumi mart oyidan beri, ya’ni, ushbu e’londan 9 oy avvaldan beri davom etayotgani ochiqlandi. Bu esa, bu haqdagi e’lonning vaqti ham, ommaviy axborotlarda tarqatilishi ham qasddan bo‘layotganini anglatadi.

Tramp tvitterda Rossiyani ayblash asossiz, buni yolg‘on axborot vositalari qasddan bo‘rttirib ko‘rsatyapti, ko‘zlar Xitoyga qaratilish kerak, Rossiyaga emas, dedi.

Bayden 2020 yil 22 dekabrda o‘tkazgan matbuot anjumanida, so‘nggi kiberhujum tufayli Rossiyaga qarshi yadroviy qurol qo‘llash darajasida keskin reaktsiya bildirish va bu haqda gapirish o‘rinli emas, dedi.

AQSh kuzatuv moslamalari kiber hujumni hanuz kuzata olmayotgani hamda AQSh va ayrim Evropa davlatlarining haligacha ushbu kiber hujumlar ta’siri ostida ekani iddao qilindi.

Ushbu ma’lumotlarning barchasini o‘rganish shunday muhim bir natija bermoqdaki, AQSh ma’muriyati ayni inqirozdan yangi ma’muriyatga xizmat qiladigan tarzda foydalanmoqda. Chunki texnik jihatdan olganda, Amerikadek bir davlatda to‘qqiz oy mobaynida kiber hujum davom etsayu, bu davlat uni topa olmasa, axir Amerika texnikada Rossiya, Xitoy va Yaponiyadan ham ustun-ku?! Bu erda ko‘proq ehtimol shuki, yo Rossiya razvedka xizmatlari qaysidir maqsadda bu ishga jalb qilingan yoki bu hodisa, Tramp o‘zining noyob tvitter yozuvida aytganidek, qasddan bo‘rttirib ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, Tramp etarli ma’lumotga ega ekani, bu ishlarning barchasi nazorat ostida ekani to‘g‘risida bayonot berdi.

Shunday bo‘lsa-da, hujum haqida bu darajada bayonot berish juda xavflidir. Chunki Amerikaning yadroviy arsenaliga dushman etib kelgani to‘g‘risida e’lon qilinishi butun dunyoning asablari taranglashishiga olib kelib, bundan ham xavfli va katta narsadan xavfsirashni paydo qiladi. Ya’ni, quyidagi savollarni keltirib chiqaradi: bu kiberhujumlar yadroviy qurolni o‘z nazoratiga olsa nima bo‘ladi? Yadro qurolini ishga solib, dushmanlaru do‘stlarga qarata otishsa nima bo‘ladi? AQSh bilan sobiq Sovet Ittifoqi o‘rtasida sovuq urush davrida ojiz qolingani kabi katta urushlarga alanga yoqish mumkin-ku bu?

Shubhasizki, bunday savollar butun dunyoni qamrab olmoqda. Butun dunyo, ayniqsa, Amerika ittifoqchilari o‘zlarini himoya qilish hamda xatarga duchor bo‘lmaslik uchun bunga etarli darajada mas’uliyat bilan qarash lozim, deb bilmoqda. Amerikadagi yuqori lavozimdagi rasmiylar tomonidan berilgan bayonotlar inqirozni yanada keskinlashtirdi. Chunki ular tomonidan berilgan bayonotlarda Rossiyaning ishlari urush holatiga yoki bir tomonlama urush e’lon qilish darajasiga ko‘tarildi, deya ba’zan ishora qilingan bo‘lsa, ba’zan bu ochiq aytildi. Amerika kiberhujum mavzusini ko‘tarishdan ayni shu narsani ko‘zlagan bo‘lishi ham mumkin. Trampning prezidentlik muddati yangi dunyo tartibini qayta shakllantirish jarayonida katta yutuqlar qo‘lga kiritilmasdan nihoyasiga etdi. Ayniqsa, Xitoy uning barcha urinishlari va bosimlarini qaytarib, sovuq urushga tortish harakatlarini chippakka chiqardi. Tramp kiberhujumlar ortida Rossiya emas, Xitoy turibdi, deb bayonot bergan bo‘lsa ham, lekin bundan keyin kompas Xitoyga emas, balki Rossiyaga qaratilayotganini taxmin qilish mumkin. Bjezinskiy aytganidek, agar Amerika ma’lum bir tomonni o‘zi uchun dushman qilib olmasa, dunyoga hukmronlik qilolmaydi. Shuning uchun u o‘zi uchun bir dushmanni paydo qilib oladi.

Xo‘sh, Amerika dunyoga hukmronligini davom ettirish uchun Rossiyani sovuq urush o‘yiniga qayta qo‘shadimi? Xususan, Rossiya jahon sahnasiga qaytishga intilib o‘z infratuzilmasini qayta tiklash maqsadida ko‘p ishlarni qilgan bir paytda bu mumkinmi? Zero, U dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari orasida 22-o‘rindan 11-o‘ringa ko‘tarildi.

Yana kiberxavfsizlik hujumlariga qaytadigan bo‘lsak, bu hujumlar orqasida Rossiya turgani qat’iy ta’kidlanmoqda. Shuningdek, bu Amerikaning oshkora uslub olib borayotganidan ham, barcha josuslik qoidalari va yashirin amaliyotlarga teskari kelayotganidan ham ko‘rinib turibdi. Odatda esa, bunga qarshi kurashar va zimdan o‘ch olar edi. Biroq, bugun Amerika o‘zining eng nozik-qaltis bo‘lgan harbiy va yadroviy infratuzilmasini xavfga yuz tutgani haqida jar solyapti, axir, bu uning obro‘siga putur etkazadi-ku, uning dunyoga bo‘lgan etakchiligiga qattiq zarba bo‘ladi-ku?! Demak, yagona haqiqat shuki, Amerika kiberxavfsizlik hujumi masalasini atayin ko‘tarmoqda. Bu bilan ikki davlat o‘rtasida intiqom va to‘qnashuv xavfini yuzaga keltirib, dunyoga xavf solmoqda.

Bu holat 1962 yildagi Kuba raketa inqiroziga ma’lum darajada o‘xshab ketadi. O‘shanda Sovet Ittifoqining yadroviy raketalarini Kubaga joylashtirish masalasida amerikalik rahbarlar bilan rus rahbarlari o‘rtasida 1962 yil oktyabr oyida 13 kun harbiy siyosiy janjal davom etgan edi. AQSh prezidenti Jon Kennedi Kuba atrofiga dengiz blokadasi o‘rnatishga qaror qilib, o‘z yurtining milliy xavfsizligiga xavf tug‘diradigan ayni tahdidni zararsizlantirish uchun kerak bo‘lsa harbiy kuch qo‘llashga tayyor ekanini bildirgan. Shunda ko‘pchilik dunyo yadroviy urush bo‘sag‘asiga kelib qolganidan qo‘rqib ketgan edi. Haqiqatdan ham, bu Kuba yadroviy raketalari inqirozi AQSh bilan Sovet Ittifoqi o‘rtasida sovuq urush davrini keltirib chiqardi va bu obdan uyushtirilgan, belgilangan va kelishib olingan doirada bo‘ldi. Alaloqibat, butun dunyo asosan AQShning, ozroq Sovet Ittifoqining hukmronligi ostida qoldi.

Xo‘sh, kiberhujum haqidagi bunday jar solish oqibati qaqshatqich inqiroz kelib chiqib, uning ortidan yangi bir xalqaro tizim paydo bo‘lishiga va bu tizimda AQSh-Rossiya o‘rtasidagi sovuq urushlar hukm surishiga olib kelishi mumkinmi? Javob shuki, buning uchun bir necha omillar kerak bo‘ladi: Birinchidan: Rossiya Sovet Ittifoqini emirilishiga hissa qo‘shgan stsenariyni yana takrorlashni istashi va buni uddalay olishi kerak. Ikkinchidan: Bayden bu o‘yinni prezident Kennedining yuksak mahorati va uslubi bilan uddalay olishi lozim. Uchinchidan: Amerika ancha burun, hali koronavirus boshlanmasidan oldin sodir bo‘la boshlagan moliyaviy va iqtisodiy tanazzulni engib o‘ta olishi kerak. To‘rtinchidan: Evropa bilan Xitoyning pozitsiyasi. Ya’ni, ular barqarorliklariga hamda o‘sish va farovonligiga jiddiy ta’sir qila oladigan bir reja oldida imkonsiz qolishlari kerak. So‘nggi omil butun dunyodagi mavjud tizimga qattiq tahdid soladigan mabda-sistemaga ega bir davlatning paydo bo‘lishi. Bu barpo bo‘lishiga – Allohning izni ila – juda oz qolgan Xalifalik davlati ekani kutilmoqda. Ushbu Xalifalik bugungi xalqaro tizim barqarorligini izdan chiqarishi ko‘proq taxmin etilayotgan omildir hamda Amerika va uning xalqaro tizimlarining dahshatli qilmishlari va qirg‘inbarot hukmronligidan ozod bo‘lish uchun yagona umiddir.

لِلَّهِ الْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِن بَعْدُ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ * وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

«Avvalu-oxir barcha ish Allohning (izmida)dir. O‘sha kunda mo‘minlar Alloh (rumliklarni) g‘olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir. (Bu) Allohning va’dasidir. Alloh O‘z va’dasiga xilof qilmas. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar»         [Rum 4-6]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.