Hayo imondandir

268
0

Hayo imondandir

Alloh taolo aytadi: “Ey payg‘ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo‘’minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini o‘rasinlar! Mana shu ularning (cho‘ri emas, balki ozod ayollar ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (vositadir)”. (Ahzob surasi, 59-oyat).

Boshqa bir oyatda: “Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar va ko‘kraklarini ro‘mollari bilan to‘ssinlar ”. (Nur, 31).

 Mazkur oyatlarga muvofiq balog‘at yoshiga etgan har bir qiz-ayollar hijoblanishi va ziynatlarini berkitishlari farz bo‘lgan. Ushbu oyatlar Qur’onda mufassal bayon qilingan hukmlar bo‘lib, Allohga imon keltirgan muslimalar bu hukmga amal qilishlari vojibdir.

 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Jalolobod viloyati Bozorqo‘rg‘on tumanidagi maktablardan birining direktori va zavuchini maktab ro‘mol o‘rab kelgan bir muslima singlimizni ro‘molini echtirishga bo‘lgan harakatlari aks etgan video tarqaldi. Videoda ular Qirg‘iziston dunyoviy davlat ekanligi va maktab o‘quvchilar maktab ustaviga amal qilishlari kerakligi iddaosi bilan singlimizdan ro‘molni echishni talab qilib, bunday ko‘rsatma ularga yuqoridan berilganini aytishdi. Boshqa bir videoda esa ikki “erkak” ro‘molini echishni xohlamayotgan muslima qizning ro‘mol o‘rashiga ruxsat beradigan o‘zlari ekanligini da’vo qilishgani aks etgan edi.

 Mana oradan bir necha kun o‘tgan bo‘lishiga qaramay na inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, na muftiyot va na biror ahli ilm bu voqea bo‘yicha biror munosabat bildirdi. O‘z vaqtida Qirg‘izistonda taniqli ulamo, sobiq muftiy Chubak hoji – Alloh rahmat qilsin, jannat kengliklari bilan rizqlantirsin – “Qaysi maktab direktori hijobga qarshi chiqib, o‘quvchi qizlarni maktabga kiritmay bosim o‘tkazsa, imomlar, o‘sha direktor o‘lsa janoza o‘qimanglar” deb, ulamolar bu masalada qanday pozitsiyada turishi kerakligini namoyon qilgan edi.

 Ma’lumki, shariat qonunlarini butunicha yoki uning qat’iy isbot qilingan mufassal qonunlarini inkor qilish kufrdir. Inson dindan chiqib kofir bo‘lsa unga janoza o‘qilmaydi va musulmonlar qabristoniga qo‘yilmaydi. Shu sababli ham Chubak hoji ro‘molga osilganlarga janoza o‘qimaslikka fatvo bergan edi. Ammo, afsuski, hozircha birorta ham ulamo o‘quvchi qizlar ro‘moli himoyasi uchun chiqishga jur’at qilishmadi. Faqat yuragida din g‘ami bo‘lgan, g‘ayur hamyurtlarimizgina bu masalada o‘z pozitsiyalarini bildirib, video murojaat bilan chiqishmoqda.

 Maktab o‘quvchilarining ro‘mol o‘rash masalasi Qirg‘izistonda “surunkali kasallik” ko‘rinishini olgan bo‘lib vaqti vaqti bilan “qo‘zg‘ab” turadi. Masalan, Qirg‘izistonning eks-prezidenti Roza Otunboeva 2015-yili mamlakat janubida hijob kiygan qizlar ko‘payotganidan tashvishga tushgani va bezovta ekanligini ma’lum qilgandi.

 “Bizning mintqadagi qizlarning kelajagidan tashvishdaman. Men yaqindagina respublikaning janubiy viloyatlarida bo‘lib qaytdim va maktablarda ko‘plab qizlar ro‘mol bilan yurganidan tashvishga tushdim. Bizda ta’lim vazirligi o‘quvchi qizlarga ro‘mol o‘rash huquqini berishi zarur deya bu masalani parlamentda doimo ko‘taradigan mahmadona deputatlar bor. Lekin bizning ayollar, erkak deputatlar hech qachon ularni tanqid qilishmaydi, qarshi bir og‘iz so‘z ham aytishmaydi, chunki ular o‘zlarining soxta elektoratlari (saylovchilar ovozlari) uchun kurashishadi. Biz qayoqqa qarab ketyapmiz, janoblar?”, – degan edi Roza Otunboeva.

 Ammo shu Otunbaevaning o‘zi 2019-yili “ayollar duch kelayotgan zo‘rovonlikka qarshi kurash” iddaosi bilan Bishkekdagi muzeyda yalang‘och surat va yalang‘och ayollar ko‘rgazmasi tashkilotchilaridan bo‘ldi.

Muslimalarning ro‘mol o‘rashlari, ziynatlarini nomahramlardan berkitishlari islomiy qadriyatlardan. Islom dunyoqarashi ayollarni muqaddas deb bilib, ularga “himoya qilinishi vojib bo‘lgan nomus” deb e’tibor qiladi. Qizlarimizning hijoblanib yurishlari islomiy qadriyatlarni jamiyatda paydo qilish uchun tashlanayotgan qadamlarni mustahkamlaydi. Islomni hayotimizga kirib kelishini tezlashtiradi. Shu sababli kufr olami bu ko‘rinishga qarshi noqonuniy yo‘llar bilan bo‘lsa ham jiddiy kurashadi. O‘z malaylari va ularning yugirdaklaridan ham shuni talab qiladi. Islom dushmanlari musulmonlarni adashtirish va chalg‘itish maqsadida, “ilmoniylik” yoki “dunyoviy ta’lim”, “ruhiy ta’limot” degan tushunarsiz va mantiqsiz atamalardan foydalanishadi. Ular islomiy yurtlarda ilmoniylikni rivojlantirish programmasi asosida ish olib borishadi. Jamiyatning islomiylashib borishini oldini olishga qaratilgan harakatlarning barchasi – buzuqchilikni rivojlantirish ishlari – ilmoniy tuzumni kuchaytiradi. Ular ro‘mol o‘ragan qizlarning haq huquqlari poymol bo‘layotganini bilib turishsa-da o‘zlarini bilmaganga olishadi.

 Shunday ekan, biz inson huquqlari tashkilotlari yoki boshqa demokratik institutlardan umid qilmay, muslima singillarimizning nomusini himoya qilish yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz, ijtimoiy tarmoqlar va imkoniyatimizdagi boshqa vositalar orqali o‘z noroziligimizni izhor qilib, nomussizlardan muslimalardan qo‘lini tortishini talab qilishimiz zarur.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.