Pokiston rejimi yahudiy vujudini zimdan tan olmoqda

271
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi yahudiy vujudini zimdan tan olmoqda

Pokiston tashqi ishlar vazirligi Amirliklarga Falastin masalasida «doimiy va konkret kelishuv»ga erishilguniga qadar Pokistonning pozitsiyasi yahudiy vujudini tan olmaslik pozitsiyasi bo‘lishini ta’kidladi. Tashqi ishlar vaziri Shohmuhammad Qurayshiy bu gapni Pokiston shimoliy-sharqidagi Multon shahrida o‘tkazgan matbuot konferentsiyasi chog‘ida aytdi. Qurayshiy jumladan bunday dedi: «Men Amirliklar tashqi ishlar vaziriga Pokistonning pozitsiyasini ochiq ma’lum qildim. To Falastin masalasida doimiy va konkret echimga erishilmaguncha aloqa o‘rnatolmaymiz, dedim».

Roya:

Bu bayonotda yahudiy vujudi va uning mavjud bo‘lish huquqi tan olindi. Chunki Islom va musulmonlarning dushmani bo‘lmish Amerikaga malaylik qiluvchi Pokiston rejimi bu bosqinchilarni tan olishdan va ular bilan munosabatlarni normallashtirishdan bosh tortar ekan, buni haqiqiy printsipdan kelib chiqib qilmayapti. Chunki Falastin masalasi bu rejimning nazarida doimiy va konkret echimga erishishga bog‘liq, xolos. Agar shu echimga-kelishuvga erishilsa, demak, Pokiston rejimi bosqinchilar vujudini davlat sifatida tan olib, ular bilan munosabatlarni normallashtiradi. Ummatga qarshi til biriktiruvchi bu malay rejim miyasida yahudiy vujudi davlat sifatida bor narsa. Rosululloh ﷺning Isro maskani bosqinchisini ildizi bilan yo‘q qilishdan iborat ushbu zamin masalasining shar’iy echimini bu rejim hayoliga ham keltirmaydi.

Roya gazetasining 2020 yil 30 dekabr chorshanba kungi 319-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.