Mamlakatning ichki resurslaridan to‘g‘ri foydalanish

226
0

Mamlakatning ichki resurslaridan to‘g‘ri foydalanish

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi – faqat og‘ir sanoatni rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshadi. Ya’ni davlatning iqtisodiy rivojlanishi ichki resurslardan o‘z manfaati yo‘lida to‘g‘ri foydalanishiga bog‘liq. Bu esa, ichki xom ashyo resurslarini qayta ishlash uchun xususiy og‘ir sanoatni davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilishini talab qiladi.

Og‘ir sanoat (og‘ir metalurgiya) – stanoksozlik, mashinasozlik, kemasozlik… kabi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi hamda engil sanoat, shahar va qishloq infrastrukturasi, dehqonchilik, er osti va usti tabiiy boyliklarni qazib olish, tabiiy boyliklarni qayta ishlash uchun texnika va atayin uskunalar ishlab chiqaradi.

Dunyoda, aytaylik Qirg‘iziston singari yuzlagan agrar davlatlar og‘ir sanoati bo‘lmagani uchun, tabiiy boyliklari, energetika resurslari, dehqonchilik xom ashyolari hamda qazilma boyliklarini dunyo bozorlariga faqat xom ashyo sifatida olib chiqishadi. Yoki ichki resurslaridan foydalanish uchun sanoatlashgan chet el investitsiyasi va sherikchilik kompaniyalariga muhtoj bo‘lishadi. Ular o‘zlaridagi neft, gaz kabi energetik resurslarini va har turli er osti va ustki konlarini o‘zi qazib olish o‘rniga ularni sanoatlashgan (mustamlakachi) davlat kompaniyalari bilan bo‘lishadi yoki ularga sotib yuborishga majbur bo‘lishadi.

Xalqaro siyosat xalqaro tashkilotlar orqali xalqaro qonunlar ishlab chiqish yo‘li bilan, zaif, mustamlaka davlatlarni xususiy sanoatlashishdan mahrum qiladi. Bu tashkilotlar, ichki ishlarimizgacha kirishib, ta’lim siyosatini ham, sanoatlashmaslik asosida ishlab chiqib berishadi. Ularning nazorati ostida ishlab chiqilgan o‘rta va oliy ta’lim programmalarida, iqtisodga to‘g‘ri baho bera olishi mumkin bo‘lgan birorta mufakkir olim etishib chiqishi uchun imkoniyat berilgan emas! Bu BMT komissiyalari tomonidan jiddiy nazorat ostiga olingan.

Bu muhit tarbiyalab etishtirib chiqarayotgan siyosatchilar ham, ularni muhosaba qilayotgan fuqorolar ham, iqtisodiy rivojlanish haqida, olgan talim programmasi asosidagi tarbiyadan turib amal qilishadi.

Ular iqtisodiy rivojlanish haqida, faqat yirik chet el shirkatlarini investorlar sifatida sherikchilikka tortish yoki ulardan imkon qadar ko‘proq moliyaviy qarz olish asosidan turib fikr yuritishadi. Natijada davlatlar qarzga botib, yirik davlatlarga iqtisodiy qutulmas mustamlakaga aylanib boraverishadi. Qarzlari hisobidan erlari, konlari hatto yirik strotegik ahamiyatli infrastrukturalarini o‘tkazib berishga majbur bo‘lishadi.

Og‘ir sanoatni manapoliya qilish maqsadida bir qator xalqaro standartlar kiritilgan. Masalan Evropa standarti ishlab chiqilib xalqaro qonun bilan himoyalandi. Siyosatchilar va ishlab chiqarish tarmog‘ining mutaxassislari bu standartlar bilan o‘z mamlakatlarida hozirgi sharoitda ishlay olmaslikka ko‘zlari etib, juda ko‘p shirkatlarlar jahon bozorlaridan surib chiqarila boshlandi. Agrar davlat siyosatchilari bu ahvolni ko‘rib mutloq umidsizlikka tushib qolishdi. Chunki ular manqurtlar singari global olamiy boshqaruv siyosatiga ergashib olishgan.

Aslida xalqaro qonun va standartlarga tenglashish yoki ularni tan olish asosidagi siyosat va tafakkur to‘g‘ri emas. Chunki bizning mamlakatlar yaqin kelajakda ularga tenglasha olmaydi. To‘g‘ri tafakkur – bor imkoniyatimizga tayanib rivojlanishda davom etishga undovchi tafakkurdir. Har qanday standartlar va cheklovlar olib tashlanishi kerak. Xalqqa ichki resurslardan avvalda qo‘l bilan foydalanib borishiga imkoniyat yaratib berish bilan bir qatorda, davlat boshlang‘ich davrdan boshlab texnika rivojlanishini yo‘lga qo‘yishi kerak. Tabiiy resurslardan foydalanishda faqat o‘z quvvatimizga tayanishimiz kerak.

Albatta bu iqtisodiy mustaqillik siyosiy mustaqillikka bog‘liqdir. Ya’ni biz iqtisodiy mustaqil bo‘lishimiz uchun mavjud boshqaruv sistemasidan yuz o‘girishimiz, xalqaro qonunlarni inkor etishimiz va global olamiy boshqaruv tizimidan chiqishimiz kerak bo‘ladi. Bu esa faqat yangi islomiy mabdaiy boshqaruv sistemasini hayotimizga olib kirish bilan amalga oshadi. Chunki har qanday mamlakat, mabdaiy boshqaruv sistemasisiz buyuk va mustaqil davlat bo‘la olmaydi.

Siyosiy mustaqillikka erishmay turib amalga oshirilayotgan har qanday islohiy harakatlar, hokimiyat ag‘darishlar, hukumatlar o‘zgartirish ishlarining birortasi muvoffaqqiyat olib kela olmaydi, iqtisodiy o‘zgarish ham, rivojlanish ham bo‘lmaydi. Chunki mavjud xalqaro siyosat bizga og‘ir va engil sanoatni rivojlantirishimizga yo‘l bermaydi. Yo‘l bersa ularning butun sanoati xom ashyo va energetika resurslaridan mahrum bo‘ladi! Bu ish faqat mabdaiy inqilobiy o‘zgarishlar ortidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ish bo‘lib, bundan boshqa yo‘li mavjud emas!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.