Tunis ahli qo‘zg‘olonning o‘ninchi yilini xotirlayotgan bir paytda, rejim qaroqchilik bilan shug‘ullanmoqda

201
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis ahli qo‘zg‘olonning o‘ninchi yilini xotirlayotgan bir paytda, rejim qaroqchilik bilan shug‘ullanmoqda

Hizb ut-Tahrir harakatlarini nazorat qilish va faoliyatini taqiqlashdek doimgi odatiga ko‘ra, Tunis xavfsizlik xizmatining Sidi-Buzid shahridagi xodimlari 2020 yil 17 dekabr payshanba kun tongidan boshlab, har doimgi odatlarini tark etmay, astoydil Hizb qarorgohida josuslik qilishdi. Fuqarolik kiyimini kiyib olib, Hizb yigitlari xatti-harakatlarini kuzatishdi.

Hizbning Muhammad Ahmadiy va Sobir Jobaliy ismli yigitlari qarorgohdan chiqqanlarida tashqaridagi josus sheriklariga xabar qilishdi. O‘z navbatida, tashqarida bu ikki yigit hech qanday asossiz qo‘lga olinib, xavfsizlik idorasiga olib ketildi va u erda tergov qilindi. So‘ng respublika prokuraturasiga topshirildi.

Bu hodisaga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Qaroqchilik yo‘lini tutib, Hizb ut-Tahrir yigitlariga turli ayblovlar yopishtirish bu politsiyaga aylangan rejimning har doimgi odatiga aylandi. Shubhasiz, bu uning mabda’ga asoslangan Hizb va uning mafkurasiga qarshi kurashishga ojiz va omadsiz ekanini ko‘rsatmoqda. Hizb esa, o‘z g‘oyasi sari sobit qadam tashlashda davom etmoqda. Ogoh bo‘lingki, bu va’da va bashorat bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash g‘oyasidir. Hizb esa, faqat kuchaymoqda, yigitlarining saboti va ahd-vafosi yanada oshmoqda. Tunis rejimi har qancha tazyiq va ovozlarini bo‘g‘ishga urinmasin, Hizb yigitlari Allohning rizosiga etishish sari tinimsiz faoliyat olib borishga ahd-paymon qilganlar. Ular o‘z jonlarini nazr qilgan bo‘lib, g‘oyalariga to‘sqinlik qilishga hech kimsa qodir bo‘lolmaydi.

Ularga aytar so‘zimiz shuki, rejim va uning gumashtalari qilgan zulmlari qiyomat kuni o‘zlariga zulmat bo‘lajagini unutmasinlar. Yaxshisi, Robbilariga tavba-tazarru qilib, Ummatning Hizb ut-Tahrir tomonidan ko‘tarib chiqilgan loyihasi tarafiga o‘tsinlar, G‘arb loyihalari va gumashtalaridan voz kechsinlar».

Roya gazetasining 2020 yil 23 dekabr chorshanba kungi 318-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.