Qadriyatlar kurashida – har bir g‘alaba ahamiyatlidir

267
0

Qadriyatlar kurashida – har bir g‘alaba ahamiyatlidir

Olamda kufr bilan Islom o‘rtasida qadriyatlar kurashi boryapti. Bu kurash islomiy mabdaiy inqilobni amalga oshishida, shuning bilan kufr boshqaruv sistemasiga barham berilib, Islom mabda sifatida hayot (boshqaruv)ga qaytishida kuchli ahamiyatga ega.
Kufr olami jamiyatlarning har bir jabhasidagi o‘zining birorta qadriyatiga befarq qaramaydi. Xalqaro siyosat olamdagi ta’sir quvvatiga tayanib va barcha mamlakatlardagi mavjud imkoniyatlaridan foydalanib, odamlar orasida o‘z qadriyatlarini tarqatib, mustahkamlab boradi.
Qadriyatlar deb – muayyan mintaqada shakllanib borayotgan marosimlar, bayramlar, siyosiy va ijtimoiy hayotimizning har-bir sohasida shakllangan mintalitet va ko‘nikmalarga aylanib borayotgan urf-ommlarga aytiladi. Ular biror din, mabda, milliy urflar yoki ota-bobolaridan qolgan odatlarga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Islom, jamiyatda shakllanib qolgan yoki yangi shakllanayotgan urflarga mafkura nuqtasidan qaraydi va mabdaiy Islomga zid kelganini man qilib, zid kelmaganiga e’tibor qaratmaydi!
Shariyat da’vatni, ya’ni amru ma’ruf va nahiy munkarni aynan shu qadriyatlarni islomiylashtirish asosida olib borilishini farz qildi! Har qanday jamiyatga berilayotgan baho, uning qadriyatlariga qarab kufr yoki Islom jamiyati deb ajratiladi. Qonun ham o‘zi tayangan mabda aqidasidan balqib chiqqan qadriyatlarni himoya qiladi.
Bolalar bog‘chasidan boshlab maktab, undan keyingi ta’lim muassasalarining barchasi kufr asosiga qurilgan. Tabiiyki undan kelib chiqib barcha ishxona va boshqa muassasalardagi ijtimoiy holat ham kufr asosida olib boriladi. Biror sohada e’tiborsizligimiz Islom bilan jamiyat o‘rtasida ulkan jarliklar paydo qiladi. Ya’ni biz boy berib kelayotgan barcha sohada kufr qadriyati o‘rnashib boryapti. Tabiiyki, ummat ham, bu qadriyatlar bilan ozuqalanib, yashab, ko‘nikib boryapti.
Keyin biz odamlarga, “bu qonun bizlarning mana bu manfaatimizga qarshi ishlab chiqildi, mana bu bayram e’tiqodimizga teskari, kufr boshqaruviga rozi bo‘lish va unga ko‘maklashish harom” deymiz, ummat bizning gaplarimizni tiniq tushuna olmaydi. Chunki biz imkoniyatlarimizni o‘tkazib yuborgan bo‘lamiz. Siyosiy yirik ishlarga e’tibor beramiz deb, fundamental qadriyatlarni kufrga berib yuborgan bo‘lamiz.
Shu kunlarda maktab programmasiga kiritilishi kutilayotgan jinsiy ta’lim programmasi ham, o‘g‘il bolalpr bilan qizlarimizni bir sinfda dars olishiga ko‘nikib qolishimiz (urf-ommga aylanishi) ortidan kirib kelayotgan yangi qadriyatdir. Ya’ni kufr qadriyatlari birin ketin, avvalgisi ummatda ko‘nikma hosil qilishi ortidan keyingisi kirib keladi.
Kufr “mo‘’tadil Islom” loihasini olib kirdi. Ummat unga ham ko‘nikdi, imomlar u tomonga o‘tib, bor imkoniyatlari bilan kufr qadriyatlarini urf-ommga aylantirishga harakat olib borishayapti. “Mo‘’tadil Islom” jamiyatni o‘z ta’siri ostiga olishi uchun kufr boshqaruvi siyosiy da’vatchilar bilan kurashish mexanizmini o‘zgartirdi. Ular bizni jasadimiz bilan kurashish mexanizmini, e’tiqodimiz, mabdaiy harakatimiz tomon burib, bizni hayotga, dunyo muhabbati girdobiga bog‘lab qo‘yish mumkin bo‘lgan yangi loyiha ishlab chiqishdi. Biz ham bunga ko‘nikib, siyosiy, mabdaiy harakatlarimizda zayiflik qilishimiz kufrga qo‘l kelishini unutmasligimiz kerak!

Kurashish uchun mavzu’lar juda ko‘p. Kufr tomog‘imizgacha najasga botirib yubordi. Biz, kurash uchun mavzu, voqelik topa olmay hayron turib qolishimiz mumkin emas! Bu – biz da’vatchilarning ham, kufr kiritib borayotgan mo‘’tadil urflaridan ta’sirlanib borayotganimizni anglatadi, Alloh saqlasin.
Aslida maktab yoki bog‘chadagi mavjud holatlarga qarshi harakat qilishning o‘zi juda katta natijalar bera oladi. Nikohni cheklash haqidagi qonunga qarshi chiqish va 17 yoshli qizini turmushga bergani uchun qamalgan musulmonni himoya qilib chiqish kabi ishlar da’vatimiz asosi bo‘lishi kerak.
Shu tariqa to‘g‘ri tariqatdagi islomiy da’vatni yo‘lga qo‘yib, uni urf-ommaga aylantirish uchun jiddiy harakat olib borishimiz zarurdir. Kufr juz’iy bahs munozaralarni, va’zu irshod va diniy ilmiy munozaralarni da’vat deb, jamiyatda buzuqchilikni kuchaytirib, musulmonlarni chalg‘itib borayapti!
Birodarlar, jamiyatimizda odamlarni buzilishiga sabab bo‘layotgan kufr qadriyatlarini urf-ommga aylanib borishini to‘xtatishga jiddu-jahd bilan harakat qilaylik. Da’vatni to‘g‘ri yo‘sinda yo‘naltirib, bir birimiz bilan keraksiz bahs munozaralar qilishni to‘xtataylik. Da’vat o‘z tariqati bilan, bahs munozaralar o‘z yo‘li bilan yurishini ta’minlab, kufrning bizdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishiga imkon qoldirmaylik!

Abdurazzoq mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.