AQSh, NATO va Afg‘on hukumatining havo zarbalaridan tinch fuqarolarning o‘limga uchrashi «davlat terrori»ga yaqqol misoldir

222
0

AQSh, NATO va Afg‘on hukumatining havo zarbalaridan tinch fuqarolarning o‘limga uchrashi «davlat terrori»ga yaqqol misoldir

Braun universiteti tayyorlagan hisobotga ko‘ra, Donalьd Tramp prezidentligi davrida Amerika va NATO havo hujumlaridan o‘lgan Afg‘oniston tinch fuqarolari soni uch marta oshib, 330 %ni tashkil qilgan. Hisobotda aytilishicha, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining havo zarbalaridan o‘lgan tinch fuqarolar soni Afg‘onistonda ichki kelishuvlar boshlangandan beri bir necha barobar oshib ketgan.

Amerika va NATO kuchlari o‘tgan ikki o‘n yillik ichida Afg‘onistondagi siyosiy va harbiy maqsadlarini amalga oshirish va raqiblarini yo‘q qilish uchun havo hujumlarini amalga oshirgan. Afsuski, natija doimiy tinch fuqarolar o‘limi bilan yakunlangan. Ayrim hollarda bu kuchlar «Terrorchilarni nishonga olish» nomi ostida marosimlar, yig‘inlar, masjidlar va shifoxonalarga hujum uyushtirgan. Bu esa, tinch fuqarolar orasida katta yo‘qotishlarga olib kelgan. Malay Afg‘on hukumati so‘nggi paytlarda o‘z xo‘jayinlaridan vahshiy amaliyotlarni o‘rgandi. Bugun esa, ular «xavfsizlik» bahonasi ostida begunoh fuqarolar ustiga bombalar yog‘dirmoqda. Har qanday tinch fuqarolarga qarshi qilingan bitta havo hujumi katta terror amaliyoti hisoblanadi.

Albatta Amerika, NATO va Afg‘on hukumati minglagan shaxslarni qatl qilayotganiga nafaqat pushaymon emas, balki ular bu ishni o‘z nufuzlari va hukmronliklarini himoya qilish uchun hal qiluvchi ish deya hisoblaydilar. Kapitalizm va demokratiya terrorni kuchaytiradi, chunki u shaxslar va hukumatlarga o‘z maqsadlari yo‘lida minglagan odamlarni qatl qilishiga ruxsat beradi. Darhaqiqat, Afg‘onistondagi Avstraliya harbiylari amalga oshirgan urush jinoyatlari borasida qilingan so‘nggi tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, ular faqat rohatlanish uchun afg‘onlarni o‘ldirishgan.

Ayni paytda Amerika, NATO va Afg‘on hukumati odamlarni qutqaryapmiz va inson huquqlarini himoya qilyapmiz deya da’vo qilishmoqda. Shuningdek, o‘zlarini «Xalqaro terrorizmga qarshi kurash» bilan shug‘ullanayotgan qilib ko‘rsatishmoqda. Holbuki, aynan shu davlatlarning o‘zlari «Xalqaro terrorchilar»dir va «Xalqaro terror» namoyandalaridir. Chunki ular repressiv boshqaruvini davom ettirish uchun harbiy kuch va noinsoniy vahshiy amaliyotlari orqali Afg‘onistonni bosib olishdi.

Afg‘onistondagi musulmonlar va mujohidlar shuni yaxshi bilishlari lozimki, Amerika va malaylarining nafrati hamda katta jinoyatlari tugamaydi. Chunki urush va qon to‘kish ularning mabdasida yashiringan. Muammodan chiqish yo‘li Amerika va NATOning josuslik, siyosiy, fikriy va iqtisodiy ta’siriga barham berish uchun birgalikda harakat qilishdir. Shuningdek, taqdirimiz va hayotimizni Islomdagi tirik va insoniy qadriyatlar uzra qurishdir. Chunki yolg‘iz Islomgina tinchlik va osoyishtalik olib keladi. Shuning uchun Islomdan boshqa yo‘lga yurish urush va o‘tmishdagi azoblarni davom ettirishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.