Muborak zamindagi navbatdagi xatar bongi… bunga qarshi turuvchi bormi?!

241
0

Muborak zamindagi navbatdagi xatar bongi… bunga qarshi turuvchi bormi?!

Ariha shahri magistratlar sudi Samo Abdulhodiy ismli musiqachi qizning hibsda saqlash muddatini ikki haftaga uzaytirdi. Sud Samoning Muso alayhissalom masjidi va maqomi ichida hayosiz-axloqsiz bir konsert o‘tkazishi ortidan boshlangan edi. Sudda prokuror unga «diniy makonni oyoqosti qilish» va «koronavirus tarqalishini oldini olish uchun belgilangan favqulodda holat»ni buzish ayblovini qo‘ydi. Musiqachi guruhning konsert o‘tkazishiga ruxsat berish masalasida turizm va vaqflar vazirligi bir-birini ayblashdi. Bosh vazir esa, aybdor kimligini aniqlash uchun tergov-surishtiruv o‘tkazishga buyruq berdi.

COVID-19 virusi tarqalishini to‘xtatish bahonasida masjid va madrasalar yopilib, odamlarning ibodat qilishi, tirikchiligi va ta’lim olishiga cheklov qo‘yilayotgan bir paytda, hukumat muqaddas makonda, ya’ni Muso alayhissalom masjidi va maqomida shunday axloqsiz tantanalarning o‘tkazilishiga ruxsat bermoqda. Katta musibat shundaki, hukumat odatdagidek ikkilamchi masalalarga yopishib olib, asosiy masaladan ataylab ko‘z yummoqda. Turizm va vaqflar vazirliklari musulmonlarning daxlsiz tuyg‘ularini bir chetga uloqtirib, ushbu konsert uyushtiruvchilariga kim ruxsat berganligi to‘g‘risida bir-birini ayblashmoqda hamda o‘zlarini bu ishdan bexabardek va bu tadbir ularning roziligisiz tasodifan uyushtirilgandek qilib ko‘rsatishmoqda. Odatdagidek, bu masala Samoga o‘xshagan bitta yoki bir nechta shaxsga yuklanishi bilan nihoyasiga yetadi va bundan oldin yopilgan masalalar kabi bu ham yopiladi. Bu masala hukumatning buzuqligi va malayligini hamda muborak zamindan voz kechganidek, prinsip, axloq va qadriyatlardan ham voz kechish botqog‘iga botganini ko‘rsatmoqda.

Boshqa tomondan, feministik tashkilotlar hamda CEDAW konvensiyasi targ‘ibotchilari o‘zlarining qabih yuzini va razil maqsadlarini ochiq ko‘rsatishdi. Chunki ular Samoni qat’iy himoya qilib chiqishdi. Ularga ko‘ra, Samo jinoyat sodir etmagan, aksincha, turizmni qo‘llab-quvvatlash uchun badiiy faoliyat uyushtirgan va jamoatchilik g‘azabini so‘ndirish uchun zo‘ravonlarcha qamoqqa olingan.

Ular buzuqlikni san’at, erkak va ayollarning aralashini erkinlik va muqaddas joylar oyoqosti qilinishini turizmni rivojlantirish deb atashadi. Hukumat murabbiyalarga kuchini ko‘rsatib, ularni majburan nafaqaga chiqargan paytida biz bu tashkilotlarning ovozini eshitmadik. Holbuki, bu murabbiyalar faqatgina tergov o‘tkazilishini talab qilishgan edi. Chunki ular haq so‘zni aytib, o‘z huquqlarini talab qilishgan edi. Bu tashkilotlar qonunlarni CEDAW konvensiyasiga mos qonunlarga o‘zgartirishga erishish uchungina yosh yigit-qizlarni buzishga hamda dinimiz va urf-odatlarimizga zid bo‘lgan tushuncha va xulq-atvorlarni kirgizishga harakat qilgan kishilarni himoya qilishadi.

Ey Falastin ahli!

Boshingiz uzra chalinayotgan ushbu xatar bongi sizni «hukumat muqaddas yer va dargohlar masalasida loqaydlik qilgani kabi or-nomus, axloq, qadriyatlar va din masalasida ham loqaydlik qilmoqda», deya ogohlantirmoqda. Agar unga va uning CEDAW konvensiyasiga mos rejalariga qarshi turmasangiz buzuqlik yanada kengayadi. Natijada, qizlaringiz, turmush o‘toqlaringiz va aka-ukalaringiz shariatga va dinga zid ishlar bilan sizlarga qarshi chiqadilar.

Nahotki, bu tang-baxtsiz hayotni, kasallik va fojialarni boshdan kechirayotganimiz yetarli bo‘lmasa, axir, bunday hayotimizni Alloh Taoloning ushbu kalomi ham tasdiqlab turibdi-ku?!:

ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

«Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-ma’siyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir» [Rum 41]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.