Sudxo‘rlik va xususiylashtirish rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti uchun dahshatli ofatdir

297
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudxo‘rlik va xususiylashtirish rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti uchun dahshatli ofatdir

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy

Agar rivojlanayotgan davlatlarning hozirgi iqtisodiyotini vayron qilgan omillarni o‘rganadigan bo‘lsak, ularni parchalagan asosiy narsa sudxo‘rlik va xususiylashtirish ekanini, o‘sish sur’ati har qancha yuqori bo‘lmasin, bu ikki illat davlatni emirib yuborganini guvohi bo‘lamiz. Misol tariqasida Turkiyani olaylik. Turk xalqi ulkan g‘ayratga ega jonli xalq. Sanoat, mehnat va ishlab chiqarishda hamma bilim, mahorat, yuksak qobiliyat shu xalqda. Biroq sudxo‘rlik va xususiylashtirish turk xalqining barcha qobiliyatu jonliligini o‘ldirmoqda, oldida kambag‘allik, ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy depressiyadan boshqa narsa qoldirmayapti.

Turk valyutasi tinimsiz pastlab bormoqda. O‘tgan yilgi xuddi shu paytga nisbatan lira qiymati 30 %ga pastladi. Davlat o‘zining qattiq valyuta balansidagi jiddiy pasayishni to‘xtatib qololmadi. Shu bois prezident Rajab Toyyib Erdogan Turkiya Markaziy bank direktorini ishdan bo‘shatishga hamda o‘z kuyovi Barot Albayroqni Moliya vazirligi lavozimidan olishga hamda iqtisodiy vaziyat izdan chiqishi va valyuta beqarorligi javobgarligini ularga yuklashga majbur bo‘ldi. Ular uning foiz stavkasi oshishini pasaytirishga bergan buyrug‘ini to‘liq bajargan bo‘lishlariga qaramay, ularning o‘rniga – o‘zining avvalgi odatiy siyosatiga zid ravishda – foiz stavkasini oshirish qoidasini qabul qilgan shaxslarni tayin etdi.

Turk hukumati lira barqarorligini mustahkamlash uchun 2018 yildan beri o‘zining qattiq valyuta zaxirasidan katta qismini sarfladi. Biroq foydasi bo‘lmadi. «Goldman Saks grup» ekspertlariga ko‘ra, Turkiya bu yil 100 milliard dollar yo‘qotgan, bu esa, davlatning ayni valyutalari balansining kemirilishiga olib keldi.

Markaziy bank lira muomalasini yaxshilash uchun qarz beruvchilardan o‘nlab milliard dollar qarz oldi, lekin bundan ham aytarlik natija chiqmadi.

Turkiyaning tashqi qarzi 2002 yilda 112 milliard dollar edi. 2016 yilga kelib bu 431.4 milliard dollarga etdi. Inflyatsiya darajasi 25 %dan oshdi. Ishsizlik esa, 12 % ga yaqinlashdi. Shu paytgacha bu muammoga foiz stavkasini pasaytirish yoki oshirishdan iborat kapitalistik echim berib kelindi, bundan boshqacha bo‘lmadi.

Bu sudxo‘rlikning belni sindiradigan ofati. Ikkinchi ofatga kelsak, u yurtning iqtisodiyot umurtqasiga undan ham dahshatli zarba beradigan xususiylashtirish ofatidir. Darhaqiqat, xususiylashtirish zarari birgina valyuta qadrsizlanishining o‘zi bilan shu darajaga etdiki, butun ishlab chiqarishning har bir sektori bir siqim mahalliy va xorijiy ochko‘z kapitalistlar qo‘liga o‘tishi bilan davlat qo‘lida hech vaqo qolmadi… Ular hukumatdan davlatning korxonalarini sotib olishdi.

Xususiylashtirish Turkiyada 2003-2009 yillarda Erdogan qudratga kelgan dastlabki olti yilda boshlandi. O‘shanda shakar zavodlari, em-xashak zavodlari, gilam fabrikalari, xrom konlari 30 milliard dollarga xususiy sektorlarga sotildi. Bu mablag‘ er osti yo‘llari, turar-joy kvartallari va imoratlar qurilishiga sarflandi. Bir muncha o‘sish harakati paydo bo‘ldi, bu davr vaqtinchalik iqtisodiy farovonlikka guvoh bo‘ldi. Ana shundan keyin xorijiy investitsiya kirib keldi va Turkiya bozorlariga 469 milliard dollar to‘kdi, ayni vaqtning o‘zida, qarzlar 460 milliard dollarga etdi.

Keyin xususiylashtirish jarayoni yanada kengayib, davlat qo‘lidagi har bir narsa sotildi. Hukumat o‘zining gaz, telekommunikatsiya, sigareta sanoati, Turk Havo Yo‘llari va boshqa sanoat muassasalarini sotdi. Natijada, yana iqtisodiy o‘sish paydo bo‘ldi, lekin bu ham vaqtincha davom etdi.

Xususiylashtirishning ikkinchi to‘lqinidan so‘ng Turkiyaga ajnabiy kompaniyalar – xususan, AQSh va Evropa kompaniyalari oqib kelib, ularning soni 20 mingtaga etdi. Ular ortidan yurt ajnabiy sarmoyadorlarga darvozalarini lang ochib berdi. Bu kompaniyalar yurtni chor atrofini kezadigan, iqtisodiyotini har tomondan eb bitiradigan bo‘lishdi.

Shunday qilib, davlat o‘z muassasalarini ikkinchi bosqichda 70 milliard dollarga sotdi va yana ma’lum darajada o‘tkinchi iqtisodiy o‘sish ko‘rindi… va nihoyat uning ham oxiri qattol depressiyaga olib keldi. Daromadlarning yirik qismi ajnabiy sarmoyadorlar kissasiga kelib tushishni, u erdan qattiq valyutalarga aylanib chiqib ketishni boshladi. Oqibatda tez orada umumiy aholi turmush darajasi keskin pastlab ketdi hamda turk lirasi keskin qadrsizlanib, yana yuqori foizli qarz olish siyosatiga qaytildi.

Xususiylashtirish va sudxo‘rlik to‘lovlarining dahshatli qisqacha oqibatlari mana shu.

Roya gazetasining 2020 yil 16 dekabr chorshanba kungi 317-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.