Frantsiya hukumati endi musulmon bolalarni terroristga chiqarishga o‘tdi

300
0

Frantsiya hukumati endi musulmon bolalarni terroristga chiqarishga o‘tdi

Bu bilan musulmon aholidagi «islomiy xarakterni yo‘q qilish»ga omadsizlarcha urinmoqda

Ommaviy axborot vositalarida 2020 yil 7 noyabrda tarqalgan xabarga ko‘ra, Frantsiyaning Alьbervilь shahri politsiyasi to‘rt nafar o‘n yoshli musulmon bolalarning uyiga bostirib kirdi. Bunga bolalarning maktabda suhbat darsida «biz frantsuz o‘qituvchisi Samyuelь Patining o‘ldirilishini qoralaymiz, ammo Nabiyyimiz Muhammad ﷺni karikatura qilinishiga aslo rozi bo‘lmaymiz», deya fikr bildirganlari sabab bo‘ldi. Bolalardan birining otasi o‘n nafar politsiyachi ertalab soat oltidan keyin dahshatli qurollari bilan uyga bostirib kirib, bolalarni uyg‘otishganini, so‘ng uyni tintuv qilib, qizining kitoblarini ham titkilashganini, hatto devorlarda osig‘liq islomiy yozuv bor ramkalarni ham qo‘yishmaganini, aytdi. Keyin politsiya bolalarni uchastkaga olib ketib, «terrorizmni ulug‘lash» ayblovi bilan ularni ota-onalarisiz o‘n bir soat tergov qildi. Ota-onalarini ham alohida tergov qilib, ularga kamsituvchi savollarni berdi… Masjidda namozga kirganlarida bolalar ham birga bo‘lsa, masjidda qanday amal buyurilgan, Payg‘ambar ﷺni karikatura qilinganiga nisbatan qanday fikrdalar… kabi. Ota-onalardan birining aytishicha, politsiya ularga xuddi terroristlarga qilinadigan muomalani qilgan, har birining barmoq izini olib, suratga tushirish uchun ayolining hijobini echishga majburlagan.

Frantsiya o‘zining vahshiy tarixi hamda Islom va musulmonlarga qarshi repressiv siyosati borasida biror bir muqaddimaga muhtoj emas edi. Lekin u Frantsiyadagi musulmon aholidan Islomni sug‘urib olishdan yoki ularni qorishtirib yuborishdan iborat o‘zining muhim missiyasini amalga oshirishga kirishdi. Bu bilan farzandlarini qo‘rqitish orqali u erdagi musulmon aholini frantsuz ilmoniy Respublikasining qullariga aylantirmoqchi bo‘lyapti. U hozirda musulmonlarning xonadonlari va ishxonalariga bostirib kirish, masjidlar va xususiy islomiy madrasalarni yopish, islomiy xayriya jamiyatlariga tahdid qilish va musulmon jamiyati tashkilotlarini yopishga urinish kabi ishlar bilan ko‘ngli to‘lmayapti. Shuning uchun aybi ochilib qolgan liberal e’tiqodiga musulmon bolalar va yoshlarni o‘rgatish uchun o‘zining ilmoniylik qurollarini ularga o‘qtalmoqda. Frantsiya prezidenti Makronning Islom va musulmonlarga qarshi qaratilgan navbatdagi hujumida e’tiborni ta’limga qaratgani ham ayni shu sabablidir. U «Islomiy separatizm», degan yangi qonun loyihasida uy ta’limini taqiqlashga va’da berdi. Aslida, buni «Islomni yulib tashlash» qonuni deyish mumkin. Makron «Dinni ta’lim va davlat sektoridan tashqariga chiqarib tashlash yo‘lidagi yangi kampaniyamizdan hargiz voz kechmaymiz», dedi.

Bularning barchasi aslida Frantsiyadagi siyosiy doiraning tushkunlikka tushib qolganini ochiq ko‘rsatmoqda. O‘tgan uzoq yillar mobaynida repressiya va assimilyatsiya siyosatlarini qo‘llashda ularning omadi chopmagan edi. Masalan, hijob va niqobni taqiqlab ko‘rdi, shuningdek, soqol qo‘yish, ikki jins o‘rtasini bo‘lish, halol oziq-ovqatga rioya qilish kabi islomiy aqidaviy vazifalarga ommaviy tamg‘a bosdi, lekin bularning hech birini eplolmadi. Bu urinishlarning barchasidan hukumat musulmonlarni Islomdan uzoqlashtirish va G‘arbning ilmoniy fikrlarini qabul qilishga majburlashni ko‘zlagan edi, ammo ayanchli tarzda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Allohga hamd bo‘lsinki, Frantsiyadagi musulmonlar ilmoniylikka qorishtirish tashabbuslarini nafaqat rad etdilar, balki o‘z aqidalariga sodiq qolish va islomiy vazifalariga qattiq amal qilishda yakdil kuchga aylandilar. Shuning uchun ham frantsuz hukumati endi zo‘ravonlik yo‘liga o‘tib, yosh musulmon avlodni ilmoniylik bilan ozuqalantirmoqchi bo‘lyapti. Shu paytgacha musulmon avlodni kuchli hujjatlar bilan o‘zlarining aybi ochilib qolgan e’tiqodiga ishontirishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. Zero, ular o‘zlarining soxta va yolg‘on xabarlarini hatto musulmon go‘daklarga nisbatan ham tarqatishdan hayo qilishmaydi. Niyatlari musulmon go‘daklardan islomiy xarakterni yo‘q qilishdir. Misol uchun, yaqinda «G‘inancial Times» gazetasiga yuborilgan bir maktubdan ayon bo‘lishicha, Frantsiyada islomofobiyani yanada avj oldirish ko‘zlanmoqda. Ya’ni, go‘yo musulmonlar uch yoshga to‘lmagan qizchalarni niqob kiyishga majbur qilib, Frantsiya jamiyatidan ajratishayotgani to‘g‘risida hech qanday dalilsiz yolg‘on iddao qilingan.

Aslini olganda, ilmoniylik qadriyatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llanayotgan ushub og‘ir tadbir-choralar global inqirozga yuz tutgan ilmoniylikning ayblari, xatolari va xavf-xatarlarini ochib qo‘ymoqda. Frantsiyadagi bugungi og‘ir vaziyat bu yurtda yashayotgan musulmon diaspora vakillariga turtki bo‘lmog‘i hamda Islomning o‘z farzandlarining dini bo‘lib qolishi uchun kurashga undamog‘i darkor. Chunki Islomning Frantsiya va G‘arbdagi kelajagini shu musulmon avlodning barqarorligi belgilaydi.

الَّذِينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ إِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُواْ لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَاناً وَقَالُواْ حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ

«Unday zotlarga ayrim kimsalar: Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz, deganlarida bu gap ularning imonlarini ziyoda qildi va: Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir! — dedilar» Oli Imron 173]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.