Erdogan Turkiya kelajagini EI bilan qurish istagini bildirdi

141
0

Erdogan Turkiya kelajagini EI bilan qurish istagini bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan kongressda so‘zlagan nutqida Turkiya kelajagini Evropa tarkibida deb his qilishini va kelajakni Evropa bilan birgalikda qurishni tasavvur qilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u barcha mintaqaviy va global masalalarda Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda harakat qilishlarini aytib, Vashingtonga ham o‘z sadoqatini izhor qildi.

“Biz o‘zimizni boshqa joylarda emas,  balki Evropada ko‘ramiz va kelajagimizni Evropa bilan birgalikda qurishni tasavvur qilamiz. Biz do‘stlarimiz va ittifoqdoshlarimiz bilan yanada mustahkamroq hamkorlik qilishni xohlaymiz”. “Biz Amerika bilan uzoq va yaqin ittifoqdoshlik munosabatlarimizdan mintaqaviy va global barcha muammolarni hal qilishda faol foydalanishni istaymiz”, dedi prezident Erdogan jonli efirda so‘zlagan nutqida.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu ham Turkiyaning Evropa Ittifoqiga qabul qilinishi haqtda Erdog‘anning bayonotiga parallel ravishda bayonot berib, “Biz Evropa Ittifoqi o‘z xatolarni tushunib etishi va Turkiyaning ittifoqqa a’zo qilishiga olib keladigan qiymatni anglab etishini kutyapmiz”,  dedi.

Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Kalin esa, Evropa Ittifoqi rasmiylari bilan o‘tkazgan uchrashuvida Turkiyaning Evropa Ittifoqiga a’zoligini strategik ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rishini ma’lum qildi. Kalinning ta’kidlashicha, Evropa Ittifoqi rahbarlari barcha g‘oyaviy va siyosiy xurofotlarni chetga surib, Turkiya-Evropa Ittifoqi munosabatlariga strategik aql bilan qarashlari lozim.

Izoh: Evropalik siyosatchilar Turkiyani ittifoqqa kiritishni xohlamasliklarini bir necha marotaba ta’kidlaganiga qaramay, Turkiya salkam 60 yildan buyon Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish maqsadida Evropa ostonasida kutib o‘tiribdi. Buning uchun Islomdan uzoqlashtirib, evropacha hayotga olib boradigan Evropaning bir qancha talablarni ikkilanmay qabul qildi. Zinoni qonuninlashtirish, axloqsizlikni targ‘ib qilish va gomoseksuallarga erkinliklar berish kabi. Masalan Erdogan boshchiligidagi Turkiya hukumati Evropa Ittifoqining talabiga ko‘ra 2005 yil 1 iyundan boshlab kuchga kirgan 5237-sonli Turkiya Jinoyat kodeksining 223-moddasiga binoan zino va fohishalikka qonuniy tus berdi! Buni prezident Erdoganning o‘zi ham ochiq tan oldi.

“Evropa xohladi, deya zinoning taqiqlanishini bekor qildik, demak biz noto‘g‘ri qildik”. “Biz ittifoqqa to‘laqonli a’zo bo‘lishimiz uchun ular xohlagan barcha narsani qildik, ammo ma’lum bo‘lishicha, Evropa Ittifoqi bizni boshidanoq to‘laqonli a’zoga aylantirish niyatida emas”. Bu bayonot Erdoganga oiddir.

Allohni qo‘yib kofirlarni do‘st tutish va ularning huzuridan azizlik izlash haqiqiy horlikdir. Ular o‘zlarining dinlariga kirmaguncha aslo rozi bo‘lmaydi. Bu haqida Alloh Taolo Qur’onda xabar berib qo‘ygan:

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo‘lmaydilar”.

Turkiyaning Evropa Ittifoqi oldida bosh egib, tilanchilik qilishdan qutilish vaqti allaqachon kelgan. Buning uchun u o‘zligini tanimog‘i kerak. Tarixga bir nazar tashlang. Turkiyada Islomiy boshqaruv bo‘lgan paytda Evropa davlatlari uning eshigining oldida bosh egib turardi. Agar u bugun ham Islomni mahkam tutsa, Islom ahkomlarni hayotga tatbiq qilsa, avvalgi azizligiga qovushishi turgan gap. Bugungi kunda Turkiya harbiy jihatdan ham, geografik harbiy jihatdan ham, insoniy jihatdan ham Xalifalik davlatini tiklashga qudratiga ega davlatdir. Faqat yolg‘iz Allohga tavakkal qiladigan, Allohning nusratiga chin yurakdan iymon keltirgan jasur rahbariyat etishmayapti xolos.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.