“O‘zbekiston 24” reportajiga xalaqit bergan aël 3 kunga qamaldi

318
0

“O‘zbekiston 24” reportajiga xalaqit bergan aël 3 kunga qamaldi

Ozodlikka etib kelgan videoda Qarshi shahrida davlat mulozimi O‘zbekiston 24 telekanaliga suhbat beraëtgani aks etgan. Mulozim qashqadarëlik aëllarning imtiëzlari¸ ish bilan ta’minlangani va umuman hukumatning xotin-qizlarga g‘amxo‘rligi haqida gapiraëtgan paytda bir aël mikrofon oldiga kelib, o‘z dardlarini ayta boshlaydi. Bu aël – 37 yoshli Dilafruz Do‘ltaevadir.

U “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi ishidan nohaq bo‘shatilgani va ishga tiklanish uchun davlat idoralari va hukumat rahbarlariga qilgan murojaatlari javobsiz qolayotganidan shikoyat qiladi.

Ozodlik bilan suhbatda Do‘ltaeva videodagi harakati ortidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan uch kunlik ma’muriy hibsga mahkum etilganini aytib berdi. Dilafro‘z Do‘ltaevaning iddao qilishicha, opa-singillar qamoqda IIB xodimlari tarafidan kaltaklangan.

Ozodlik bog‘langan Qashqadarë viloyati IIB xodimi Do‘ltaevalarning iddaosini qat’iyan rad etdi.

Izoh:  oxirgi kunlarda internet tarmoqlarida DXX va organ xodimlari tomonidan har xil yo‘llar bilan siquvga olinayotgan bir qator ayollar vidio murojaat bilan chiqa boshlashdi. Bular oxirgi najot sifatida jamoatchilikka ochiq chiqishga jur’at qila olgan ayollardir. Zulmni oshkor qilishdan qo‘rqib o‘tirganlari bundan yuz balki ming barobar ko‘proq!

Bir qator ko‘p va yosh farzandlari bor ayollar organ xodimlari tomonidan quruq tuhmatlar bilan siquvga olininmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qigan yoki tarqatgan fikrlari uchun ularni qo‘rqitib, har xil hiylalar bilan, organ bilan xizmatlashishga majburlamoqchi bo‘lishyapti. Ularni tanimagan bir qator profillar ustidan yolg‘on guvohlik berishga undab, aks holda ularni ma’muriy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilishgan.

O‘zbekistonda matbuot tizimi davlat manapoliyasi ostidadir. Odamlar ularga xuddi davlatga ishonmagandek ishonishmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqab borayotgan rasmiy yoki norasmiy ma’lumotlar, xalqni haqiqatni ko‘ra olishiga xizmat ko‘rsatmoqda. Shu sababli bu tarmoq keng va qudratli tarmoqqa aylanib qoldi.

Vaqtida Prezident Mirziyaev blogerlar bilan shaxsan o‘zi uchrashib, ularni davlat tomoniga og‘dirmoqchi bo‘lgan edi. Bir qator blogerlarni DXX xodimlari panohiga olib, o‘zbekzabon auditoriya ichida ularning obro‘ylarini suniy ko‘tarmoqchi bo‘lishdi. Botilni haq qilib ko‘rsatishda bu blogerlarning birortasining qudrati etmagach, ular ulkan muvoffaqqiyatsizlikka uchrab, davlat loihasi natijalari teskari tomonga, ya’ni o‘zlariga qarshi ishlay boshladi.

Shundan keyin DXX xodimlari avvalgi strotegiyasini o‘zgartirib, ijtimoiy tarmoqni o‘z ta’sirlari ostiga olishga harakat qila boshlashdi. Lekin bu tarmoq olamiy ekanligi va uni mutloq to‘sib yuborishga xalqaro hamjamiyat ruxsat bermasligi sababli, hokimiyat bu tarmoqlardan o‘z fuqorolarni qo‘rqitish, bezdirish va unda fikriy ish olib borish huquqlaridan xavotirga solish taktikasi ishlab chiqdi.

Ularning bu strotegiyalari tarmoqdagilarning bir birlari ustidan tuhmat qilishlari, yolg‘on guvohlik berishlari yoki fuqorolarni sotqinlik qilishga majburlash kabi iflos uslublar ustiga qurildi. Oddiy fuqorolar bular bilan ixtiyoriy xizmatlashishga rozi bo‘lmagach, ular shantaj bilan odamlarni o‘zlariga ishlashga majburlamoqchi bo‘lishmoqda.

Yuqorida onalarimiz, opa-singillarimizga zulm qilishda hokimiyat vakillari o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini himoya qilishda salohiyatlarini suiste’mol qilish va hokimiyatning haqiqiy yuzi ochilib ketishidan ehtiyot qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqdan odamlarni va blogerlarni doimiy xavotirda ushlab turishga intilish maqsadi yotadi.

Onalarimiz va opa-singillarimizga zulm qilish ortida hokimiyat vakillari o‘z salohiyatlarini suiste’mol qilib, shaxsiy manfaatlarini himoya qilishga va hokimiyatning haqiqiy yuzi ochilib ketishidan ehtiyot qilish uchun ijtimoiy tarmoqdan odamlarni va blogerlarni doimiy xavotirda ushlab turishga intilish maqsadi yotadi.

Organ xodimlari vositasida olib borilayotgan bu davlat strotegiyasi, bizlarning nomusimiz bo‘lgan ayollarimizga tahdid solish bilan amalga oshayotgani, biz erkak musulmonlarning sha’nimiz uchun juda yomon ko‘rinishdir. Shuning uchun biz, imkoniyatlarimizning boridan foydalanib, bu strotegiyaga qarshi fikriy va siyosiy harakat olib bormasak, albatta gunohkor bo‘lamiz.

Ularning “bizni ijtimoiy tarmoqdan qo‘rqitish” strotegiyalariga qarshi undagi faoliyatimizni yanada kuchaytirish bilan javob qaytaraylik. Ular bu tarmoqlardan xavotirlanishyapti, demak shu tarmoqdagi faoliyatimiz haqni ro‘yobga chiqarishda manfaatli uslub ekanligiga bo‘lgan bizning ishonchimizni yanada kuchaytiradi insha Alloh!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.