Liviyadagi turli uchrashuv va maslahatlar oxiri nimaga olib boradi?!

298
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Liviyadagi turli uchrashuv va maslahatlar oxiri nimaga olib boradi?!

Ustoz Ahmad Muhazzib qalamiga mansub

Liviya bo‘hroni turli erlarda «maslahatlar», deya atalgan uchrashuvlar shaklidagi turli harakatlarga guvoh bo‘ldi. Da’vo qilinishicha, nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida dialog uchun zamin yaratuvchi bu «maslahatlar» siyosiy echimga olib borar emish.

Biroq – bu namoyishlar va «maslahatlar», haqiqatdan ham bo‘hron muammosini hal etadimi?!, degan tabiiy savol tug‘iladi. Nima, bu «Amerikaning bekorchi vaqtida o‘ynayotgan o‘yinimi»?! Yoki mahalliy doiralarning bo‘hronni his qilib, unga barham berish uchun tuyg‘udan kelib chiqib qilayotgan harakatimi?! Yoxud bu doiralar bunga barham bera olmaydimi?!

Bunday holatda ayni namoyishlarning barchasi amerikalik rahnamolarning tartibi va tavsiyasi bo‘lib chiqadi, demak bu namoyishlarni etaklayotgan maqsad nimadan iboratligini bilmoq kerak bo‘ladi.

Hozirda barchamizga yaxshi ma’lumki, Liviya sahnining hukmron va xo‘jayini Amerika bo‘lib, qolgan xalqaro tomonlar ta’siri bir yarim yil avvalgidan bir muncha zaiflashib qoldi. Masalan, frantsuzlar yurtdagi nizolashayotgan tomonlar orqali harakat qilolmay qolishgan… Haftar bilan Vifoq hukumati o‘rtasida o‘ynashgan iflos rollari endi yo‘q. Inglizlar qorong‘i yo‘laklarda parda ortidan harakat qilib, dam unisini harakatga keltiryapti, dam bunisini o‘rtaga chiqarishyapti hamda Xavfsizlik Kengashi orqali loyihalar taqdim etishmoqda… Ammo ko‘pincha bu loyihalari «veto», degan narsa orqali muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.

Yuqoridagi savollarga javob topmoq uchun joriy voqea-hodisalarni bayon qilishga to‘g‘ri keladi:

1 – O‘tgan oy oxirida Fayz Sarroj o‘zining o‘t ochishni to‘xtatish, degan tashabbusini boshladi. Kurashning ikkinchi tomonini tamsil etayotgan Aqila Solih ham o‘sha kuni o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi. Bu esa, ish zimdan uyushtirilganiga dalolat qilmoqda.

2 – O‘t ochishni to‘xtatish e’lon etilishi ortidan dialogga chaqiruvlar yangrab qoldi. Masalan, Tobruq parlamenti va davlat oliy kengashi jamoalarini Marokashdagi Buzniqa shahrida dialogga chaqirildi. So‘ng joriy yil 6 sentyabrda Qohirada parlament a’zolari bilan oliy kengash a’zolari va Sarrojning xavfsizlik maslahatchisi ishtirokida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

3 – O‘sha vaqtning o‘zida Jenevada Haftar vakillari bilan sobiq rejim guruhlari va Sarroj hukumatining – nomi zikr qilinmagan –  vakili o‘rtasida va BMT nazorati ostida dialoglar bo‘lib o‘tgani e’lon etildi.

4 – Sarroj zudlik bilan Anqaraga bordi yoki chaqirildi. U erda Erdogan bilan uchrashib, ommaviy axborot vositalarida «Liviyadagi voqealar o‘zgarishini muhokama qilishgan»i xabar qilindi.

5 – Joriy yil 7 sentyabrda Davlat oliy kengashi raisi Xolid Mushriy «Marokashda bo‘layotgan narsa dialog emas balki dialogga hozirlanish maslahatidir», deya bayonot berdi. Bu bilan u ortga tisarilish bo‘layotganini yashirishga urindi.

6 – Yana joriy yilning 7 sentyabrida Liviyaning BMTdagi vakili Xavfsizlik Kengashiga Haftar jangarilari o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini 72 soat ichida to‘rt marta buzganini etkazdi.

7 – U va bu voqealardan oldin Amerika o‘zining BMTdagi vakili Stefani Uilьyams orqali Liviyaning bo‘linishiga rozi emasligini bildirdi. Bu ish ba’zi tomonlar, xususan, Frantsiya tomoni bilan muhokama qilinishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Stefani Sarroj bilan Aqila Solih o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish qarorini olqishladi hamda «Liviyadagi tomonlarning siyosiy muzokaralar orqali bir echimga kelib milliy saylovlarga etib borishi»ni ta’kidladi. Stefani Uilьyams «Liviyada tinchlik jarayoni natija berishi uchun xorijiy tomonlar kurashni ozuqalantirishdan tiyilmoqlari shart!», dedi.

Bu juda ham g‘alati, go‘yo kurashni ozuqalantirayotgan Stefanining davlati emasdek! Go‘yo AQSh Sisiy, Muhammad ibn Salmon va boshqa o‘zining malaylari orqali urushni ta’minlamay, malayi Haftardan ko‘z yumib turgandek!

Biz xorijiy tomonlarning amaliyotlari bilan parallel ravishda mavjud siyosiy harakatlar avj olib, Liviya bo‘hronidan manfaatdorlar o‘rtasida musobaqa ketayotganini unutganimizcha yo‘q hali!

Ko‘rib turibmiz, Qohira, Marokash va Shveytsariya o‘rtasida bo‘lishib olingan bu uchrashuvlar Sarroj bilan Aqila Solihning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi qarorlari chiqishi ortidan boshlandi va namoyishchilarda Haftarning missiyasi tamom bo‘ldi, degan fikr paydo bo‘lmasligi uchun Haftar tomonidan «axborot vositalari»da e’lon qilinmadi.

Biz uchrashuvlar, dialoglar va ular haqida nashr qilingan bayonotlarni o‘rgandik hamda BMTdagi amerikalik vakil Stefanining mazkur tashabbuslarni olqishlaganini kuzatdik… Ushbu o‘rganish va kuzatish natijasida bular quyidagi bir necha maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi, degan fikrga keldik:

1 – Sarrojning prezidentlik muddatini va u bilan birga bo‘lganlarning vazifa muddatini qisqartirish;

2 – Prezidentlik kengashini to‘qqiztadan uchtaga: prezident va ikki a’zoga qisqartirish;

3 – Prezidentni va uning ikki a’zosining vakolatini uch regionga – Burqa (Kirenaika), Tripoli va Janubiy G‘azon regionlariga federal boshqaruv sifatida xoslab qo‘yish. Liviyani bo‘lishga olib boruvchi bu maqsadning amalga oshishi Amerikaning o‘zi uchun manfaatli, deb hisoblab qaror berishiga bog‘liq.

4 – Yangi o‘tish davriga qaror qilish. Bu bilan tomonlar quyidagi bir nechta maqsadni ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘lishadi:

a)    Qo‘zg‘olonchi jangchilar faoliyatiga ularni qirish yoki jilovlash orqali yakun yasash;

b)    Ushbu nopok rejani tamomlash uchun hokimiyatga yangi malaylarni kelishiga imkoniyat yaratish;

v)    Liviyaning asosan neftь kirimlari bilan mustahkamlanuvchi iqtisodiga chang solib, uni hukumat qo‘lidan chiqarish va BMT qo‘liga topshirish, xuddi Iroqda qilingani kabi.

Haqiqatdan ham AQSh elchixonasi shanba kuni «Hurra» radiosiga bergan o‘zining uzun intervьyusida yurtdagi kurashayotgan tomonlar o‘rtasidagi Liviya nefti muassasasining faoliyatini qayta tiklashga qaratilgan «suveren shartnoma» tuzilganini olqishladi. Uning ta’kidlashicha, ajnabiy aralashuvlardan qutulish va o‘g‘irlash halqasini sindirish muhim ahamiyatga ega emish.

Bulardan so‘ng ortiqcha izohlashimizga hojat qolmadi, faqat aziz ustozimiz Muhammad Umarning so‘zlarini keltirishimizning o‘zi kifoya. Ustoz ajnabiylar bilan ittifoq qilib, hokimiyatni o‘z qo‘lida ushlab turgan bog‘iy elita sababli yuzaga kelgan Liviyadagi alamli voqelikka bunday tavsif beradi:

«Darhaqiqat, ular maoshlarni, vazifalarni, ish o‘rinlarini va vakolatlarni bo‘lishib olib, mablag‘ va resurslarni sovurishdi… Keyin esa, asosiy xizmatlar bilan ta’minlashda, hatto urushni idora qilishda ayanchli ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi, qalashib ketgan krizislarni hal qilish qo‘llaridan kelmadi, aksincha, ularning davom etishga hissa qo‘shishdi, hatto Moskva va Berlinning buyruqlari bilan o‘zlarining turk ittifoqchilaridan ham voz kechishdi… Mana, bugunga kelib ular amerikalik xo‘jayinlarini rozi qiladigan bo‘lib qolishdi, uning roziligi yo‘lida o‘zlari va partiyalari o‘tish davrini uzaytirish huquqiga ega chiqishyapti, vaholanki, bu behuda uzaytirish vatanimizga va masalamizga halokatdan o‘zga narsa keltirmaydi.

Ularning ahvoli ushbu kimsalarnikidan farq qilmaydi:

إِنَّ قَارُونَ كَانَ مِنْ قَوْمِ مُوسَى فَبَغَى عَلَيْهِمْ

«Albatta Qorun o‘zi Muso qavmidan edi. Bas u (qavmidagilariga) kibru-havo qildi»  [Qasos 76]

Bechora yurt elkasiga minib olgan bunday soxta manfur jinoyatchilar to‘dasini albatta daf qilmoq kerak va har qanday haqiqiy sa’y-harakatning birinchi galdagi maqsadi ham mana shu. Bu ajnabiylardan qo‘lni yuvib, qo‘ltiqqa urish, irodani ulardan ozod etish va suverenitetni tiklashdan boshlanib, erkin iroda asosida o‘zlik binosini barpo etishgacha etib boruvchi harakatdir».

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.