AQShda qora tanlilarga qarshi irqchilik davom etmoqda

386
0

AQShda qora tanlilarga qarshi irqchilik davom etmoqda

Amerikada davlat tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilgan irqchi qotillik davom etmoqda. Kuni kecha ikki politsiyachi yana bir qora tanli yigitni 14 marta o‘q uzib o‘ldirdi. Buning ortidan boshlangan norozilik namoyishlari tufayli AQShning Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida ko‘plab do‘kon va korxonalar talon-taroj qilindi. Natijada Pensilvaniya gubernatori Tom Volf voqealarni nazorat qilish uchun milliy gvardiyani chaqirishga majbur bo‘ldi va shaharda komendantlik soati e’lon qilindi.

27 yoshli Valter Uollesni vahshiylarcha otib o‘ldirgan politsiyachilar uning qo‘lida pichoq borligini da’vo qilishmoqda. Uollesning otasi o‘g‘lining egiz farzandi borligini ta’kidlar ekan, “Nega politsiyachilar elektroshoker qurol ishlatmadilar?” deya o‘z noroziligini bildirdi.

Izoh: Amerikada qora tanli insonlarga qaratilgan hujumlar oddiy bezorilik holati yoki buzg‘unchi hukmdorlarning noto‘g‘ri siyosatining natijasigina emas, balki G‘arb hazoratining yaroqsizligi natijasidir. Chunki qora tanli insonlarni qul sifatida ko‘rish ularning zehnida mustahkam o‘rnashgan tushunchadir. Ayni tushunchaga ko‘ra, Amerikada qora tanlilarni irqiy kamsitish odatiy hol sanaladi hamda ular oq tanlilar nazarida hayvonlarga yaqinroq deb ko‘riladi. Bu esa G‘arb hazoratining asl basharasini fosh qilgan omillardan biridir.

Inson tabiatiga mos kelmaydigan bu mafkura qulashga mahkum va buning asoratlari ko‘rinib qoldi. Irqchilik muammosining ildizi mafkuraga borib taqalishini amerikaliklarning o‘zlari ham tan olishmoqda.

G‘arb hazoratida irqchilik nazariyasining mavjudligi sababli Amerikada oq tanlilar bashang hayot kechirayotgan bir paytda qora tanlilarning uchunchi dunyo davlatlari fuqarolaridan ham past hayot kechirishi hech kimni ajablantirmaydi. Dunyoga erkinlik, adolat va teng huquqlilikni yoyishni da’vo qilayotgan Amerikadagi qora tanlilar yashaydigan ba’zi kvartallar Afrikani esga soladi. Ular faqatgina terisining rangi qora bo‘lganligi uchungina jirkanchli hujumlarga va tajovuzlarga duch kelishadi. Bu razolatga G‘arbning jirkanch hazoratini isloh qilish bilan emas, balki uni butunlay yo‘q qilib, uning o‘rniga insoniyat fitratiga mos keladigan hazoratni olib kelish bilangina chek qo‘yiladi. Bu hazoratga esa musulmonlardan boshqasi ega emas.

Islomda inson qadri uning terisining rangiga qarab emas, taqvosiga qarab o‘lchanadi. Rosululloh  bilan Ka’baning ichida namoz o‘qish baxtiga faqat Bilol  musharraf bo‘ldi. Islom tarixida bundan boshqa son-saroqsiz misollar mavjud. Islom hazoratida oq tanli, qora tanli, sariq tanli, va qizil tanli deya insonlar o‘rtasi ajratilmaydi. Islom davlatining fuqarosi bo‘lgan shaxs tanasining rangi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, garchi musulmon bo‘lmasa ham, haq-huquqlardan to‘liq foydalanadi.

Ha, Islom hazorati nafaqat musulmonlarni, balki butun bashariyatni farovon hayot bilan ta’minlaydigan yagona hazoratdir.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.