Qirg‘iziston bu yilgi tashqi qarzni to‘lash muddatini uzaytirishni so‘ramoqda

334
0

Qirg‘iziston bu yilgi tashqi qarzni to‘lash muddatini uzaytirishni so‘ramoqda

 Qirg‘iziston joriy yil oxiriga qadar to‘lashi kerak bo‘lgan 4 milliard somdan ortiq qarzni to‘lash muddatini uzaytirishni so‘ramoqda. Bu haqda Moliya vaziriligi ma’lum qilib, donorlar bilan muzokaralar olib borilayotganini bildirdi.

 Moliya vaziri Kiyalbek Mukashov hukumat yig‘ilishida, Qirg‘iziston hukumati qarzni imtiyozli davrdan keyin to‘lashni boshlashni taklif qilayotganini aytdi.

 “Ayni paytda biz Parij klubi va donorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muzokaralar olib bormoqdamiz. Hozirda qariyb 4,1 milliard somni muddatini uzaytirish (keyingi yillarga qoldirish) bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqilmoqda. Bu yil, keyingi yil bizda imtiyozli davr bo‘ladi. Keyingi uch yil davomida joriy yildan jildirilgan qarzimizni to‘lab beramiz”, – dedi Mukashov.

Moliya vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Qirg‘izistonning davlat qarzi, tashqi va ichki qarzni hisobga olganda 378 milliard somni (4,8 milliard dollar) tashkil etadi. Buning 86,6 foizi tashqi qarz bo‘lib, 328 milliard somdan (4,1 millard dollar) iborat.

 Qirg‘izistonning davlat qarzlarini to‘lash hajmi 2023-yildan boshlab ko‘paya boshlaydi. 2027-yilga kelib Qirg‘iziston tashqi qarzni to‘lash uchun yiliga 400 million dollar ajratishi kerak bo‘ladi.

 Ma’lumki, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan navbatdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng birinchilardan bo‘lib rus hukumati mamlakatda siyosiy vaziyat izga tushgunga qadar moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘xtatib turilishini ma’lum qildi. Uning ortidan Evropa Ittifoqi ham raqamlashtirish uchun ajratilishi mo‘ljallangan 6 million evroni 2021-yilga qoldirilganini xabar qildi…

 Buning ortidan qirg‘iz hukumati turli xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, qo‘shni davlatlarga moliviy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qila boshladi. Sababi, shundoq ham nochor bo‘lgan davlat byudjeti navbatdagi davlat to‘ntarishidan keyin yanada abgor ahvolga keldi. Bundan tashqari, hukumat oldida navbatdan tashqari prezident saylovini o‘tkazish, navbatdagi parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish vazifasi ham turipti. Bular ham davlat byudjetiga qo‘shimcha og‘irlik olib keladi. Qolaversa, keyingi yildan boshlab Qirg‘iziston Xitoydan olgan qarzlarni to‘lashni boshlashi kerak. Ma’lumki, Qirg‘izistonnnig eng ko‘p qarzi Xitoydan bo‘lib, 1 milliard 700 millionni tashkil etadi. O‘z vaqtida eks-prezident Jeenbekov, uning ortidan o‘sha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri Xitoydan qarzlarni to‘lashda engillik berishini iltimos qilishgan edi. Ammo Xitoy hukumati ularning iltimosiga hech qanday munosabat bildirmadi.

 Shularni hisobga oladigan bo‘lsak, keyingi yillarda qirg‘iz hukumatini jiddiy sinovlar kutib turgani ayon bo‘ladi. Tabiiyki, hukumat bir davlat yoki xalqaro moliyaviy tashkilotdan olgan qarzini yopish uchun boshqa biridan qarz olishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa davlat ham, xalq ham qarz botqog‘iga botib boraveradi va oxir-oqibat er va tabbiy boyliklarini ularga qo‘shqo‘llab topshiradi. Bugungi kunda insoniyat boshiga balo bo‘lgan kapitalistik tuzumning tabiati o‘zi shundan iborat. Yirik davlatlar mayda va qashshoq davlatlarni “eb tugatish” asosiga qurilgan.

 Aburahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.