Da’vo qilinayotgan tinchlik shartnomasi va mustamlakachilarning yolg‘on va’dalari Sudan ahliga qarshi navbatdagi jinoyatlardir!

265
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Da’vo qilinayotgan tinchlik shartnomasi va mustamlakachilarning yolg‘on va’dalari Sudan ahliga qarshi navbatdagi jinoyatlardir!

Ustoz Muhammadjome Abu Ayman

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notig‘i yordamchisi

O‘tish davri hukumati 2020 yil 3 oktyabr shanba kuni Janubiy Sudan davlati poytaxti Jubada o‘zi bilan qurolli harakatlar o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanganini nishonladi. «Hukumat rahbarlari inqilobiy front bilan imzolangan tinchlik shartnomasini to‘liq bajarishga va’da berdi». Sudan Tribyun veb-sayti, 2020 yil 3 oktyabrda.

Doim yomonlikdan darak beruvchi bu manzara yana takrorlandi. Qurolli harakatlarning hukumat etakchilari hamda davlatning shartnomaga homiylik qilgan rahbarlari bilan shartnoma imzolash kuni yana qaytalandi. Biz buni Machakos, Nevasha, Abuja, Davha va boshqa davlatlarda guvohi bo‘lganmiz. Ko‘p o‘tmay bu manzara Sudan ahlining qoni daryo bo‘lib oqqan, tanalari sochilgan va balolarga giriftor bo‘lgan manzaraga aylangan. Bu kabi shartnomalarning barchasi mustamlakachi davlatlar buyruqlari bilan, o‘shalarning manfaatini himoya qilish va rejalarini amalga oshirish uchun imzolanadi. Keyin malay kimsalar hokimiyat va boyliklarni «birgalikda ishlatish» ustida bir-birlari bilan ziddiyatga borishadi.

Navbatdagi tinchlik shartnomasining bandlari ulkan xiyonat jinoyati darajasiga ko‘tarilgan. Chunki bu bandlarda Sudan ahlining tinchlik va xavfsizligiga tahdid bor, yurtlari bo‘linib, boyliklari talanishi va Robbilari shariatining chetga uloqtirilishi xavfi mavjud.

Darhaqiqat, Huluv bilan Hamduk 2020 yil 3 sentyabrda dinni siyosat va boshqaruvdan ajratish shartnomasini imzolashdi. Ushbu Addis-Abebada imzolangan va Butunjahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli ishtirok etgan printsiplar deklaratsiyasining shartnomasi matnida «Sudanda demokratik davlatni barpo etish lozim… Sudan demokratik o‘lkaga aylanmog‘i uchun uning konstitutsiyasi dinni davlatdan ajratish printsipiga asoslanishi shart», degan so‘zlar aytildi. Dastlabki imzo kuni 2020 yil 31 avgustda Sudan Inqilobiy fronti raisi Hodiy Yahyo Idris bunday dedi: «Ushbu tinchlik to‘g‘risidagi bitim a’lo baholanadi. Unda inqirozlarning ildiziga qarshi kurashish hamda hokimiyat bilan boyliklarni birgalikda ishlatish uchun samarali echimlar va adolatli mezonlar taklif etilgan». Sudan bosh vaziri Abdulloh Hamduk bunday dedi: «Bu shartnoma hokimiyat bilan boyliklarni birgalikda ishlatish to‘g‘risidagi shartnoma emas, aksincha, bu Sudan xalqining qayta tiklanishidagi yangi sahifalardir». (Sudan Tribyun veb-sayti).

Bu shartnoma hokimiyatda o‘rinlarni egallash, degan mafkurani ham o‘z ichiga olganligi aniq. Bu bilan harakatlardan uch a’zo suveren kengashdan, to‘rt vazir vazirlar mahkamasidan o‘rin egallaydi va ularga parlamentdan 75 % o‘rin beriladi. Shartnomada yana demokratiya va federalizm, fuqarolik huquqlarning asosi, xalqaro shartnomalarga muvofiq inson huquqlari ham alohida qayd etildi.

Shuningdek, ushbu tinchlik shartnomasining «Sharq masalasi» haqidagi bandida demokratiya, federalizm va inson huquqlarining asosi xalqaro shartnomalardir, deyilgan. Shu bilan birga, sharqiy viloyatlarda Baja kongressi bilan Birlashgan Xalq frontiga davlat mansablaridan 30 %ni berish ham ta’kidlangan. Bu esa, fitna va balo o‘chog‘i bo‘lgan tarafkashlikni keltirib chiqaradi.

Mana, ayni shartnomaning oqibatlari ko‘rina boshladi ham. Sharqiy Sudandagi siyosiy tarafkash tashkilot hisoblangan Baja qabilasi tashkiloti o‘z taqdirini o‘zi belgilash qarori qabul qilganini ertayu kech ta’kidlab yotibdi. Bu chaqiriqni shartnoma imzolashidan ikki kun oldin boshlagan. Sankot rayonidagi mustaqil nozirlar va oqsoqollar Oliy kengashining Tinchlik, rivojlanish va adolat tashkiloti ham 2020 yil 29 sentyabr seshanba kuni qaror qabul qildi. Mazkur tinchlik shartnomasi bandlari asosida chiqarilgan ushbu qarorda «BMT Ustavidagi xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga amal qilgan holda, biz Baja xalqi ushbu o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan foydalanishga bir ovozdan qaror qildik», deyiladi. (Sudan Tribyun veb-sayti, 2020 yil 1 oktyabr). Ikki mintaqa (Nuba tog‘lari bilan Moviy Nil) masalasida Molik Aqqor bilan Yosir Armon o‘rtasida muxtoriyat boshqaruvi bo‘lishi va ikki mintaqaga bitta konstitutsiya tuzish ustida kelishuv imzolandi. Shubhasiz, bu ushbu qismlarning bo‘linishiga tayyorlov hamda xuddi xoinona Nevasha shartnomasi kabi navbatdagi ulkan xiyonat hisoblanadi. Kishida – nima uchun bu hukmdorlar bunday jinoyatlar va ulkan xiyonatlarni sodir etishyapti, degan savol tug‘iladi? Buning javobi mustamlakachi davlatlar va ularning tashkilotlari berayotgan va’dalarga nisbatan oladigan bo‘lsak, ularning bayonotlaridan ochiq ko‘rinib turibdi. Masalan, Sudan Tribyun veb-saytining 2020 yil 3 oktyabrdagi xabariga ko‘ra, Sudan Suveren kengashi raisi Abdulfattoh Burhon shartnoma imzolash tantanasi chog‘ida «bu shartnoma Sudanning terrorizm ro‘yxatidan chiqarilishi uchun barcha davlatlarga Sudanning yonida turishlariga turtki bo‘ladi», dedi. «Sudan Fronti raisi Hodiy Idris Yahyo xalqaro hamjamiyatdan donor davlatlari konferentsiyasini uyushtirish va tinchlik tamoyillari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish orqali ushbu tinchlik shartnomasini qo‘llab-quvvatlashni hamda urushda vayron bo‘lgan erlarni tiklashni talab qildi». So‘ng «o‘tgan tinchlik shartnomalarining muvaffaqiyatsizligiga qo‘llab-quvvatlovning bo‘lmaganligi asosiy sabab bo‘lgani»ni qo‘shimcha qildi.

Janubiy Sudan davlati prezidenti Salьvatore Kiir arab va Evropa davlatlaridan tinchlik shartnomasining bajarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sadoqat bilan bajarishni talab qildi. Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelь Evropa Ittifoqining siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishiga va’da berdi. Uchlik davlatlari (AQSh, Norvegiya va Britaniya) ham «uchlikning tinchlik o‘rnatishda barcha sudanliklarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga intilayotgani»ni ta’kidladi. YuNAMID (Afrika Ittifoqi va BMT Qo‘shma insonparvarlik missiyasi) raisi J. Mamabolo «Missiyamiz BMT bosh kotibining Sudandagi harakatni qo‘llab-quvvatlash istagiga sodiqdir», dedi. (Sudan Tribyun).

Yana Sudan Tribyun veb-saytining 2020 yil 3 oktyabrdagi xabarida bunday deyiladi: «Tinchlik shartnomasini amalga oshirish uchun juda katta mablag‘ kerak. Sudan esa, boshdan kechirayotgan iqtisodiy krizis sharoitida bunga qodir emas. Shuning uchun Sudan o‘z hamkorlarining donorlar konferentsiyasi o‘tkazishlarini kutmoqda. Shuningdek, kelasi yilda harakatga keladigan BMT siyosiy missiyasi tomonidan tinchlik shartnomasi qo‘llab-quvvatlanishini ham umid qilmoqda!».

Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلاَّ غُرُوراً

«(Shayton) ularga va’dalar berur, xomxayollarga mubtalo qilur. Oxir-oqibatda shayton bergan va’dalar faqat yolg‘on-sarob bo‘lib chiqar»  [Niso 120]

Shu va boshqa shartnomalarning asl mohiyati mana shu. Chunki ularning ortida mustamlakachi davlatlar va ularning muassasalari bo‘lib, ular hukmdorlar va yollanma siyosatchilarni qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatishyapti. Shuningdek, Islomning siyosat va boshqaruvga kelishiga qarshi kurashish, yurtlarimizni bo‘lib tashlash va boyliklarimizni tashib ketishga qaratilgan o‘z rejalarini o‘shalar qo‘li bilan amalga oshirishyapti. Xo‘sh, shundan ham yomonroq jinoyat bo‘lishi mumkinmi?!

Bularning barchasi hargiz rozi bo‘linmaydigan narsalardir, chunki ular shar’iy hukmga zid. Masalan, ilmoniylik va yurtni bo‘lishga Sudanning barcha aholisi rozi bo‘lgan taqdirda ham bu botil hisoblanadi. Chunki Nabiy ﷺ bunday deganlar:

«مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ»

«Kimda-kim bizning ushbu ishimizda yangilik chiqarsa, hargiz unga rozi bo‘linmaydi».

Agar musulmonlarning roshid Xalifalik davlatlari mavjud bo‘lganida edi, bu jinoyatlarning birortasi ham sodir bo‘lmas edi. Chunki Islom shariatiga ko‘ra, Xalifalik davlati mansablarining egallanishi shaxsning loyiqligi asosida bo‘ladi. Shaxsning mansabga loyiqligi ushbu mansabga oid ahkomlarga muvofiq belgilanadi. Chunki Islomda o‘rinlar, degan narsa ham, bir viloyatning boshqa viloyatdan yoki bir qabilaning boshqa bir qabiladan afzalligi ham bo‘lmaydi. Aynan shunday bo‘lganligi Xalifalik davlatida barqarorlik va xotirjamlikni ta’minlab turadi. Zotan, bu ham rabboniy farz, ham dunyoviy zaruratdir. Sudan ahli uchun bundan o‘zga na chiqar yo‘li bor va na najot.

Roya gazetasining 2020 yil 14 oktyabr chorshanba kungi 308-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.