Tashiev rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi

306
0

Tashiev rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi

 Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) qo‘mita raisi Kamchibek Tashiev rasmiy tashri bilan Rossiyaga borganini xabar qildi.

 Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, Tashiev Rossiya maxsus xizmatlari rahbarlari bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazgan, bundan tashqari, Rossiyada ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashgan.

 29-oktyabrda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev Moskvada qirg‘izistonlik mehnat muhojirlari bilan uchrashganini uchrashuvda ishtirok etgan diaspora vakillari ma’lum qilishgan. Uchrashuvga qirg‘iz diasporalarining 300ga yaqin vakillari – Rossiyadagi qirg‘iz diasporasining turli tuman va viloyat birlashmalari, jamoat tashkilot rahbarlari va faollar oldindan tuzilgan ro‘yxat bo‘yicha chaqirilgan. 

 Uchrashuvni foto-videoga olish va jonli efirga uzatishga ruxsat berilmagan. MXDQ ham safar haqida 30-aprel, ommaviy axborot vositalari diaspora vakillariga asoslangan holda Tashiev bilan uchrashganlari haqida xabar berganidan so‘ng rasmiy bayonot berdi.

 Uchrashuvda Qamchibek Tashievga Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchisi vazifasini bajaruvchi Erkin Aydit, IIVning Moskvadagi vakolatxonasi, migratsiya xizmati rahbarlari va elchixonaning boshqa xodimlari hamrohlik qilgan.

 Izoh: Qirg‘izistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari ayni kuchaygan 7-oktyabr kuni Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Omurbek Suvanaliev Rossiya Federal xavfsizlik kengashi direktori, rus armiyasi generali Aleksandr Bortnikov bilan telefon orqali suhbatlashdi, 13-oktyabr kuni Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak Vladimir Putin topshirig‘i bilan Bishkekka kelib, Jeenbekov va Japarov bilan uchrashdi. Uchrashuvda “vujudga kelgan vaziyatdan tinch yo‘l bilan mojaroga bormay chiqish masalalari muhokama qilindi”. 15-oktyabrda Cooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Shu kuni Qamchibek Tashiev MXDQ raisi etib tayinlandi va 28-oktyabrda parlamentda qasamyod qildi. 29-oktyabrda esa rasmiy tashrif bilan Moskvaga borib, rus maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi…

 Bularning barchasi Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan va bo‘ladigan xodisalarning barchasi Rossiya xohishi va istagi bilan amalga oshishini, Rossiya siyosiy etakchilardan tortib qirg‘iz kuch organlarini ham o‘z naxorati ostida ushlab turganiga dalolat qiladi. Rossiya Qirg‘izistondan AQSh ta’sirin chiqarib yuborish uchun ozmuncha kuch sarflamadi va yana qayta uning nufuzini kirib kelishini jim kuzatib tura olmaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.