Qirg‘izistondagi voqealar

522
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Qirg‘izistondagi voqealar

Savol:

(… Juma kuni Qirg‘iziston parlamenti prezident Sooronbay Jeenbekovning iste’fosini ma’qulladi hamda bir hafta oldin poytaxt Bishkekda e’lon qilingan favqulodda holatni bekor qildi… Yangi Shafaq Arabiy, 2020 yil 16 oktyabr). Darhaqiqat, Qirg‘iziston poytaxti shiddatli norozilik namoyishlariga guvoh bo‘ldi, namoyishchilar hukumat binosini egallab, Rossiyaga sodiq bo‘lgan prezident Sooronbay Jeenbekovning hokimiyatdan ketishini talab qilishdi va ular bunga erishishdi ham… Savol shuki, Qirg‘izistonda aslida nimalar bo‘lyapti? Rossiyaning ushbu islomiy yurtdagi nufuzi tugash bosqichiga keldimi? Bu kurashda Amerikaning roli bormi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob: Javob aniq bo‘lishi va Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan voqealar haqiqatini ochib berishi uchun quyidagilarni bayon qilib o‘tamiz:

Birinchi: Qirg‘izistondagi umumiy vaziyat:

1 –       Qirg‘iziston O‘rta Osiyodagi islomiy yurtlardan biri bo‘lib, uning bugungi chegaralari Sharqiy Turkiston tarafdan Xitoyga, shuningdek, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston kabi O‘rta Osiyodagi boshqa islomiy yurtlarga tutashgan… U 1876 yildan boshlab bosqinchi chor Rossiyasiga bo‘ysunib kelgan. U erda rus bosqinchilariga qarshi bir necha bor qo‘zg‘olonlar yuz bergan bo‘lsa-da, Rossiya bu qo‘zg‘olonlarni barbod qilishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ng Qirg‘iziston Sovet Ittifoqi ichidagi jumhuriyatga aylandi. Ya’ni Qirg‘iziston 1876 yildan boshlab 1991 yilga qadar bevosita Moskva tomonidan boshqarildi. Sovet Ittifoqi parchalangach, Qirg‘iziston mustaqillikni e’lon qildi. Biroq siyosiy sinfdagi rossiyaparastlik uning qon-qoniga singib ketgan edi. Shuning uchun mustaqillikdan keyin ham Rossiyaning nufuzi kuchli bo‘lib qolaverdi…

2 –       Qirg‘iziston mustaqillikka erishgandan beri, u erda kommunistik partiya rahbarlari hukm yuritib keldi. Ular bu yo‘lda o‘zlarining niqoblarini o‘zgartirib, turli nomlar ostidagi partiyalarni tuzishdi. Ular shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moskvaning buyruqlariga bo‘ysunishar edi. Biroq, to‘qsoninchi yillarda Rossiya zaiflashib, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolishi Amerika uchun bu siyosatchilarning ayrimlarini o‘ziga rom etishga imkon berdi. Kichik Jorj Bush davrida neokonservatorlar jadallashdi va Amerika Islomga qarshi urush e’lon qilib, Afg‘oniston va Iroqqa qarshi urush boshladi. O‘sha paytda Amerika O‘rta Osiyoga kirib borishga erishdi va u erdagi hukmdorlar hamda siyosiy kuchlar bilan aloqa o‘rnata boshladi. Natijada, Afg‘onistonga qarshi urushda Amerika armiyasiga yordam ko‘rsatish uchun poytaxt Bishkek yaqinida Manas harbiy bazasini barpo qildi.

3 –       Amerika 2003 va 2009 yillar o‘rtasida Iroq botqog‘iga botgan bir paytda, Moskvada hokimiyat tizginini Vladimir Putin egallaganidan keyin Rossiya hokimiyati qayta jonlana boshladi. Amerika 2014 yili Bishkek yaqinidagi «Manas» harbiy bazasi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu paytda Rossiya 2003 yili Qirg‘izistonda barpo qilgan harbiy bazasini kuchaytirdi. 2015 yilga kelib Qirg‘iziston Qo‘shma Shtatlar bilan imzolagan kelishuvini bekor qildi. (Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariev o‘z hukumatiga 1993 yili Qo‘shma Shtatlar bilan imzolangan ikki tomonlama kelishuvni bekor qilish to‘g‘risida buyruq berdi. Hukumat o‘z bayonotida kelgusi avgust oyining 20-kunidan e’tiboran kelishuvga amal qilinmasligini bildirdi. Al-Jazira net, 2015 yil 22 iyul). Bu bilan Rossiya Amerika nufuzini Qirg‘izistondan butunlay chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 1992 yili tuzgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga – bu tashkilot tuzilganidan boshlab – Qirg‘izistonni a’zo qilib kelmoqda. Hatto Bishkekka Amerika nufuzi sizib kirgan davrlarda ham Qirg‘iziston bu tashkilotga a’zoligini davom ettirgan. Rossiya Qirg‘izistonni Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga – bu ittifoq taqriban 2014 yilda ta’sis etilgandan beri – qo‘shib keladi.

4 –       Mahalliy jihatdan olib qaraganda, Sovet Ittifoqi parchalanishi natijasida mustaqillikka erishgan aksar davlatlar qatori Qirg‘iziston ham korruptsiyalashgani bilan ajralib turardi. Hokimiyat ustida turganlar Ummat boyliklaridan foydalanib huzur-halovatda yashagani hamda ularda xalqqa g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tushunchasi yo‘qligi sababli hokimiyat ustidagi raqobat keskin kurashga aylanib ketgan. Korruptsiya chuqur ildiz otgani sababli, Qirg‘iziston xalqi prezident Akaevga qarshi bosh ko‘tardi. Ma’lumki, Akaev mamlakatni 2005 yili Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan buyon boshqarib kelar edi. Qo‘zg‘olon sababli Akaev Rossiyaga qochib ketdi. 2010 yili xalq prezident Bakievga qarshi bosh ko‘tardi. G‘azabnok xalqning bu qo‘zg‘olonida o‘nlab odam qurbon bo‘ldi. Qo‘zg‘olon prezident Bakievning avval yurt janubiga, undan Qozog‘istonga qochishi va O‘tunbaevaning muvaqqat prezident bo‘lib tayinlanishi bilan yakun topdi…

5 –       Rossiya sovet davrida o‘sib ulg‘aygan hukmdorlardan qurol sifatida foydalanib, O‘rta Osiyoda Islom va musulmonlarga qarshi vaziyatni kuchaytirayotgan bo‘lsa-da, mustaqillik arafasida va undan keyin Qirg‘izistonda Islom fikrlari qayta tarqala boshladi. U erda Hizb ut-Tahrir kuchli faoliyat olib borib, odamlarni Islom boshqaruviga va Islomiy Xalifalikni barpo etishga chaqirdi. Ayniqsa, uning faoliyati Farg‘ona vodiysining bir qismi hisoblangan janubiy mintaqalarda sezilarli darajada o‘sdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Qirg‘izistonda birin-ketin kelayotgan rejimlar Islom dushmani bo‘lgan Rossiyaning ko‘rsatmasi asosida O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi boshqa yurtlardagi tog‘utlar singari Hizb faoliyatiga qattiq qarshilik qilishmoqda. Shunday bo‘lsa-da, Qirg‘izistondagi Islom – Rossiya va unga ergashganlar tomonidan qilingan qattiq hujumga qaramay – ko‘plab mintaqalarda sezilarli darajada ta’sirga ega bo‘lib kelmoqda.

Ikkinchi: Poytaxt Bishkekdagi so‘nggi tartibsizliklar:

1 –       Yurtni 2017 yildan beri boshqarib kelayotgan Sooronbay Jeenbekov so‘nggi parlament saylovlarida o‘ziga sodiq partiyalarning ko‘p ovoz olishlarini rejalashtirdi. Chunki konstitutsiyada prezidentning faqat bir marta olti yillik prezidentlik vakolatiga ega bo‘lishi ko‘rsatilganligi uchun bu partiyalarning saylovda g‘alaba qilishi konstitutsiyani o‘zgartirishga hamda Jeenbekovning prezidentlik muddati tugaganidan keyin yana qayta o‘z nomzodini qo‘yishiga imkon berar edi. Shuning uchun 2020 yil 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda prezidentga sodiq partiyalarning juda ko‘p ovoz olgani e’lon qilindi. Saylovda qatnashgan 16 partiya ichidan faqat to‘rt partiyagina 7 foizlik bar’erdan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni Jeenbekovning rejasiga muvofiq yangi parlament (120 deputat) unga sodiq partiyalardan tuzilishi kutilayotgan edi. (Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi saylovda qatnashgan 16ta partiya ichidan to‘rt partiyaning 120 o‘rindan iborat yangi parlamentga kirishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi. Shu sababli parlamentda vakili bo‘lmagan 12ta partiyaning tarafdorlari saylov natijalariga e’tiroz bildirib namoyishga chiqdi. Daily Sabah Turkey, 2020 yil 6 oktyabr). Boshqa partiyalarning siyosiy huquqlarini oyoq-osti qilgan bu reja muvaffaqiyatsizlikka uchradi. (Saylovda yutqazgan 12 partiya saylov natijalarini tan olmasliklarini bildirib, qo‘shma bayonot chiqardi. TRT Arabi, 2020 yil 6 oktyabr).

2 –       Shunday qilib, saylov natijalarini rad etgan partiyalar tarafdorlari erta tongdan «Alato» maydoniga oqib keldi. So‘ng hukumat qarorgohlariga hujum qilib, egallab ola boshlashdi. Ular parlament binosini va prezident devonini egallashdi. Olomonning bir qismi qamoqxonalarga bostirib kirib, muayyan mahbuslarni ozod qildi. Poytaxt Bishkekdagi davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosiga ham hujum qilinib, korruptsiya aybi bilan 11 yillik jazo muddatini o‘tash uchun u erdagi kameraga tashlangan sobiq prezident Atambaev ham ozod qilindi. So‘ng Sadir Japarov ham ozod qilindi. U 2013 yili garovga olish ayblovi bilan qamoqqa olingan edi. Sud bu ish bo‘yicha uni oqlab tezda hukm chiqardi. Poytaxtdagi mitinglarga parallel ravishda viloyatlar markazlarida ham hukumatni qoralagan va prezident iste’fosini talab qilgan xalq yurishlari boshlandi. Jeenbekov tug‘ilib o‘sgan janubiy mintaqalarda uni qo‘llab-quvvatlagan yurishlar ham bo‘lib o‘tdi. Lekin bu yurishlar uning iste’fosini talab qilgan yurishlar darajasida kuchli bo‘lmadi.

3 –       Noroziliklar to‘lqini davlatni qo‘rqitadigan darajada kuchli bo‘ldi. Buning natijasida bosh vazir va parlament spikeri, shuningdek, ba’zi viloyatlar rahbarlari iste’fo berdi. Prezident Jeenbekov va u bilan birga kuch organlari ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Prezident yashiringan joyidan turib internet orqali bayonot berib, kuch organlaridan namoyishchilarga qarshilik ko‘rsatmaslikni talab qilganini bildirdi, muxolafatni davlat to‘ntarishida va hokimiyatni egallab olishda aybladi. U o‘ziga qarshi namoyishlar shiddatliligini ko‘rib, murosaga tayyorligini bildirdi va saylov komissiyasidan qonunbuzarliklar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni, kerak bo‘lsa saylov natijalarini bekor qilishni talab qildi. Jeenbekov siyosiy tomonlarni sabrli bo‘lishga chaqirib, yoshlarga bunday murojaat yo‘lladi: «Sizlar Qirg‘izistonning qadri hokimiyat qadridan ustun ekanini so‘zda emas, balki amalda ko‘rsatdinglar. Maqsadimiz yurtda tinchlik va tartibni kafolatlashdir. Men ishonamanki, biz bu inqirozdan birgalikda sa’y-harakat qilish bilan chiqamiz». Yana bunday qo‘shimcha qildi: «Men yurtdagi vazifalarini bajarishni to‘xtatmagan yoshlarga minnatdorchilik bildiraman». AR Haberler.com, 2020 yil 7 oktyabr.

4 –       Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalari bekor qilinganini e’lon qildi. Muxolafatchi partiyalar muxolafat kuchlarining koordinatsion kengashini tuzdi. Poytaxt Bishkekdagi mehmonxonada bo‘lib o‘tgan parlamentning favqulodda sessiyasida Sadir Japarov yangi bosh vazir etib tayinlandi. Muxolafat tomonidan qamoqdan ozod qilingan kishi mana shu Sadir Japarov edi. (Favqulodda sessiyada ovoz berilganidan keyin Sadir Japarov iste’fo berish to‘g‘risida ariza bergan Qubatbek Bo‘ronov o‘rniga hukumatning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Qo‘shimcha qilinishicha, yangi parlament saylanguniga qadar hozirgi parlament ishini davom ettiradi. RT, 2020 yil 7 oktyabr)… (Prezident apparati bergan bayonotga ko‘ra, bugun chorshanba kuni 120 deputatdan 80dan ortig‘i parlamentning navbatdan tashqari sessiyasida qatnashib, Sadir Japarovning bosh vazir etib tayinlanishini va u taklif etgan hukumat a’zolarining ham tayinlanishini ma’qullab ovoz berdi. So‘ng Jeenbekov Japarovning hukumati bilan birga bosh vazir etib tayinlanganini tasdiqlovchi farmonga qo‘l qo‘ydi. Al-Mayadin, 2020 yil 14 oktyabr).

5 –       Juma kuni ertalab, Qirg‘iziston parlamenti prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fosini ma’qulladi va bir hafta oldin e’lon qilingan favqulodda holatni bekor qildi. Prezident iste’fosi va favqulodda holat bekor qilinishi bir ovozdan bekor qilingan ushbu sessiyada Jeenbekov, Sadir Japarov va parlament spikeri Kanat Isaev qatnashdi. Ovoz berilishidan oldin Jeenbekov parlament deputatlari oldida so‘nggi nutqini so‘zladi. U o‘z nutqida, lavozimidan voz kechishi yurtda tinchlikni kafolatlash va jamiyatning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bo‘lganini aytib o‘tdi… Yangi Shafaq Arabiy, 2020 yil 16 oktyabr)… Shunday qilib (Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fo berganidan va yurt prezidentining salohiyatlari unga o‘tganidan keyin o‘z hokimiyatini mustahkamlab oldi. U mamlakat tashqi siyosatini saqlab qolishga va’da berdi. Japarov juma kuni parlament oldida bunday dedi: «Hokimiyatni o‘zgartirish tinch bo‘lgani uchun Allohga hamd aytaman… Men tashqi siyosatni va boshqa muhim yo‘nalishlarni saqlab qolish uchun bor kuchimni sarflayman»… Sputnik, 2020 yil 16 oktyabr).

Uchinchi: Rossiyaning Qirg‘izistondagi nufuzi:

1 –       Rossiyaning Qirg‘izistondagi nufuzi juda kuchli bo‘lib, juda ko‘p tarmoqlarga kirib borgan. Qirg‘izistonda Amerikaning harbiy bazasi mavjud bo‘lib turgan bir paytda, Rossiya u erda o‘z bazasini barpo qilgan. Shuning uchun, hatto Amerika Qirg‘izistonga o‘zining ozgina nufuzini kirita olgan davrda ham Rossiyaning u erdagi ta’siri yo‘qolmagan. Rossiya u erda 2003 yili o‘z bazasini barpo qildi. (Rossiyaning Qirg‘izistondagi Kant aviabazasi 2003 yil oktyabr oyida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga qarashli Tezkor Kollektiv Kuchlarning avia tarmog‘i sifatida ochildi. Uning asosiy vazifasi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining quruqlikdagi oparatsiyalarini havo orqali mudofaa qilishdan iborat. Bazada SU-25SM rusumidagi samolyotlar va MI-MTV rusumidagi vertolyotlar joylashgan. RT, 2019 yil 28 mart). O‘sha payshanba kunning o‘zida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qirg‘iziston poytaxtiga qilgan safari chog‘ida Moskva bilan Bishkek o‘rtasida protokol imzolangan edi. Protokolda Rossiyaning Qirg‘izistondagi harbiy bazasi masalasida ikki yurt o‘rtasida erishilgan sobiq kelishuvga o‘zgartirish kiritilgan. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov bunday degan edi: («Bir qator kelishuvlar, shu jumladan, Qirg‘izistonda joylashgan Rossiya harbiy bazasining holati va shart-sharoitlari to‘g‘risida 2012 yili imzolangan kelishuvga o‘zgartirish kiritilgan hujjat imzolandi». O‘z navbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin: «Rossiyaning Qirg‘izistondagi harbiy bazasi O‘rta Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlik uchun muhim omil hisoblanadi va u Qirg‘izistonning mudofaa qudratiga hissa qo‘shadi», dedi. Bu bazada SU-25SM rusumidagi shturm qiluvchi samolyotlar va MI-MTV rusumidagi vertolyotlar mavjud… Dustur gazetasi, 2019 yil 28 mart)… Shunday qilib, Qirg‘iziston prezidenti Jeenbekov Rossiyaga to‘liq sodiq bo‘lib, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotida u bilan kelishib ish olib bordi va harbiy bazani rivojlantirish kabi ishlarda uning istagiga itoat qilib keldi.

2 –       Biroq, Rossiya Amerika bilan aloqada bo‘lgan ba’zi partiyalarning Bishkekdagi hokimiyat tizginini qo‘lga olishlaridan va u erdagi Rossiyaning yakka hokim sifatidagi nufuzini barbod qilishlaridan qattiq xavfsiramoqda. Garchi Rossiya Qirg‘izistondagi aksar muxolafatchi partiyalarning o‘ziga qarshi bo‘lib qolmasligini kafolatlash uchun ular bilan aloqa o‘rnatayotgan bo‘lsa-da hamda bu partiyalarning ba’zilari rossiyaparast bo‘lib, uning ta’sir doirasidan chiqmayotgan esa-da, biroq Rossiya bu bilan kifoyalanmadi. Balki tashqi kuchlar aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xavfli lahzalarda aralashishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik kuchlari tizginini o‘z qo‘lida ushlab turish maqsadida hokimiyat ustida kechayotgan ayni kurashni nazorat qilib bordi. (Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun chorshanba kuni Moskvaning nizolashayotgan barcha tomonlar bilan aloqada ekanini va tez orada demokratik jarayon qayta tiklanishiga umid qilayotganini aytdi. Al-Jazira net, 2020 yil 7 oktyabr). Ko‘rib turganimizdek, Rossiyaga sodiq kuchlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan nizoning avj olib turishi uning xavfsirashini yanada kuchaytirdi. Zero, bu nizo yurtni 2017 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Sooronbay Jeenbekovning prezidentlik vakolati tugaganidan keyin yana qayta o‘z nomzodligini ko‘rsatishga imkon topish uchun saylov natijalarini manipulyatsiya qilishga urinishi ortidan avj olib ketdi. Chunki saylovdagi firibgarlik fosh bo‘lib qolganidan keyin Amerikaga tarafdor bo‘lgan kuchlar – garchi ular nisbatan ozchilikni tashkil qilishsa ham – yuzaga kelgan tartibsizliklardan foydalanib, Rossiyani qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin edi.

3 –       Rossiya o‘ziga sodiq prezidentlarga qarshi ko‘tarilgan namoyishlarga nisbatan aslini olganda qarshi pozitsiyani egallaydi. Bu uning asl pozitsiyasi bo‘lib, majbur bo‘lib qolgandagina o‘z manfaatlarini saqlab qolish uchun bundan chekinishi mumkin. Shuning uchun vaziyatning nazoratidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. (Kreml bu yurtni anarxiya holatida deb hisoblamoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Qirg‘izistondagi vaziyatni to‘liq izdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatlari borligini aytdi. Al-Jazira net, 2020 yil 8 oktyabr). Qirg‘izistondagi kuch organlarini o‘z nazoratida ushlab kelayotgan Rossiya Amerika bilan aloqada bo‘lgan partiya va sektalarning Bishkekdagi sahnaning markazini egallashlariga yo‘l qo‘ymaydi. Iste’fo berishga ishora qilayotgan Jeenbekovni ham Rossiya o‘z manfaatlariga binoan bir qarorga kelguniga qadar iste’foga chiqarmasdan ushlab turdi. Rossiya prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozakni shu hafta Jeenbokov va Japarovlar bilan muzokara olib borish va vaziyatni yaqindan o‘rganish uchun yubordi. (Kecha, chorshanba kuni Rossiya elchixonasi bunday deya bildirdi: Kozakning tashrifi chog‘ida Qirg‘izistonning kelajakdagi rivojlanishini ta’minlash yo‘lidagi «davlat rahbarining muhim roli» ta’kidlandi. Al-Mayadin, 2020 yil 14 oktyabr). Rossiya kerakli choralarni ko‘rdi… Ammo uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvi esa, ehtimoldan yiroqdir. Chunki u o‘z tarafdorlarini Qirg‘izistondagi ishlar tizginini qo‘lga olishga qodir deb biladi. Bundan tashqari, kuch tizimlari o‘zining qo‘lida. Agar Qirg‘izistondagi prezidentni o‘zining boshqa bir tobeiga almashtirmoqchi bo‘lsa, kuch tizimlariga ishora qilishining o‘zi kifoya. Qolaversa, siyosiy kuchlarning ko‘pchiligi ham unga tobe.

4 –       Norozilik namoyishlari kuchaygan paytda parlament Japarovning hokimiyatga kelishini ma’qullab ovoz berganidan keyin Rossiya vaziyatni tinchlantirish uchun uning bosh vazir bo‘lib tayinlanishiga rozi bo‘ldi. Bu – Japarov 11 yillik qamoq muddatini o‘tayotgan joyidan tarafdorlari tomonidan ozod qilinganidan keyin bo‘ldi… (Prezident apparati bergan bayonotga ko‘ra, bugun chorshanba kuni 120 deputatdan 80dan ortig‘i parlamentning navbatdan tashqari sessiyasida qatnashib, Sadir Japarovning bosh vazir etib tayinlanishini va u taklif etgan hukumat a’zolarining ham tayinlanishini ma’qullab ovoz berdi. So‘ng Jeenbekov Japarovning hukumati bilan birga bosh vazir etib tayinlanganini tasdiqlovchi farmonga qo‘l qo‘ydi. Al-Mayadin, 2020 yil 14 oktyabr).

5 –       Juma kuni ertalab, Qirg‘iziston parlamenti prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fosini ma’qulladi va bir hafta oldin e’lon qilingan favqulodda holatni bekor qildi. Prezident iste’fosi va favqulodda holat bekor qilinishi bir ovozdan bekor qilingan ushbu sessiyada Jeenbekov, Sadir Japarov va parlament spikeri Kanat Isaev qatnashdi. Ovoz berilishidan oldin Jeenbekov parlament deputatlari oldida so‘nggi nutqini so‘zladi. U o‘z nutqida, lavozimidan voz kechishi yurtda tinchlikni kafolatlash va jamiyatning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bo‘lganini aytib o‘tdi… Yangi Shafaq Arabiy, 2020 yil 16 oktyabr)… Shunday qilib (Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fo berganidan va yurt prezidentining salohiyatlari unga o‘tganidan keyin o‘z hokimiyatini mustahkamlab oldi. U mamlakat tashqi siyosatini saqlab qolishga va’da berdi. Japarov juma kuni parlament oldida bunday dedi: «Hokimiyatni o‘zgartirish tinch bo‘lgani uchun Allohga hamd aytaman… Men tashqi siyosatni va boshqa muhim yo‘nalishlarni saqlab qolish uchun bor kuchimni sarflayman»… Sputnik, 2020 yil 16 oktyabr).

To‘rtinchi: Amerikaning roli:

1 –       Amerikaga kelsak, uning pozitsiyasi oydek ravshan. Ya’ni u Rossiyani va Qirg‘iziston rejimini noqulay ahvolga solish uchun saylovlarda yuz bergan ishlardan foydalanib qolmoqchi bo‘ldi. (Qo‘shma Shtatlar saylovlarga putur etkazgan va katta noroziliklarga sabab bo‘lgan ishlardan xavotirda ekanini bildirib, Qirg‘izistondagi barcha tomonlarni og‘ir-bosiqlikka va tinch yo‘l bilan echim topishga chaqirdi. AQSh davlat departamenti vakili Frantsiya matbuotiga bergan interьvyusida: «Biz barcha tomonlarni zo‘ravonlikni rad etishga va saylovga oid ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiramiz», dedi. AQSh davlat departamentining ta’kidlashicha, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kuzatuvchilar missiyasi saylovda ovoz sotib olish jarayonlari bo‘lgani haqida ishonchli ma’lumotlarga ega ekanini bildirgan. Al-Jazira net, 2020 yil 7 oktyabr). Bu shuni anglatadiki, siyosiy jihatdan qorong‘iligi bilan ajralib turgan Qirg‘izistondagi oxirgi vaziyat Amerikaga ushbu yurtga kirish uchun munosib muhit yaratib beradi. Shubhasizki, u ba’zi muxolif tomonlar bilan aloqa o‘rnatgan. U shu yil boshida o‘z tarafdorlari nufuzga ega bo‘lishi uchun deputatlikka nomzodini qo‘yganlar va uyushmalarni qo‘llab-quvvatlab, 60 million dollar naqd pul sarflaganlikda ayblandi. Bundan tashqari, Rossiya nufuzi ustun bo‘lgan ushbu yurtda beqarorlikni keltirib chiqarish uchun Jorj Soros fondi ham mablag‘ sarflagan. Vaqt shirkati veb-sayti 2020 yil 1 oktyabrda bergan xabarga ko‘ra, bu mablag‘lar Jeenbekov hukumatining xabarisiz sarflangan.

2 –       Amerikaning Qirg‘iziston muxolafatchilari orasida tobelari bor bo‘lsa-da, ular ozchilik bo‘lib, Rossiyaning Qirg‘izistondagi ta’sirini yo‘q qila oladigan darajada kuchga ega emaslar. Biroq, ular hokimiyat ustida o‘zaro raqobatlashayotgan Rossiyaning tobelari o‘rtasidagi har qanday kelishmovchilikdan foydalanib qolish uchun faol harakat qilishmoqda. Agar Rossiya vaziyatni tinchlantirish uchun Jeenbekovga iste’fo berish to‘g‘risida buyruq bermaganida edi, ularning muvaffaqiyatga erishishlariga bir baxya qolgandi. Mana, endi, Rossiya saylovlarni o‘z nazorati ostida o‘tkazib, Jeenbekovning o‘rniga o‘z odamini qo‘yishga bemalol harakat qilmoqda.

Beshinchi: Xulosa:

1 –       Qirg‘izistonda hokimiyat ustida kechayotgan kurash birinchi navbatda mahalliy kurashdir. Buning sababi, ushbu musulmon yurtning siyosiy sahnasidagi rahbarlarda boshqaruv tushunchasi pishib etilmagan. Shu sababdan bu yurtda nizolar, kurashlar kelib chiqaveradi va asosan irqchilik, mahalliychilik yoki qabilachilik asosida kelib chiqadi. Bu kurash va nizolar muxolafat bilan hukumatga sodiq kuchlar o‘rtasidagi kurash bo‘lib ko‘rinsa-da, biroq ekspertlar ularning irqchilik, mahalliychilik yoki qabilachilik asosidagi kurash ekanini aytib keladilar. Ahvol shu ekan, bunday kurashdan Rossiyaning ushbu kichik respublikadagi katta nufuzini chiqarib yuborish ko‘zlanmaydi. Rossiya parlament saylovlari natijalari e’lon qilinganidan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar sababli Amerikaning ba’zi muxolif kuchlar bilan aloqa o‘rnatib olishidan qo‘rqmoqda. Shuningdek, u Amerikani Qirg‘izistondan chiqarib yuborish uchun shuncha kuch sarflaganidan keyin Amerikaning yana bu yurtga qadam qo‘yib, Qirg‘izistonda va uning atrofida Rossiyaga qarshi ish olib boradigan darajadagi nufuzga ega bo‘lishidan qo‘rqmoqda.

2 –       Mudom Ummat tepasida unga tinimsiz zulm qilayotgan va ularni shaxsiy manfaatdan o‘zga narsa qiziqtirmaydigan yomonlik hukmdorlari mavjud ekan, Qirg‘izistonda ham, undan boshqa yurtlarda ham musulmonlar ahvoli shunday qolaveradi. Chunki bu hokimlar hokimiyatni o‘lja deb bilishadi. Ularni saylayotgan yoki mustamlakachi kofir tomonidan hokim qilib o‘rnatilishiga sukut saqlayotgan Ummatga nisbatan ularda g‘amxo‘rlik qilish, degan narsa mutlaqo yo‘q. To Ummat va uning orasidagi qudrat ahli qo‘zg‘alib, anavi hukmdorlarni qulatmagunicha ahvol shunday davom etaveradi. Shuningdek, To Ummat va uning orasidagi qudrat ahli mustamlakachi kofirning musulmon yurtlaridagi ildizini quritib, o‘z Islomlari asosidagi Xalifalik davlatini barpo etmagunicha hamda Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadigan hokimni saylamagunicha ahvol shunday davom etaveradi. Zero, Alloh nozil qilgan ahkomlar ularni bu dunyoda farovon hayot kechirishlariga, oxiratda – Allohning izni ila – jannatga kirishlariga olib boradi.

يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَمَسَاكِنَ طَيِّبَةً فِي جَنَّاتِ عَدْنٍ ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ * وَأُخْرَى تُحِبُّونَهَا نَصْرٌ مِنَ اللَّهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ

«Alloh mo‘min, mo‘minalarga ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar va jannat bog‘laridagi pokiza maskanlarni va’da qildi. Allohning roziligi esa hamma narsadan ulug‘roqdir. Mana shu haqiqiy buyuk baxtdir» [Tavba 72]

1 rabiulavval 1442h

18 oktyabr 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.