EOII va Xitoy dollardan voz kechmoqchi

289
0

EOII va Xitoy dollardan voz kechmoqchi

 Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) va Xitoy dollardan voz kechishni istamoqda.

 Bu “Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish va “Bir kamar, bir yo‘l” Xitoy tashabbusi bilan” muhokama qilindi.

 Dollar va evroni qo‘llagan holda, EOII va Xitoy o‘rtasidagi hisob-kitoblar, biznes uchun, shuningdek, ushbu mamlakatlar byudjeti uchun yo‘qotishlarga olib keladi. Ulardan qochish, shuningdek xalqaro sanktsiyalarga bog‘liq bo‘lmaslik uchun, EOII va Xitoy hisob-kitoblarni yoki milliy valyutalarda yoki o‘zlarining o‘zaro birorta valyutasida amalga oshirishlari kerak.

 “Bu biz o‘zimiz aniqlamaydigan narxlarda savdo qilayotganimiz, kompaniyalarimizga biroz zarar etkazadigan holat. Shuningdek, kichik zararlar iqtisodiyotimizning ofshorlashtirishidan kelib chiqadi”, – dedi EOII Integratsiya va makroiqtisodiyot kengashi a’zosi Sergey Glazev.

 Xitoy Xalq universiteti Makroiqtisodiy tadqiqotlar departamenti direktori Lyu Yu Shuning so‘zlariga ko‘ra, tranzaktsiyalarni tejash va tavakkalchilik darajasini qisqartirishga imkon beradigan eng istiqbolli usul – bu raqamli milliy valyutadagi hisob-kitoblar. Ammo bu imkoniyat faqat muhokama qilinmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

 Izoh: 1971 yili AQSh prezidenti Nikson Bretton-Vuds ittifoqi tugatilgani va oltin bilan dollar o‘rtasidagi bog‘liqlik bekor qilinganini e’lon qildi. O‘shandan boshlab oltinning pul bilan bo‘lgan aloqasi uzilib, boshqa tovarlar qatori oddiy tovarga aylandi. Amerikaning bundan ko‘zlagan maqsadi dollarni dunyodagi asosiy pulga aylantirib, xalqaro moliyaviy bozor nazoratini qo‘lga kiritish edi. Shundan buyon dunyodagi barcha majburiy qog‘oz pullar AQSh dollariga bog‘lanib, davlatlar puli qadri va ayirboshlash qiymatlari dollarga qarab belgilanadigan bo‘ldi. Amerika istagan vaqtda dollar kursini ko‘tarish yoki tushirish orqali bu davlatlar ichki moliyaviy bozorlarini izdan chiqarish va iqtisodiy bosim o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Amerika dollari neft narxini belgilaydigan va moliyaviy to‘lovlar valyutasiga aylandi.  

 Bundan avval, Rossiya, Xitoy, Evropa ittifoqi, Hindiston kabi davlatlar dollardan voz kechish, o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha qator bayonotlar bilin chiqishgan edi. Hatto, 2018-yilning sentyabr oyi boshida rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga kelgan Turkiya prezidenti Erdogon Turkiya iqtisodiyotiga dollar ta’siri haqida gapirib, Turkiya o‘z valyutasidan foydalangan holda Xitoy hamda Rossiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirayotganini qayd etib o‘tgan, Qirg‘iziston bilan hamkorlikda ham shunday imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga chaqirgan edi…

 Bu davlat va tashkilotlar dollardan voz kechish yo‘lida qanchalar jiddiy bayonotlar bilan chiqishmasin buni uddasidan chiqa olishmaydi. Sababi, ular o‘zaro savdoda milliy valyutalardan foydalanishlariga qaramay ular o‘rtasidagi ayirboshlash kursini belgilovchi valyuta yana dollarligicha qolaveradi.

 Dunyoni kapitalistik zulm iskanjasi, moliyaviy krizis va Amerika dollari hukmronligidan xolos bo‘lishining yo‘li bitta. U ham bo‘lsa, Islom shariati shar’iy pul qilib belgilagan oltin va kumush nizomiga qaytish. Bu ikki ma’danni muomalada yuradigan, tovarlar va mahsulotlar sotiladigan, ish haqlari belgilanadigan valyuta va pul zahirasi qilib qo‘yishdan iborat. Bu esa faqat Islomiy Xalifalik davlatini qayta tiklash orqali amalga oshadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.