Ey Kinona ahli Allohning uylarini buzuvchi bunday rejimni buzib tashlang!

287
0

Ey Kinona ahli Allohning uylarini buzuvchi bunday rejimni buzib tashlang!

Biz yanvar qo‘zg‘oloni davom etayotgan bir muhitda yashamoqdamiz. Vaholanki, G‘arb ham, inqilobdan keyin yurtni topshirgan uning harbiylari ham bu qo‘zg‘olonni tugadi, deb o‘ylashgandi. Ammo biz o‘ngimizda birin-ketin vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘olonlar uchquni alanga olish arafasida turganiga guvoh bo‘lyapmiz. Uning alanga olishiga xalaqit berayotgan narsa odamlardagi qo‘rquv devoridir. Ag‘darilgan ushbu devorni rejim o‘zining «Robia va Nahza qirg‘ini» va repressiya mashinasi bilan qayta tiklab ta’mirlab qo‘ygan. Buni Misr xalqi va ularning Islomlariga qarshi tinimsiz olib borayotgan o‘zining kurashi bilan hamda tog‘utga qarshi o‘z xalqi tarafida turmay, ularni yordamsiz qoldirayotgan anavi harbiylar yordamida amalga oshirmoqda.

Bu rejim (uni hukmron jinoyatchi to‘da, desak ham bo‘ladi) kurashni davlat bilan ma’lum jamoa o‘rtasida bo‘layotgandek tasvirladi hamda o‘zining muxoliflari va qaroriga qarshi chiqqan har bir kimsani mana shu jamoaga qo‘shdi. Aslida, bu to‘da davlat tamsil etmaydi. Aksincha, ular davlatni bosib olgan, boyliklarni o‘g‘irlagan, uni G‘arbga  qo‘sh-qo‘llab topshirgan kimsalardir. Bu jamoa ham na insonlarni tamsil qiladi, na qo‘zg‘olonni. Bil’aks, yanvar inqilobidan keyin hayotimizga jinoyatchi harbiy to‘dani qayta kelishiga o‘zlarining kaltafahmliklari tufayli sabab bo‘lishgan mana shu jamoa bo‘ladi.

Amerikaga malay bu generallar to‘dasi insonlar muammolarini hal qilish qo‘llaridan kelmasligini tushunadi. Ammo bu to‘da shuni tushunmayaptiki, chiqarayotgan halokatli qarorlari bir kun albatta portlash keltirib chiqaradi va unda odamlar g‘azabini temirlariyu olovlari bilan bostirisholmaydi. O‘shanda insonlarni uxlatish uchun ommaviy axborot vositalari orqali tarqatayotgan og‘riq qoldiruvchi dozalari ham, tegishli figuralari va manfaatdor shaxslari ham, birortasi bostirolmay qoladi. Bular qo‘zg‘olonni oldini olish va alangalanishidan oldin jilovlash maqsadida odamlarga moddiy yordamlar berishga, hatto u er, bu erda ularni «shirin» so‘zlar bilan aldab, sarobga etaklashga urinishyapti!

Biroq rejim mutakabbirlarcha tajovuzkorligini davom ettiryapti. Masalan, ushbu jinoyatchi to‘daboshining o‘zi uy-joylar va masjidlarni buzish haqidagi qarorlarini ijro etish uchun har bir shahar va qishloqqa armiyani tashlash bilan ochiq tahdid qildi. Davlatning eriga qurilgan, degan niqob ostida etmishdan ziyod masjidni buzdi, ammo birorta ham cherkovni buzishga botinolmadi. Misr rejimi bir necha yillar oldin har bir namozdan keyin masjidlarni yopib qo‘ya boshlagan va u erda biror tadbirga ham ruxsat bermayotgan edi. Biroq yurtdagi cherkovlar bir soat ham yopilgani yo‘q… Jinoyatchi to‘da na ularning faoliyatini cheklashga jur’at qila oldi, na fikrlarini tarqatishdan man qila oldi. Zotan, bu tabiiy hol, chunki bu cherkovlar rejimning halovatini aslo buzmaydi. Aksincha uni bezovta qilayotgan narsa, insonlarning tortib olingan va o‘g‘irlangan haq-huquqlarini qaytaruvchi Islomdir.

Keyin qarshimizga saroy mashoyixlari chiqib, «bu masjidlarda namoz o‘qish botil»ligi hamda hech qanday dalilsiz «bu masjidlarni va odamlarning uylarini buzmoq vojib»ligi to‘g‘risida «fatvo» chiqarishmoqda. Vaholanki, bu uylarni odamlarga g‘amxo‘rlik qilishi vojib bo‘lgan davlat emas, balki odamlarning o‘zlari yillab mashaqqatlar bilan va peshona terlariga qurganlar, unga bor-budini sarflaganlar. Aksincha, davlatdagi jinoyatchi to‘da kelib, ularni farzandlari bilan qo‘shib ko‘chaga uloqtirdi, uylarini er bilan tep-tekis qilib, o‘zlarini uy-joysiz qoldirishdi.

Jinoyatchi to‘da «davlatning mulki», deya da’vo qilgan bu erlarga esa, o‘zlari va gumashtalari uchun hashamatli saroylar, mehmonxonalar, supermarketlar, savdo markazlari qurishmoqda. Biror inson ularni buzish u yoqda tursin, qo‘llarini tekizishga ham jur’at qilolmaydi. Bil’aks, davlat ularga eng tejamkorlik siyosatini zo‘rlab o‘tkazib, harbiylarni yirik maoshlar, nafaqalar va ko‘rsatgan «xizmat»lari uchun imtiyozlar bilan ta’minlayapti, ammo bularga oddiy odamlar etisholmaydi… Aftidan, bu harbiylar oddiy odamlar jinsidan emasdek, balki oddiy odamlar qirg‘inida to‘daning sherigidek!

Uy-joylari buzib tashlanib, ko‘chaga uloqtirilgan insonlar norozilik namoyishlari uyushtirib, hayqirib, «la ilaha illalloh, Sisiy aduvvulloh», deya haq so‘zni aytdilar. Ha, haqiqatdan ham Sisiy Allohning dushmani esa-da, ammo to‘daning generallar va ularga yordam berganlardan iborat har bir a’zosi Allohning, Rosulining, dinining va Ummatning dushmanidir.

Ey Kinona ahli!

Davlatning o‘z fuqarosi oldidagi burchi har bir shaxsni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpanadan iborat asosiy uchta ehtiyojini qondirishdan iborat. Keyin o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, ularni kamoliy ehtiyojlari va farovonliklari uchun imkoniyat yaratib beradi. Bunda ularning musulmonlari bilan g‘ayrimusulmonlarini ajratmaydi, balki fuqaroning hammasi barobar hisoblanadi. Shuningdek, davlat yana uchta asosiy narsa bilan ham bepul ta’minlaydi: xavfsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash.

Xavfsizlik deganda ularning hayotlari, mol-mulklari, omonatlari, din va hurmatlari xavfsizligi tushuniladi. Hozirgi jinoyatchi to‘dalar qilayotgani kabi, ularning uylari buzilishi, hurmatlari toptalishi, omonatlari tortib olinishi… tushunilmaydi.

Ta’lim bu – musulmon bilan g‘ayrimusulmon, boy bilan kambag‘al ajratilmagan holda hammani yuqori saviyada bepul ta’lim bilan ta’minlashdir. Boylarning o‘quv yurti, kambag‘allarning o‘quv yurti, degan narsa bo‘lmaydi. Balki davlat sinflar, millatlar kabi barcha ayrimachilikni yo‘q qiladi.

Sog‘liqni saqlash masalasiga kelsak, har bir fuqaro yuqori darajada davolanish va dori-darmon bilan ta’minlanadi, bunda ham musulmon bilan g‘ayrimusulmon, boy bilan kambag‘al ajratilmaydi. Balki barchaga bir xil boshqaruv, xizmat va muomala taqdim etiladi. Elita, degan narsa bo‘lmaydi, generallar va harbiylar kabilarga maxsus xizmatlar taqdim etilmaydi, balki barcha barobar bo‘ladi.

Biroq bularning barchasini generallar ham amalga oshirolmaydi, bu narsalar kapitalistlarda ham mavjud emas. Yo‘q, bular faqat Islomda mavjud, ular taqiqlab, qayta hokimiyatga kelishiga qarshi kurashayotgan dinimizdagina bor… Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidagina bo‘ladi.

Ey Kinona ahli!

Allohning uylari va sizning uy-joyingizni buzayotganlar ustingizdan hukm yuritishga haqlari yo‘q. Ularga qarshi chiqishingiz vojibdir. Islom va uning tuzumini loyiha sifatida ko‘tarib chiqmaguningizcha aslo qo‘zg‘oloningiz mukammal bo‘lmaydi. Ushbu loyiha bilangina hurmatingiz, erkinligingiz va farovon hayotingiz ta’minlanadi, siz bilan Umarlar adolati kabi adolat o‘rnatiladi. Bas, shunday ekan, Islomdan o‘zgani din bo‘lishiga, uning tuzumidan o‘zga narsani tuzum bo‘lishiga va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidan o‘zga narsaning davlat bo‘lishiga rozi bo‘lmang. Ushbu davlatgina Islomni adolat ila mukammal tatbiq qiladi. Bular sizning haqqingizdir, ularni talab qiling, eng kamida shularga rozi bo‘ling, aks holda, yana hammasi birinchi nuqtadan boshlanib, bugungi to‘da ertaga boshqa nomlar bilan qaytib kelishi mumkin!

Ey Kinona armiyasidagi xolis insonlar!

Masjidlarimizning buzishga hamda bechora insonlar xonadonlarini buzishga sherik bo‘lgan har bir qo‘l shol bo‘lsin Alloh Taboraka va Taolo bunday deydi:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَاجِدَ اللّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَى فِي خَرَابِهَا أُوْلَـئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَن يَدْخُلُوهَا إِلاَّ خَآئِفِينَ لهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

«Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor? Axir bu kimsalar uchun unday joylarga faqat qo‘rqqan hollarda kirish joiz edi-ku. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, oxiratda esa buyuk azob bordir» [Baqara 114]

Bas, Allohning uylarini buzayotgan Misr rejimidan ham zolimroq kim bor?! Siz Kinona armiyasidagilar mudofaa qilayotgan aynan mana shu rejim buzilishi kerak, masjidlar va uy-joylar emas. Siz esa, ularning buzilishini nafaqat ko‘rib bilib eshitib turibsiz, hatto bu sizning qo‘lingiz bilan sodir etilmoqda. Robbingizga shu qo‘llar va yuzlar bilan qanday yo‘liqasiz, axir qo‘llaringiz begunoh insonlar qoniga belangan, yuzingiz Alloh yo‘lida jihodda chang bo‘lmagan, balki buzganingiz masjidlar va xonadonlarning changiga bulangan-ku?! Shunday ekan, javobingizni, hujjatingizni tayyorlang. Yoki Amerikaga malaylik qilayotgan bu armiya to‘dasidan qo‘lingizni yuvib, ularni tark qiling, ular sizsiz albatta g‘arq bo‘lishadi. Hatto xo‘jayinlari Amerika ham ularga yordam bermaydi, xalq ham ularga rahm qilmaydi. Shuning uchun bo‘ to‘dadan bo‘lmang, bilingki, rejimni mudofaa qilayotganingiz uchun qo‘lingizga berayotgan narsalarining barchasi sizning haq-huquqlaringiz oldida arzimagan narsa. Bas, ularni pora sifatida olib, gunohdan topilgan narsani farzandlaringizga edirmang. Siz qo‘zg‘olon tomoniga o‘tish va Ummatning yagona loyihasiga nusrat berish bilan haqqingizni to‘la oling. Hizb ut-Tahrir tomonidan taqdim etilgan ushbu hazoratga oid loyiha barcha insonlar huquqini, erkinligini va hurmatini Islomni roshid Xalifalik davlatida to‘la keng qamrovda tatbiq qilish orqali ta’minlaydi. Shoyad, ana shunda Alloh Taolo o‘tgan gunohlaringizni mag‘firat qilsa, toat-ibodatlaringizni qabul aylab, sizning qo‘lingiz bilan barchamizga fath bersa va nafaqat Misr balki butun Ummatning xaloskori Siz bo‘lsangiz, ajab emas. Qani endi shunday qilsangiz edi qanday ham baxtli bo‘lardingiz. Misr, Islom va musulmonlar siz orqali azizu mukarram bo‘lar edi. Ana shunda sizga aytgan so‘zlarimizni hamda ishimizni Allohga topshirganimizni eslar edingiz.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilingki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Misrdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.