Qirg‘iziston tashqi qarzi YaIMning 56,2 foizigacha o‘sdi

410
0

Qirg‘iziston tashqi qarzi YaIMning 56,2 foizigacha o‘sdi

 Moliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2020 yilning 31 iyuli holatiga ko‘ra, davlatning tashqi qarzi miqdori 4 milliard 169 million 600 ming dollarni tashkil etadi.

 Qayd etilishicha, vazirlik “doimiy asosda tashqi qarzdorlik darajasini pasaytirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda”. 2019 yilning oxirida tashqi qarz darajasi yalpi ichki mahsulotning 45,5 foizigacha pasaytirilgan, ammo 2020 yili COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq inqiroz tufayli yalpi ichki mahsulotning 56,2 foizigacha o‘sdi.

 Moliya vazirligidagilar ayrim deputatlarning 2020 yili Qirg‘izistonning tashqi qarzi 1 milliard dollarga o‘sganligi haqidagi iddaolarini rad etib, 337 million dollar tashqi moliyaviy yordam olinganini, uning 269 million dollari kreditlardan iboratligini ma’lum qildi.

 Yanvar oyidan avgustga qadar respublika byudjetidan tashqi qarzni qoplash uchun 8 milliard 852 million som ajratilgan. Bashoratlarga ko‘ra, 2020 yilning nihoyasida tashqi qarz 4 milliard 323 million 600 ming dollarni tashkil etadi.

 Izoh: Qirg‘iziston nima sababdan borgan sari qarz botqog‘iga botib bormoqda? Bu holat uning ichki boshqaruv sistemasiga aloqadormi? Yo‘q albatta, Qirg‘izistonning iqtisodiy nochorlab borishining asosi, xalqaro olamiy global boshqaruv sistemasi tomonidan atayin paydo qilinadi. Bu jarayonda Qirg‘iz siyosiy doirasining roli korruptsiyaga botib qolganidadir. Shu korruptsiyalashgan sxema ham, tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan rivojlantirib boriladi. Ularga Qirg‘iziston 4 milliard dollardan ziyod qarzga botib qolishi uchun shu qarzlarning bir qismini o‘zlashtirib olish haqida fikrlaydigan korruptsiya botqog‘iga botgan amaldorlar kerak. Xarqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “og‘ir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yo‘q qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz so‘ragan emas.

 Dunyo sistemasi, ya’ni xalqaro siyosat dunyoni 3 qismga bo‘ldi. 1- Iqtisodi rivojlangan etakchi davlatlar. 2- Iqtisodi rivojlangan etakchi bo‘lmagan davlatlar. 3- Agrar (xom ashyoga asoslangan) davlatlar.

1.Iqtisodi rivojlangan etakchi davlatlar. Ular og‘ir sanoati rivojlangan, ya’ni engil sanoati uchun o‘zlarining og‘ir sanoati vositasida to‘liq sharoit yaratib olishga qodir davlatlardir. Ular transportning barcha sohalarida, stanoksozlik va qurol-aslaha ishlab chiqarishda hech kimga to’be emas.

2.            Iqtisodiy rivojlangan davlatlar. Bular ham og‘ir va engil sanoatlarini rivojlantirib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan davlatlar. Etakchi davlatlardan farqi shuki, o‘z ixtiyori bilan boshqa mamlakatni mustamlaka qila olmaydi va o‘zi qurol ishlab chiqarish ixtiyoriga ega emas.

3. Agrar davlatlar. Bu davlatlar ishlab chiqarishning har ikki sohasida ham ishtirok etmaydi. Ularga og‘ir sanoatni rivojlantirish imkoniyati berilmagan. Bu davlatlar, yuqoridagi rivojlangan davlatlar uchun faqat xom ashyo etkazib berib turishadi. O‘zlaridagi xom ashyoni o‘zlari og‘ir sanoatda ishlatishga harakat qilishsa, xalqaro tashkilotlar ularga bosim o‘tkazadi.

 Qirg‘iziston agrar davlatdir. Shuning uchun 4 milliard dollardan ortiq qarz olib, uni davlatga foyda keltirmaydigan yo‘llarga sarflab yubordi. Yo‘l qurilishiga ishlatdik, deb bayonotlar berib, o‘zlarini oqlashyapti.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.