Yangi hisobot: jiddiy inqiroz, dunyo COVID-19dan keyin

263
0

Yangi hisobot: jiddiy inqiroz, dunyo COVID-19dan keyin

Hizb ut-Tahrir – Britaniya «Jiddiy inqiroz, dunyo COVID-19dan keyin» sarlavhali hisobot nashr qildi. Unda kapitalistik dunyoning pandemiyaga samarali javob bera olmaganligi hujjatlar asosida isbotlangan. Shuningdek, kapitalistik sistemaning tizimli nuqsonlari bunday muvaffaqiyatsizlikni qanday qilib muqarrar ishga aylantirib qo‘ygani ko‘rsatib berilgan. Hisobotda xulosa qilinishicha, liberalizm ideologiyasining shaxs va uning erkinligiga e’tibor qaratishi jamiyatning bir siqim elitasiga huzur-halovat berdi, ko‘pchilik insonlarga baxtsizlik-muhtojlikni keltirdi. Shu jihatdan kapitalizm va demokratiya odamlarni baxtli qilishda tinimsiz ravishda muvaffaqiyatsizlikka duch keldi.

Darhaqiqat, kapitalizm va demokratiya juda ko‘p marta, takror-takror muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki bu tuzumning tarafdorlari ko‘pchilikning manfaatlari uchun xizmat qiladi, deya uni himoya qilishsa-da, biroq aslida, bu tuzum faqat bir siqim elita uchun xizmat qilmoqda. Liberalizmda siyosiy fikrlar boy-badavlat shaxslar foydasiga ishlab chiqilgan. Buning muqobilida esa, kambag‘allarga nisbatan nafrat-adovat bilan to‘lib toshgan. Ba’zilar hali ham mana shu kapitalizmni himoya qilishmoqda. Ammo ko‘pchilik kapitalizmning abgorligi fosh bo‘lganini ko‘rmoqdalar.

Ba’zi sharhlovchilar endi kapitalizmning buyukligiga birorta ham hujjat keltirolmay qolishdi. Balki dunyodagi mavjud tuzumlarning yaxshirog‘i, degan e’tiborda uni himoya qilishyapti, xolos. Butun dunyoda mavjud bo‘lib turgan bunday siyosiy muhitda loqaydlik va umidsizlik hissi mavjud. Bunda insonlar ustidan hukm surayotgan tuzumning qay turda bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Chunki hukmdorlar diktator bo‘ladimi yoki demokratmi yoxud boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi hukmdorlar bo‘ladimi, bundan qat’iy nazar, turli irq va dindagi xalqlar qalbida sistemani o‘zgartirishga rag‘bat juda kuchli. Garchi kapitalizm butun dunyoda hukmron bo‘lsa-da, ammo odamlardagi umidsizlik hissi bu sistemaning hukmronligidan ham tezroq sur’atda o‘sib bormoqda. Turmushdagi asosiy sarf-xarajatlar ko‘pchilik uchun toqat qilolmaydigan darajada ekanini e’tiborga olganda, dunyo bo‘ylab iqtisodiy vaziyat qanchalar yomonlashayotgan bo‘lsa, o‘zgarishga bo‘lgan rag‘bat ham shunchalik o‘smoqda.

Shunday bir o‘zgartirish muhitida, biz musulmonlarning vazifasi fursatni g‘animat bilib, dunyo xalqlariga hayot uchun alьternativ mafkurani taqdim etishdan iboratdir. Alloh er yuzini yaratib, unga munosib bo‘lgan ekologik tizimni ham yaratgan. So‘ng, bizga marhamat ko‘rsatib, butun insoniyatga Islomni nozil qildi. Ushbu dinda siyosiy, iqtisodiy echimlar mujassam. Shuningdek, Islomda biz yashab turgan borliq bilan uyg‘un keluvchi chuqur va nozik muhitga oid echim ham mavjud. Islom Ummati sifatida bizning mas’uliyatimiz Islomning er yuziga, avvalo boshlanish nuqtasi sifatida Islom olamiga etakchilik qilishini keng miqyosda mustahkamlashdan iborat. Bu esa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumini barpo etish orqali amalga oshadi.

Mazkur maqola bilan to‘liq tanishish uchun quyidagi manzilga kirishingiz mumkin:

http://www.hizb.org.uk/wp-content/uploads/2020/08/Deep-Dive-The-World-After-COVID-19.pdf

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.