Saylovga taalluqli shar’iy hukmlar

284
0

Saylovga taalluqli shar’iy hukmlar

Kuzda Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan ba’zi odamlar deputat bo‘lish umdida partiyalardan joy qidirishayotgan bo‘lsa, qolganlari ularni qo‘llab-quvvatlash ishqida yonishmoqda. Aslida musulmon o‘zi qiladigan har bir ishda shu ishga tegishli shar’iy hukmlarga amal qilishi kerak. Shu sababli Qirg‘iziston musulmonlariga saylovga taalluqli shar’iy hukmlarni eslatib o‘tmoqchimiz.

Qirg‘iziston konstitutsiyasida parlamentning asosiy vakolatlari quyidagicha belgilangan: “Qirg‘iz Respublikasining parlamenti – qonun chiqaruvchi hokimiyat va o‘z vakolati doirasida nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi oliy vakillik organi hisoblanadi”. Boshqacha aytganda, parlament – qonunchilik va hukumat ishlarini nazorat qilishda xalqni ifodalovchi deputatlardan iborat organ. Parlament mana shu asosiy vakolatlari doirasida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish va boshqa qonunlar chiqarish huquqlariga, shuningdek, hukumatga ishonch bildirish, shartnomalar va loyihalarni tasdiqlash, hukumatdan hisobot talab qilish hamda uni va uning muassasalarini kuzatib borish huquqlariga ega.

Qonunchilik ishiga kelsak, musulmon odamning qonun chiqarish bilan shug‘ullanishi umuman mumkin emas. Sababi, qonun islomiy aqidadan kelib chiqqan bo‘lishi shart va u vahiy orqali kelgan bo‘lishi lozim. Aslida musulmon uchun Alloh nozil qilgan shariatdan boshqa shariatni, boshqa qonunlarni qabul qilishi hecham mumkin emas.

Va yana Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmaydigan “dunyoviy” hukumatga ishonch bildirishi, shuningdek, kofirlarni hukmron qiladigan shartnomalar u yoqda tursin, hatto, kufr qonunlari asosida tuzilgan shartnomalarni tasdiqlash ham musulmon uchun joiz emas.

Hukumat va hokimlarni muhosaba qilish esa shar’iy majburiyatdir. Bu ish amru ma’ruf va nahiy munkar bo‘lib, barcha musulmonlarga vojib. Vakil uchun esa yanada vojibroqdir.

Shulardan kelib chiqib, kimki parlament sayloviga otlansa, uning nomzodligi uchun bir qancha shar’iy shartlar bor. Mazkur shartlar quyidagilar:

Nomzod G‘arbning kapitalistik tuzumini va barcha kufr tuzumlarini tashlashni odamlarga ochiqcha e’lon qilishi (bu borada niyat qilishi kifoya qilmaydi va o‘z maslagini yashirishi ham to‘g‘ri bo‘lmaydi).
Kufr tuzumlarini o‘zgartirish, uning o‘rniga Islomni barpo qilish uchun harakat qilishini e’lon qilishi.
O‘z programmasini Allohning Kitobidan va Rasulining sunnatidan olishi.
Parlamentni Islomga da’vat qilish uchun minbar qilib olishini e’lon qilishi.
Ilmoniy nomzodlar kufr tuzumlarini qo‘llayotganlari uchun ular bilan bir qatorda bo‘lmasligi yoki ularga yordam bermasligi.
Nufuzli tomonga, hukmron doiraga yaqinlashishi va uning nomini nomzodlar ro‘yxatiga kiritishi uchun ularga tilyog‘lamalik qilishi mumkin emas.
Uning ish programmasi nomzodligi ko‘rsatilgan vaqt asnosida mazkur ma’nolarni odamlar ongiga singdirish bo‘lishi.

Mana shular asosida, ushbu ishlarni bajara olmagan har bir nomzod – gunohkordir. Musulmonlarning ularga yordam berishi, ularni saylashi, ular g‘olib bo‘lsa qutlashi mumkin emas.

Biror kishi parlamentni Islom da’vatiga minbar qilib olish uchun parlament a’ozoligiga etolmasa, hargiz afsuslanmasin. Negaki hamma joy Islomga da’vat qilish uchun minbarlikka yaroqlidir. U faqat parlamentgagina cheklanib qolgan emas. Ko‘p hollarda parlament a’zoligiga etib borish musulmonni sekin-asta mansabga qiziqtiradi va uni Islomga da’vat qilishda sabr qilishdan va Allohga xolis bo‘lishdan burib qo‘yadi.

Hozirgi qonun bo‘yicha, Qirg‘izistonda parlament saylovlari partiyaviy ro‘yxat bilan o‘tadi. Agar musulmon deputat bo‘lish uchun saylovda qatnashmoqchi bo‘lsa, u holda u ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan partiya yuqoridagi kabi shar’iy talablarni qabul qilgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Agar partiya bu talablarni qabul qilmasa, unda bu partiya tarkibida talabgor bo‘lib ro‘yxatdan o‘tishi mumkin emas.

Bunday holda saylov boykot qilinadi. Bunda saylovga borib “barchasiga qarshiman” deb ovoz berish yoki saylov varaqasini yaroqsiz qilib tashlash kabi amallar saylovni boykot qilishga kirmaydi. Chunki, bu ham kapitalistik kufr tuzumi saylovlarida qatnashganlik bo‘lib qoladi. Xulosa qilib aytganda, agar nomzod va uning partiyasi yuqoridagi shartlarni qabul qilmasa, u holda saylov butunlay boykot qilinadi.

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.