Husiylar Yaman ahlining iqtisodiy qiyinchiliklarini engillatish o‘rniga olti yildan beri ularni talon-toroj qilmoqda

204
0

Husiylar Yaman ahlining iqtisodiy qiyinchiliklarini engillatish o‘rniga olti yildan beri ularni talon-toroj qilmoqda

Husiylar 2014 yil 21 sentyabrda San’oga kirishdi va (20 litr) benzinni 4000 riyoldan 7500 riyolgacha, dizel yoqilg‘isini 3900dan 7500gacha va gaz bahosini 1200dan 4000gacha ko‘tarishdi. O‘sha paytda bir barrel neftning birjadagi bahosi 53 dollar edi. Husiylar 2015 yil 28 iyulda Yamandagi neftь mahsulotlari narxlarini belgilash va uni odamlarga jahon bozoridagi narx bo‘yicha, ya’ni ko‘tarilib, tushishiga qarab sotish bo‘yicha qaror qabul qilishdi. Quyida biz mol-mulklar qanday talon-toroj qilinayotgani haqida batafsil to‘xtalamiz. Toki, Yaman ahli sobiq va yangi hokimlarning o‘g‘rilardan boshqa kimsalar emasligini ko‘rib qo‘ysinlar.

Neftning brent narxi 2014 yilning sentyabridan yil yakunigacha 53 dollar bo‘lgan. 2015 yilning boshida 65 dollarga ko‘tarilgan va yil yakunida 30 dollarga tushib ketgan. Baho 2016 yilning boshida 27 dollar bo‘lgan bo‘lsa, yilning yarmida 38 dollarga ko‘tarilgan. 2017 yilning birinchi yarmida 56 dollar, ikkinchi yarmida esa 61 dollar va yil yakunida 65 dollarga ko‘tarilgan. 2018 yil, mayda 66 dollar, so‘ngra 70 dollar va sentyabrda 80 dollarga ko‘tarilgan. 2019 yilning birinchi choragida 63 dollar, ikkinchi choragida 68 dollar, uchinchi choragida 61 dollar va sentyabrda 68 dollar bo‘lgan. Yil yakunida esa, 61 dollar bo‘lgan. 2020 yil boshidan 20 aprelgacha 22 dollarga tushib, hozirgi paytda 41 dollarga ko‘tarilgan.

Endi Husiylar neftь narxlarining bunday katta o‘zgarishiga nisbatan qanday munosabat bildirganini ko‘rib chiqaylik. Darhaqiqat, ular neftni oldingilardan ko‘ra qimmatroq narxda sotib, undan tushgan foydani o‘z kissalariga solishdi. Bu Yaman ahli bilsa bo‘ladigan oddiy hisob-kitob bo‘lib, ular neftni oldingilarga qaraganda 3500 riyol qimmatiga sotishdi.

Husiylar 2015 yilning birinchi choragida 65,1 milliard riyol, ikkinchi choragida 70 milliard, uchinchi choragida 74,2 milliard va to‘rtinchi choragida 82,6 milliard riyol talon-toroj qilishgan. 2016 yilning birinchi choragida 88,2 milliard, ikkinchi choragida 80,5 milliard, uchinchi choragida 73,5 va oxirgi chorakda 72,1 milliard riyol o‘marishgan. 2017 yilning birinchi choragida 69,3 milliard, ikkinchi choragida 68,6 milliard, uchinchi choragida 67,2 milliard va to‘rtinchi chorakda 65,8 milliard riyol talon-toroj qilishgan. 2018 yilning birinchi choragida 65,8 milliard, ikkinchi choragida 65,8 milliard, uchinchi choragida 63,7 milliard va oxirgi chorakda 60,2 milliard riyol o‘g‘irlashgan. 2019 yilning birinchi choragida 66,5 milliard, ikkinchi chorakda 64,4 milliard, uchinchi chorakda 67,2 milliard, to‘rtinchi chorakda 64,4 milliard riyol o‘g‘irlashgan. 2020 yilning birinchi choragida 74,2 milliard va ikkinchi choragida 77,7 milliard riyol talon-toroj qilishgan. Bular benzin savdosidagi talon-torojlardir, dizel yoqilg‘isi, kerosin va gaz borasidagi o‘marishlarni aytmasa ham bo‘ladi. Hozir bir dabba (idish, bochka) benzinning rasmiy bahosi 5900 riyol bo‘lsada yoqilg‘i quyish shaxobchalarida benzinni bu narxda topish amri maholdir. Husiylarning katta etakchilari uni qora bozorda pullashadi va uning bahosi 18000 riyolga chiqqan. Qaror bo‘yicha neftь portini qurish uchun so‘nggi 24 oy ichida benzinning har litriga 54 riyol, dizel yoqilg‘isiga 79 riyol, kerosinga 60 riyol qo‘shilgan. Husiylar uch yil ichida 500 milliard riyol talon-toroj qilishgan, lekin neftь porti qurilmagan. Elektr stantsiyasini moliyalashtirish uchun har bir litr benzin va dizel yoqilg‘isiga 5 riyol qo‘shilgan. Bu esa, Husiylar tomonidan yiliga 32 milliard (besh yiliga 160 milliard) riyol o‘zlashtirilgan deganidir.

Yaman ahli elkasidan iqtisodiy qiyinchiliklarni olib tashlash shiori qaerga ketdi?! Husiylar Islomdagi iqtisodiy nizomni bilmasligi aniq. Shuningdek, ular pul to‘plashdan boshqasini bilmaydilar va uni haloldan to‘playaptimi yoki haromdanmi, odamlar ochmi yoki to‘qmi bunga e’tibor bermaydilar. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikdan boshqasi odamlar hayotida islomiy iqtisodiy nizomni tatbiq qilmaydi. Biz Yaman ahlini biz bilan birga Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishga chaqiramiz. Zero, Rosululloh ﷺ aytadilar:

«… ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«… So‘ngra Payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo‘ladi».

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.