Britaniya o‘z askarlarining Iroq va Afg‘onistonda oddiy fuqarolarga qarshi o‘t ochishlariga qo‘yib berdi

242
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Britaniya o‘z askarlarining Iroq va Afg‘onistonda oddiy fuqarolarga qarshi o‘t ochishlariga qo‘yib berdi

«Middle East Eye» veb-saytining mustaqil tergov-surishtiruvi xulosasiga ko‘ra, Britaniya Iroq va Afg‘onistonda olib borgan mashqlari chog‘ida askarlarning qurolsiz oddiy fuqarolarni kuzatish operatsiyalari o‘tkazayotganda ba’zi hollarda ulardan gumon qilinganlarini otib tashlashga ham ruxsat bergan. «Middle East Eye»ga intervьyu bergan bir necha sobiq britaniyalik askarlarga ko‘ra, qurbonlar orasida go‘daklar va o‘spirinlar ham bo‘lgan. Ikkita britaniyalik sobiq piyoda askarining aytishicha, Iroq armiyasida xizmat qilgan boshqa quroldoshlari bilan birgalikda ularga ba’zan biror shaxs qo‘lida telefon ushlab olgan bo‘lsa yoki qo‘lida belkurak ko‘tarib olgan bo‘lsa yoxud boshqa xatti-harakati shubhali bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa, ularga qarata o‘q uzishga ruxsat berilgan. Ularga bu ishlari ustidan harbiy tribunalga tortilgan hollarida albatta himoya qilinajaklari va’da qilinganini ham ta’kidlashdi. «Qo‘mondonlarimiz bizga biz senlarni har qanday tergovdan himoya qilamiz, faqat sen tergovda – men o‘z hayotimni xavf ostida ekanini ko‘rganim uchun o‘q uzdim, deb aytsang, bas, shuning o‘zi seni himoya qiladi, deb aytishardi», deyishdi askarlar.

Roya gazetasining 2020 yil 12 iyul chorshanba kungi 299-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.