Rossiya Issiqko‘lda harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

35
0

Rossiya Issiqko‘lda harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

 Rossiya Issiqko‘l hududida harbiy samolyotlari o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda 31-iyulda “Izvestiya” nashri Rossiya Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy okrugiga asosan xabar qildi.

 Xabarga ko‘ra, “Edelьveys” poligonida o‘tgan mashg‘ulotda Su-25SM samolyotlari o‘z imkoniyatlarini namoyish qildi. Mashg‘ulotda 10ta Su-25SM samolyoti va 100 nafar harbiy xizmatchi qatnashdi.

 Rossiyaning Qirg‘izistondagi birlashgan harbiy bazasiga to‘rtta ob’ekt kiradi; Qant shahridagi “Qant” aviabazasi, Qorako‘l shahridagi sinov bazasi, Chaldovar qishlog‘idagi aloqa uzeli va Mayluu-Suu shahridagi avtonom seysmik punkti.

 Ta’kidlab o‘tish lozimki, so‘ngi vaqtlarda Markaziy Osiyo respublikalarida Rossiya tomonidan fitna qo‘zish harakatlar kuzatilmoqda. Bunga Rossiyada Tojikiston fuqarosini “terrorchi” sifatida o‘ldirilishi va Qirg‘izistonda qirg‘iz-o‘zbek millatchilik chaqiriqlarining yana jonlana boshlashi misol bo‘la oladi.

Avvalroq, Rossiyadan koronavirus bilan kurashda yordam berish uchun bir guruh harbiy shifokorlar kelgani haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda ular viloyatlarda ish olib borishmoqda. Rossiyaning o‘zi shifokorlarga muhtoj bo‘lib turganini hisobga oladigan bo‘lsak, ularning mamlakat aholisi ustida tajriba ishlarini olib borishining ehtimoli kuchli. Shu sababli, Qirg‘iziston xalqi saylov arafasida Rossiya tomonidan kelishi mumkin bo‘lgan chegara, millatlararo ziddiyatlar va teraktlar kabi buzg‘unchi harakatlardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

 Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.