Buzuq aqllarni to‘g‘rilash mumkinmi? (2)

34
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Buzuq aqllarni to‘g‘rilash mumkinmi? (2)

Aqlning buzilishiga mantiq ham sabab bo‘lishi mumkin. Qadimgilar ham aqlni nima ekanini bilish uchun qattiq urindilar. Bu urinishlar natijasida “mantiq” ilmiga etib kelishdi. Aslida mantiq aqliy yo‘l emas, balki fikrlashning bir uslubi edi, ya’ni mantiqiy izlanish fikrlash ustiga emas, balki aqliy tariqat ustiga qurilgan izlanishning uslublaridan biridir.

Mantiqiy izlanish shundan iboratki, bir fikr (sug‘ro-kichik masala)ning ustiga boshqasi (kubro-katta masala)ni qo‘shib idrok etish hamda shu orqali muayyan natijaga etib borishdir. Mantiqda asosan uchta bo‘lak: “sug‘ro”, “kubro” va “natija” bo‘ladi. Masalan, sug‘ro: yozuv taxtasi yog‘ochdan. Kubro: har qanday yog‘och yonadi. Demak, yozuv taxtasi yonadi.

Mantiq uslubidan foydalanish mumkin, lekin fikrlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga asos qilish mumkin emas, chunkni mantiqda qarama-qarshi hulosalar ham chiqib qolishi mumkin. Masalan: Qur’on Allohning kalomi, Allohning kalomi esa qadim, demak Qur’on qadimdir. Yoki Qur’on arab tilida, arab tili esa yaralgan, demak Qur’on ham yaralgan.

Shuning uchun “mantiq”da xato yuz berishi, natijalari sahih bo‘lmasligi mumkin. Unda masalaning sahihligi, tarkibi salomat bo‘lishi shart qilinsa-da, bir masala (sug‘ro) ikkinchi bir masala (kubro) ustiga qurilganligi uchun natija shu ikki masala (sug‘ro-kubro)ning sahihligiga asoslanadi. Bu masalalarning sahihligi esa kafolatlanmagan. Chunki natija bevosita hisga emas, balki bir masala (sug‘ro)ni ikkinchi bir masala (kubro)ga bog‘lashga suyanadi. Demak, natijaning sahihligi ham kafolatlanmagan. Mantiqda hosil bo‘ladigan narsa – u bir masalani ikkinchi bir masalaga bog‘lashda – ma’qul (aqlga to‘g‘ri keladigan narsa)larni ma’qullarga tartiblashtirish va undan boshqa bir ma’qulni keltirib chiqarishdir.

Masalan:

1. «banda shariat talab qilgan tartib-intizomlarga bo‘ysunib yashashi bilan Alloh Taoloni rozi qiladi». Bu aqlga to‘g‘ri keladigan birinchi masala.

 2. «Alloh Taolo talab qilgan tartib-intizomlar hizbning kitoblarida mufassal bayon qilingan». Bu aqlga to‘g‘ri keladigan ikkinchi masala, chunki hizbgina hozirgi davrda inson hayoti uchun zarur bo‘lgan shariat talablarini: iqtisod, ijtimo, boshqaruv, ta’lim-tarbiya, jazolar nizomi kabilarni sahih ijtihod bilan ishlab chiqib, kitoblarida dalillari bilan bayon qilgan. Bu ikki masalani qabul qilgan inson 3 chisini ham, ya’ni natijani ham so‘zsiz qabul qiladi.

3. «demak, hozirda hizb kitoblarini yaxshi bilgan, o‘zlashtirgan mo‘mingina Alloh Taolo rozi bo‘ladigan hayot tarziga etaklashga qodir bo‘ladi». Bu esa, aqli raso har qanday inson qabul qiladigan mantiqdagi maqul natijadir. Mantiq asosida bu mavzu’ni aksincha tushuntirish ham mumkin, masalan:

1. «insonlar shariat talab qilgan tartib-intizomlarda yashamasalar Alloh Taoloni rozi qilolmaydilar ».

2. «Alloh Taolo talab qilgan tartib-intizomlarni hozirgi zamondagi yangilanib borayotgan hilma-hil muammolarga hizbdan boshqasi mufassal bayon qilgan emas».

3. «demak, hozirgi kunlarda hizb kitoblarini yaxshi bilmaganlar, o‘zlashtirmaganlar Alloh Taolo rozi bo‘ladigan hayot tarziga etaklashga qodir bo‘lolmaydi, hatto o‘z hayotilarida ham shariatga zid kun kechiradilar», chunki shar’iy hukmlar Qur’on va hadislarda kelgan bo‘lsada, lekin uni sahih ijtihod qilmasdan bilish mumkin emas. Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْفَاسِقُونَ

Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular fosiqlardir. [5:47].

Yoki mahsus (his qilingan narsa)larni mahsuslarga tartiblashtirish va undan boshqa bir mahsusni keltirib chiqarish joriy bo‘ladi. Ammo ma’qullarni ma’qullarga tartiblashtirish xatoga yo‘liqishga, natija ziddiyatlarga olib borib, hatolarga o‘ralashib qolishiga, masalalar va ma’qul natijalar silsilasi voqeda borligi jihatidan emas, faraz va taxmin jihatidan o‘ta kengayib ketishiga olib keladi. Hatto bu masalalarning oxirgi yo‘li ko‘p hollarda xomxayol va aralash fikrlardan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ma’qullarni ma’qullarga tartiblashtirish joriy bo‘ladigan masalalar bilan dalil keltirish toyib ketishga olib boradi. Masalan, mantiqiy jihatdan aytiladiki: «Qur’on – Allohning kalomi, u paydo bo‘lishida ketma-ket keluvchi tartibli harflardan tarkib topgan. Ketma-ket keluvchi tartibli harflardan tarkib topgan har bir kalom paydo bo‘lgan narsadir. Demak, Qur’on paydo bo‘lgan narsa, ya’ni maxluqdir». Masalalarni bunday tartiblashtirish hisga bo‘ysunmaydigan, aql bahs qilishga va unga hukm chiqarishga qodir bo‘lmaydigan natijaga olib boradi. Shuning uchun u voqeiy emas, faraziy hukmdir. Bundan tashqari, u aql bahs qilishdan qaytarilgan ishlardandir. Chunki Allohning sifati haqidagi bahs uning Zoti haqidagi bahsdir. Allohning Zoti haqida bahs qilish esa mutlaqo mumkin emas. Bundan tashqari, mantiqning o‘zidan bu natijaga xilof natija kelib chiqishi mumkin. Aytiladiki, Qur’on Allohning kalomi va uning sifatidir. Allohning sifati bo‘lgan har bir narsa qadimiydir. Demak, Qur’on qadimiy bo‘lib, maxluq emas…

Shunday qilib, ma’qulotlarni ma’qulotlarga tartiblashtirish natijasida juda ko‘p masalalarda bir-biriga zid va nihoyatda noaniq bo‘lgan natijalarga duch kelinadi. Ammo mahsusotlarni mahsusotlarga tartiblash esa qo‘yilgan masalalarda ham, natijada ham hisga borib taqalsa, natija to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki u o‘z masalalarida va natijada masalalarni tartiblashgagina emas, balki hisga suyanyapti. Lekin haqiqatga etishdagi bu suyanish masalalarni tartiblashga asosan bo‘ladi. His esa masalalar nihoyasiga etgan narsada aks etadi. Gohida bir masala bir narsani tasdiqlaydi deb gumon qilinadi. Voqe esa uni bu narsaga muvofiq emasligini ko‘rsatadi. Yoki bir masalaning zohiriy hukmi sahih ko‘rinadi. Voqesi esa xato bo‘ladi. Shundan uning to‘g‘riligi tushuniladi. Gohida natija to‘g‘ri, lekin natija kelib chiqqan masalalar xato bo‘ladi. Natijaning to‘g‘riligidan masalalarning to‘g‘riligi tushuniladi va hokazo. Masalan, Ispaniya aholisi musulmon emas. Qaysi mamlakatning aholisi musulmon bo‘lmasa, u islomiy mamlakat emas. Demak, Ispaniya islomiy mamlakat emas. Bu natija xatodir. Uning xatoligi ikkinchi masalaning xatoligidan kelib chiqyapti. Qaysi mamlakatning aholisi musulmon bo‘lmasa, u islomiy mamlakat emas degan so‘z xatodir. Chunki mamlakatda Islom bilan hukm yuritilsa yoki aholisining ko‘pchiligi musulmon bo‘lsa, u islomiy mamlakatdir. Shuning uchun natija xato bo‘lyapti. Demak, Ispaniya islomiy mamlakatdir. Yana bir misol, Amerika iqtisodiy jihatdan yuksalgan mamlakat. Har bir iqtisodiy jihatdan yuksalgan mamlakat uyg‘ongan mamlakatdir. Natija: Amerika uyg‘ongan mamlakatdir. Bu natija Amerikaga nisbatan to‘g‘ri. Lekin masalaning biri to‘g‘ri emas. Chunki har bir iqtisodiy jihatdan yuksalgan mamlakat uyg‘oq mamlakat sanalavermaydi. Balki fikriy jihatdan yuksalgan mamlakat uyg‘oq mamlakat hisoblanadi. Bu kabi natijasi to‘g‘ri bo‘lib chiqqan masaladan, bu natija olingan boshqa masalalar ham to‘g‘ri degan tushunchaga boriladi. Shunga ko‘ra Quvayt, Qatar va Saudiya Arabistoni uyg‘oq mamlakat hisoblanish kerak bo‘lib qoladi. Chunki ular iqtisodiy jihatdan yuksalgan. Lekin aslida bular uyg‘oq mamlakatlar emas. Demak, natijalarining to‘g‘riligiga qarab masalalarning to‘g‘riligi tushuniladi. Vaholanki, masalalarning to‘g‘riligi kafolatlanmagan. Chunki unda ko‘pincha xatoliklar yuz beradi. Shuning uchun hujjat barpo qilishda mantiqiy asosga suyanish mutlaqo xato. Lekin buning ma’nosi mantiq orqali etilgan haqiqat xato yoki mantiq orqali hujjat barpo qilish xato degani emas. Balki buning ma’nosi hujjat barpo qilishda mantiqiy asosga suyanish va mantiqni asos qilish xato demakdir. Hujjat va dalilda hisni asos qilish lozim. Mantiq bilan esa uning hamma masalalari to‘g‘ri bo‘lsa, u va uning natijasi hisga borib taqalsagina hujjat keltirish mumkin. Natijaning to‘g‘riligi faqat masalalarning to‘g‘riligidan kelib chiqadi. Lekin unda xatoga uchrash hollari mavjudligi hujjat barpo qilishda uni asos qilmaslikni taqozo etadi. Chunki uning ba’zi suratlarida aniq dalil keltirish mumkin bo‘lsa-da, unda har qanday zonniy asos kabi xatoga tushib qolish mumkin. Shuning uchun hujjatda hisni asos qilish kerak. Chunki his narsaning mavjudligidagi barcha qat’iy asosga kabi unga xato aralashib qolishi mumkin emas.

Demak, har kanday hulosalarni aqlan tekshirib ko‘rib, keyin o‘z munosabatimizni bildirish bilan xatolarga tushib qolishdan saqlangan bo‘lamiz. Masalan, O‘rta Osiyo davlatlari demokratik davlatlar degan hulosani mantiqiy yo‘llar bilan xalqqa singdirilmoqda, ya’ni 1. Demokratiya – xalq hokimiyati degani. 2. O‘rta Osiyoda ham hayotni tartibga soladigan qonunlarni, kimga kanday huquq-salohiyatlar berilishini xalq o‘zlaridan vakil qilgan deputatlar ishlab chiqadi, hamda kim rahbar bo‘lishini xalq saylovlar orqali tayin qiladilar. 3. Demak, O‘rta Osiyo davlatlari demokratik davlatlardir. Aslida bu yurtlarda umuman xalqning talabi inobatga olinmaydi. Aldov yo‘llar bilan hukmga kelib olgan guruh, asosan prezidentlik mavqeyini egallagan zolimlar o‘z xohshini majburiy ijro qildiradigan diktatura davlatlaridir. Yoki O‘rta Osiyo xalqlarining ko‘pchiligi musulmonlar hisoblanadi. Aslida bularning kupchili o‘z Islomidan behabar. Lekin bu narsa yashiriladi, hayotning shaxsiy masalalardan boshqa hamma sohasida Islom chetlatiladi, hatto maktablarda Islom o‘rgatilmaydi, ihtiyoriy ravishda Islomni o‘rgatayotganlarga tazyiqlar qilinadi, ya’ni mantiq yo‘li bilan musulmonlarni haqiqatdan chalg‘itadilar. Yana bir misol, 1. Kimki shahodat kalimasini aytsa musulmon. 2. O‘rta Osiyo xalqlari shahodat kalimasini aytadilar, o‘liklarini janoza bilan ko‘madilar, oilalarini nikoh bilan boshlaydilar. 3. Demak, ular musulmonlardir. To‘g‘ri ular hukman musulmon, lekin Islom hayotning hamma sohasiga echim bergan va o‘shanga bo‘ysunishni talab qilgan, hatto bitta qat’iy hukmni inkor qilish kofirlik ekanligi e’tibordan chetlatiladi. Islomini tushunmagan xalq kufr nayranglarini anglamasdan Islomning demokratiyaga moslashtirilgan qismiga rozi bo‘lishib kelmoqdalar. Bu esa Islomni buzish hisoblanadi va ikki dunyo xorligini keltirib chiqaradi. Alloh Taolo aytadi:

ثُمَّ أَنْتُمْ هَؤُلَاء تَقْتُلُونَ أَنفُسَكُمْ وَتُخْرِجُونَ فَرِيقًا مِنْكُمْ مِنْ دِيَارِهِمْ تَتَظَاهَرُونَ عَلَيْهِمْ بِالْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَإِنْ يَأْتُوكُمْ أُسَاارَى تُفَادُوهُمْ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْكُمْ إِخْرَاجُهُمْ أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ الْكِتَابِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ فَمَا جَزَاءُ مَنْ يَفْعَلُ ذَلِكَ مِنْكُمْ إِلَّا خِزْيٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يُرَدُّونَ إِلَى أَشَدِّ الْعَذَابِ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

Keyin esa sizlarning o‘zingiz bir-biringizni o‘ldirmoqdasiz, o‘z toifangizdan bo‘lgan bir guruhni diyorlaridan haydab, ularning ustida gunox va zulm bilan bir-biringizga hamkorlik qilmoqdasiz. Agar ular sizlarga asir holda kelishsa, tovon to‘lab qutqarib ham olasiz. Holbuki, ularni xaydash sizlarga harom qilingan edi. Yo kitobning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi? Oralaringdan kim bu ishni qilsa, uning jazosi bu dunyoda rasvo bo‘lish, qiyomat kunida esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan ishlaringdan g‘ofil emasdir. [2:85].

وَأَنْ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَاعْلَممْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُصِيبَهُمْ بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيرًا مِنْ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ(49)أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

(Ey Muhammad), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling! Agar (Sizning hukmingizdan) yuz o‘girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat etkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan ko‘plari itoatsizdirlar. Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?! [5:49,50].

Aslida, har qanday muammoning echimini Islomdan olish va o‘sha hukmga bo‘ysunish, hatto bu hukmga rozi bo‘lib, uni haq deb bilishi va unga nisbatan ko‘nglida g‘illi-g‘ash qolmasligi bilan inson mo‘min bo‘lar edi. Shuning uchun aql nematini ishlatishni Alloh Taolo farz qildi, chunki aqlni ishlatmagan inson haqiqatlarni bilolmaydi, hayvonlar kabi kun o‘tkazish bilan ovora bo‘lib qoladi. Alloh Taolo aytadi: 

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

„Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha-bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar“. [4:65]

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.