Ulug‘ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1441, milodiy 2020 yilning Qurbon hayiti kirib kelishi munosabati bilan o‘zining feysbuk sahifasi ziyoratchilariga yo‘llagan tabrigi

38
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ulug‘ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1441, milodiy 2020 yilning Qurbon hayiti kirib kelishi munosabati bilan o‘zining feysbuk sahifasi ziyoratchilariga yo‘llagan tabrigi

Allohga hamd bo‘lsin. Allohning Rosuliga, u kishining ahli oilasi va sahobalariga hamda u kishini do‘st tutganlarga salotu salomlar yog‘ilsin. Ammo ba’d…

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd…

Ma’rufga buyurib, munkardan qaytaradigan, qudrat va hikmat egasi Allohga imon keltirgan hamda insonlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo‘lgan butun Islom Ummatiga…

Alloh Taolo ularning qo‘llari bilan fath darvozalarini ochib bergan hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilishlarida ularni O‘z yordami ila qo‘llab-quvvatlayotgan da’vatni ko‘tarib chiquvchi birodarlarga…

Sahifamizga undagi ezgulikni qidirib kirayotgan va haq tarafida turishga va haq sohiblarini qo‘llab-quvvatlashga bor kuchini sarflayotgan ziyoratchilarga…

Barcha-barchalaringizga assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh…

Sizlarni muborak Qurbon Hayiti bilan tabriklayman… Qudrati ulug‘ Allohdan ushbu hayitni butun musulmonlarga xayru barakot ochqichiga aylantirishini so‘rayman.

Qadrli barodarlar!

Men sizlarga salom yo‘llab, haqqingizga duoyi xayr qilib qolaman. Kuch-qudratli Parvardigordan bu vabo balosini barcha musulmonlardan ko‘tarishini, ushbu ulug‘ oy Islom va uning ahlini kuchli qiluvchi davlatsiz o‘tkazilgan oylarning so‘nggisi bo‘lib qolishini so‘rab qolaman.

Alloh Taolo toat-ibodatlaringizni qabul aylab, sizlarni O‘zining ushbu kalomida aytilgan zotlardan qilsin:

رِجَالٌ لا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلا بَيْعٌ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَإِقَامِ الصَّلاةِ وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ يَخَافُونَ يَوْماً تَتَقَلَّبُ فِيهِ الْقُلُوبُ وَالْأَبْصَار * لِيَجْزِيَهُمُ اللَّهُ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا وَيَزِيدَهُمْ مِنْ فَضْلِهِ وَاللَّهُ يَرْزُقُ مَنْ يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ

«Shunday kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib qoladigan (qiyomat) kunidan qo‘rqurlar. Ular Alloh o‘zlarini qilgan amallarining eng go‘zallari sababli mukofotlashi va yana ularga O‘z fazlu-karami bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (ertayu kech Allohni poklab ibodat qilurlar). Alloh O‘zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur» [Nur 37-38]

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Hizb ut-Tahrirning amiri

10 zul-hijja 1441h

31 iyul 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.