Hizb ut-Tahrirning muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigi

46
0

Hizb ut-Tahrirning muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh,

Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Bandalarining qilgan amallarini hisob qiluvchi, dunyo va undagi narsalardan behojat, mulk moliki, qudrat va ulug‘lik sohibi, butun olam Parvardigori Allohga hamd bo‘lsin.

Ka’bani mushriklarning qabih ishlaridan poklab, u erda mo‘minlarning tavofini qayta tiklagan Muhammad alayhissalomga, ahli oilalari va barcha ashoblariga salotu salomlar yog‘ilsin.

Bayhaqiyning «Sunani Kubro»da Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan rivoyat qilgan hadisida Nabiy ﷺ marhamat qiladilar:

«مَا الْعَمَلُ فِي أَيَّامٍ أَفْضَلُ مِنْهُ فِي عَشْرِ ذِي الْحِجَّةِ. قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَلا الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللهِ؟ قَالَ: وَلا الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللهِ إِلا رَجُلٌ خَرَجَ بِنَفْسِهِ وَمَالِهِ فِي سَبِيلِ اللهِ ثُمَّ لا يَرْجِعُ مِنْ ذَلِكَ بِشَيْءٍ»

«Zul-hijjaning avvalgi o‘n kunligida qilingan amallardan ham ulug‘roq amal yo‘qdir. Yo Rosululloh, Alloh yo‘lida jihod qilish hammi? – deb so‘rashdi. Ha, Alloh yo‘lida jihod qilish ham, faqat Allohning yo‘lida joni va moli bilan chiqib, bulardan biron narsani orqasiga qaytarmagan kishi bundan mustasno, dedilar».

Mo‘minlar ushbu zul-hijjaning o‘n kunligida solih amal qilish bilan shodlangan Qurbon Hayitiga xush kelibsiz!

Hojilar ushbu buyuk farzni tamomlash bilan shodlangan Hajjul Akbar kuniga xush kelibsiz!

Musulmonlar bobolari Ibrohim alayhissalomdan o‘rnak olib, Alloh uchun qurbonlik qiladigan nahr kuniga xush kelibsiz!

Mo‘minlar «Allohu Akbar», deya hayqiruvchi takbir kunlariga xush kelibsiz!

O‘z navbatida men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari tomonidan hayit bayrami munosabati bilan yo‘llangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga etkazayotganimdan mamnunman.

Bu yilgi hayit butun dunyoda odamlar ahvoli yomonlashayotgan bir paytda keldi. Chunki dunyoga hukmronlik qilayotgan kapitalistik sistema insoniyat uchun yaroqli sistema bo‘lishga urinar ekan, bunda omadsizlikka yuz tutdi. Holbuki, bu sistema hayotni ilmoniy aqida bilan qorishgan me’moriy va madaniy ko‘rinishlar bilan to‘ldirib yubordi. Zero, ilmoniylik Allohning o‘z bandalariga qonun tuzib berish huquqini rad etadi. Oqibatda, odamzod ixtirolar va kashfiyotlar bilan to‘la olamda tashvish va iztiroblar iskanjasida yashamoqda. Zero, uning qalbi dunyo hayotidan keyin oxirat hayoti bo‘ladi, degan umiddan xoli bo‘lib qoldi… U qashshoqlik olovida jizg‘inak bo‘lib, bir burda non uchun o‘zini o‘tdan cho‘g‘ga urmoqda… foydasiz urushlar qurboni bo‘lmoqda… oyog‘i ostidagi boyliklardan mahrum qolmoqda… U o‘zi hukm chiqarmoqda. Shuning uchun xiyonat qilsa ham sharafga erishadigan bo‘lib qoldi… Xalqlar boyligini eb ularni qashshoqlashtirsa ham nafsi to‘ymayapti, hayotdagi yo‘lini yo‘qotishi ortidan minglab odamlarni qirg‘in qilmoqda. U o‘zligini shu darajada yo‘qotdiki, o‘zining qaysi jinsga mansubligini ham, hatto inson ekanligini ham bilmay qoldi.

G‘arb bizdan, texnologiya va tibbiyotga erishishimiz evaziga mana shunday o‘zligini va yo‘lini yo‘qotgan odam bo‘lishimizni istamoqda.

Ey musulmonlar!

Ko‘pchiligingiz o‘z yurtida tinch yasholmayapti. Kimingiz o‘z yurtida tinch yashayotgan bo‘lsa-da, ammo musulmonlar ahvolidan tashvishlangani uchun tinch uxlolmayapti, kimingiz repressiya yoki korruptsiyadan bezib, xorijga hijrat qilgan bo‘lsa-da, biroq o‘z vataniga qaytishga yuragi chopmayapti. Sizning bu holingiz ulug‘ sahobalar holi kabidir. Chunki ulardan ham kimlardir o‘z qarindoshlarinikidan boshpana topgan bo‘lsa-da, birodarlarining Quraysh qo‘lida ozor topayotganini o‘ylab, tinch uxlolmagan edilar. Yana ba’zilari Habashistonga hijrat qilgan esa-da, ammo u erda ko‘ngli to‘q-xotirjam yashay olmagan edi. Ba’zi birlarini o‘z qarindoshlari talab, azob-uqubatlarga solgan. Sahobalar shunday ahvolda yashab, nihoyat, Alloh ularga Yasrib (Madinai Munavvara)da Islom davlatini barpo etish bilan nusrat bergan. Alloh Rosuli ﷺ nuri ila munavvar qilgan Madina Islom davlatiga aylangan.

Ushbu zamondagi siz musulmonlarning holingiz ham o‘shandaydir. Hayotingiz himoyasiz va och bo‘rilarga talangan holda davom etmoqda. Va nihoyat, siz uchun aqidangizdan balqib chiqqan, manfaatlaringizni himoya qilib, shon-shavkatingizni qayta olib beradigan bir davlat qayta barpo bo‘lajakdir. Rosululloh ﷺning xizmatini qilgan Savbon roziyallohu anhu ul zotning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«يُوشِكُ أَنْ تَدَاعَى عَلَيْكُمُ الأُمَمُ مِنْ كُلِّ أُفُقٍ كَمَا تَدَاعَى الأُكَلَةُ عَلَى قَصْعَتِهَا»

«Bir kun kelib, xuddi ko‘ppaklar yaloqqa tashlangani kabi, sizga ham chor atrofingizdan xalqlar tashlanadi». (Imom Ahmad rivoyati).

Sizga bo‘layotgan bu hujumlarga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidan boshqa hech bir davlat barham bermaydi. Bas, biz sizni Xalifalikni qayta barpo etishga da’vat qilamiz. Chunki sizning azizligingiz ham, Robbingiz rizosi ham, Allohning zikridan yuz o‘girgan kimsaga etayotgan tang-baxtsizlikdan qutqaradigan ham Xalifalik davlatidir.

وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى * قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِي أَعْمَى وَقَدْ كُنْتُ بَصِيرًا * قَالَ كَذَلِكَ أَتَتْكَ آيَاتُنَا فَنَسِيتَهَا وَكَذَلِكَ الْيَوْمَ تُنْسَى

«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz». U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku», degan edi, (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-mo‘’jizalarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan»» [Toha 124-126]

Ey insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat!

«O‘z va’dasini bajarib bandasiga nusrat bergan, qo‘shinni qudratli qilib, (Rasululloh ﷺga qarshi turgan) ittifoqdosh kuchlarni yolg‘iz o‘zi mag‘lub qilgan Allohdan boshqa iloh yo‘q», deya xayqirgan ovozlaringiz osmonu falakni to‘ldirdi.

Ha, Nusrat Allohning dargohidan keladi. Biroq Alloh bu dunyodagi nusratni amalga bog‘lagan bo‘lib, mana bu so‘zni aytgan kimsani nusratdan mahrum qilgan:

فَاذْهَبْ أَنتَ وَرَبُّكَ فَقَاتِلا إِنَّا هَاهُنَا قَاعِدُونَ

«Bas, borgin, sen o‘zing va Parvardigoring ular bilan urishaveringlar. Biz esa mana shu erda o‘tirib kuturmiz» [Moida 24]

Keyin ularni mana bunday jazoladi:

فَإِنَّهَا مُحَرَّمَةٌ عَلَيْهِمْ أَرْبَعِينَ سَنَةً يَتِيهُونَ فِي الأَرْضِ فَلاَ تَأْسَ عَلَى الْقَوْمِ الْفَاسِقِينَ

«Alloh dedi: «Endi qirq yil mobaynida bu er ular uchun haromdir. Ular erda (sahrolarda) adashib-uloqib yururlar. Sen bu itoatsiz qavm (qilmishi)dan mahzun bo‘lmagin» [Moida 26]

Chunki Alloh Azza va Jalla rostgo‘ylarga va diniga yordam berganlarga nusrat beradi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُم

«Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida qadamlaringizni sobit-barqaror qilur» [Muhammad 7]

Bas, ushbu hayitda qaroringizni qayta qat’iy qiling. Biz sizni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga biz bilan birga harakat qilishga da’vat qilamiz, shoyad, Alloh barchamizni o‘z nusrati bilan siylasa, zero U duolarni ijobat qilguvchi zotdir.

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd…

Hayitingiz muborak bo‘lsin vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.