Qurbon hayiti tabrigi

49
0

Qurbon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

 Qadrli Qirg‘iziston musulmonlari, er yuzidagi jamiyki musulmonlarni, shu jumladan sizlarni Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Alloh Subhanahudan bu hayitni barcha musulmonlar uchun yaxshilik va rahmat hayiti aylashini hamda shonli va barokotli qilishini so‘raymiz.

 Qadrli musulmonlar, guvohi bo‘lib turganingizdek, kofir mustamlakachilar bu yil pandemiya bahonasi ortidan ko‘plab islomiy marosimlarimizni bajarishga to‘siqlar paydo qilishdi. Qurbon hayiti namozi o‘qilmasligi va odamlar to‘planib bayram qilmasliklari ham mana shu to‘siqlar jumlasidandir. Ammo ularning maqsadlari shubhasiz zavol topadi.

 Alloh taolo marhamat qiladi:

يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

“Ular Allohning nurini og‘izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar, Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O‘z nurini to‘la yoyguvchidir”. [9:32]

 Kofir davlatlar, ularning islomiy yurtlardagi hokimlaridan iborat malaylari va g‘arb hazorati bilan zaharlangan musulmon farzandlari, shuningdek, pul evaziga kofirlarga yollangan kimsalar tomonidan Islomga, uning qonun va hukmlariga hamda da’vatchilariga qarshi olib borilayotgan kurashlarga qaramay – Allohga hamdlar bo‘lsin – Islom Ummati kundan-kunga Islom va uning hukmlariga qaytishga yanada ko‘proq yaqinlashib borishmoqda va Xalifalik davlatining qaytishiga bo‘lgan istaklari yanada tobora kuchayib bormoqda. Ummatning Xalifalikni tiklash va Allohning hukmlarini er yuziga qaytarish uchun harakat qilayotgan da’vatchilarga “labbay” deb javob berishi ham bargan sari kuchayib bormoqda.

 Ey da’avatchi birodarlar, bu sizning muvaffaqiyatingiz, bu sizning harakatingiz natijasidir. Ey birodarlar, sizlar mana shu Buyuk Ummatning bir bo‘lagi, bo‘lganda ham oldingi safdagi bo‘lagisizlar. Chunki, sizlar Xalifalikni qayta barpo etish uchun harakat qiluvchisizlar. Sizlar bu yo‘lda bunga qadar ham “ekstermizm” bahonasi ortidan kofirlar va ularning malaylari tomonidan ta’qib qilib kelingansiz. Hozir ham ta’qib qilinmoqdasiz.

 Biroq, kofirlarning g‘arazgo‘y hujumlari, zolim hukmdorlarning ta’qiblari, rizq yo‘llarini to‘sib qo‘yishlari – bularning barchasi sizlarni sustlashtirmadi aksincha – sizlardagi quvvat, g‘ayrat va harakatni kuchaytirdi. Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Alloh Subhanahu aytadi:

الَّذِينَ اسْتَجَابُوا لِلَّهِ وَالرَّسُولِ مِنْ بَعْدِ مَا أَصَابَهُمُ الْقَرْحُ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا مِنْهُمْ وَاتَّقَوْا أَجْرٌ عَظِيمٌ

الَّذِينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ إِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَانًا وَقَالُوا حَسْبُنَا اللَّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ

“Ular Alloh tomonidan bo‘lgan ne’mat fazlu karam haqida hamda o‘zlariga jarohat – musibat etganidan keyin ham Alloh va Payg‘ambariga bo‘ysungan mo‘minlarning ajri-mukofotini Alloh zoe qilmasligi haqida xushxabar beradilar. Ular orasidagi chiroyli itoat qilgan va Allohdan qo‘rqqan zotlar uchun ulug‘ ajr-mukofot bordir. Unday zotlarga ayrim kimsalar: “Albatta, odamlar sizlarga karshi lashkar to‘plagan. Bas, ulardan qo‘rqingiz!”- deganlarida, ularning iymonlarini ziyoda qildi va: “Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U Zot eng yaxshi ishonchli vakildir!”, dedilar”. [3:172-173]

Ey birodarlar, Allohning nusrati yaqin, in sha Alloh.

Alloh Taolo marhamat qiladi:

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ بِنَصْرِ اللهِ يَنصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) xohlagan kishilariga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir”. [30: 4-5]

Yana bir bor Qurbon bayramingiz muborak bo‘lsin.

 Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.