Pandemiya Qirg‘iziston: Qarzlarning shartlari va qarzdorlik asirlari

44
0

Pandemiya Qirg‘iziston: Qarzlarning shartlari va qarzdorlik asirlari

 Qirg‘iziston hukumati bunga qadar yil oxirigacha qariyb 650 million dollar atrofida qarz olishini aytib kelgan edi. Endilikda bu raqam 742 million dollarga chiqdi. Hozirgi pandemiya sharoitida ushbu qarzlar orqali ikki katta falokat tomon ketayotganimizni ko‘rishimiz mumkin. Birinchisi, mustamlakachilar uzoq vaqtdan beri olib borishayotgan – qarzga botirish orqali boyliklarimizni tortib olish va xalqimizni qul qilish siyosatini davom ettirishmoqda. Ikkinchisi, “globalistlar” (ya’ni, mustamlakachi-kapitalistlarning) dunyo aholisi sonini qisqartirish, xususan, mustamlaka ostidagi uchinchi dunyo mamlakatlarining aholisi sonini keskin qisqartirish siyosati davom etmoqda.

 Bularni hozirgi pandemiya sharoitidagi qarzlar misolida ko‘rib chiqaylik. Birinchisiga to‘xtaladigan bo‘lsak, olinadigan 742 million dollar qarzning 506 million byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Boshqacha aytganda, ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqalarga sarflanadi. Bu esa qarz olib tarqatib berib o‘tiraveramiz degani.

 Ushbu qarzlarning navbatdagi katta qismi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Oddiy qilib aytganda bu quyidagicha bo‘ladi. Barchamizga ma’lumki, bizda tadbirkorlik deganda kichik va o‘rta biznes nazarda tutiladi (bizda iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan og‘ir sanoat mavjud emas). Bizdagi kichik va o‘rta biznes esa mustamlakachilar olib kelgan bizneslar bilan hech qachon raqobatlasha olmaydi. Shuning uchun bular iqtisodimizni inqirozdan olib chiqadigan narsa emas. Ulardan faqat hokimlarni boqayotgan bir nechta kompaniyalarning ishi yurishadi. Ular past foizli stavkalar bilan katta miqdorda qarz olishadi. Tabiiy boyliklarimizni xom ashyo shaklida arzon garovga sotishadi, ishchi kuchimizdan arzon foydalanishadi. Soliqlardan ham ozod qilinishadi. Keyinchalik, qarzni to‘lash vaqti kelganda sun’iy ravishda bankrot qilinadi va qarz davlat zimmasiga o‘tadi. Davlat esa xalq zimasiga yuklaydi. Bu bugungi kunda dunyoda hukmronlik qilayotgan mustamlakachi kapitalizmning tabiatidir, undagi mexanizmning o‘zi mana shunday. 

 Olinayotgan qarzlar ichida pandemiyaga qarshi ishlatiladigani ham bor. Biroq, bu ozgina miqdorni tashkil qiladi, buning sababi globalistlarning maqsadiga bog‘liq. Yuqorida ikkinchi halokat bu – globalistlarning maqsadi dunyo aholisini qisqartirish ekanligini aytib o‘tgan edik. Keling, buni birgalikda ko‘rib chiqamiz.

 Hozirga qadar chet eldan 330 million dollar olingan. Qolgani keyingi transhlar bilan keladi. Olingan mablag‘ning 113 million dollari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ajratilsa, koronavirusga qarshi tibbiy jihozlarga atigi 13 million dollar (!) ajratilgan. Bu nimani anglatadi? Demak, bu qarzlarning hech biri aholining sog‘ligi uchun mo‘ljallanmagan. Ushbu qarzlar xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan shartlar bajarilgan taqdirdagina beriladi. Birinchi transhlardagi shartlar bajarilsagina keyingi transhlarga yo‘l ochiladi.

 Shu o‘rinda hozir foydalanayotgan qarzlarimiz uchun qanday shartlar qo‘yilganiga bir nazar tashlab o‘taylik. Koronavirus pandemiya deb e’lon qilingach JSST o‘z “tavsiyalari”ni chiqardi va davlatlarni o‘zi belgilagan karantinga majbur qildi. Bu ayniqsa, uchinchi dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga halokatli zarba bo‘ldi. Ular shoshilinch tarzda xalqaro tashkilotlardan qarz so‘ray boshlashdi. Mana shunda mustamlakachilar o‘z maqsadlari yo‘lida pandemiya sharoiti uchun tuzgan rejalarini amalga oshirishga kirishdilar. Ularning maqsadi virus tufaylimi yoki uning oqibatlaridan kelib chiqadigan inqirozlar orqali bo‘ladimi – qisqasi, aholi sonini qisqartishdan iborat edi. Ushbu maqsad ularning davlatlarga berayotgan qarzlar evaziga qo‘yilgan shartlar ortida yashiringan.

 Buni Qirg‘iziston misolida ko‘rib chiqaylik. Qirg‘iziston bu qarzlarga erishish uchun ular qo‘ygan shartlarni qabul qildi. Masalan, virus yuqtirgan odamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni butunlay maxfiy qildi. Ba’zi odamlarning “men kasal emasman” degan videolarini “siljitib” chiqarib qo‘yishdi. So‘ng trollari orqali “virus yo‘q” degan ma’lumot tarqatishdi va odamlarda virusga nisbatan ishonchsizlik paydo qilishdi. (Bu odamlarni sun’iy kasal qilishi ham mumkin edi, chunki, virusning kirib kelish stsenariysining o‘zi soxta edi). Aslida so‘nggi vaqtlarda bo‘lgani kabi, qattiq og‘rib yotgan odamlarni, ularning nasihatlari ommaga ochiq e’lon qilinishi va odamlarga virus xavfini aniq ko‘rsatish kerak edi. Afsuski, buning aksi bo‘ldi. Natijada favqulotda holat bekor qilinishi bilan odamlar “bo‘shalib” ketishdi. Ularga virus tarqalgunga qadar atayin vaqt berildi. Bunga qarshi haqiqiy kurash olib borilmadi. Natijada virus keng tarqaldi (u qasddan tarqatilgan bo‘lishi ehtimoli ham mavjud).

 Virus tarqalganidan so‘ng nima bo‘ldi? Odamlar shifoxona eshigi oldida pnevmoniyadan o‘lib ketishdi. Biroq, ular koronavirusdan o‘lganlar ro‘yxatiga kiritilmadi. Agar ularni ham koronavirus toifasiga kiritilsa, u holda shifoxonalarga navbatsiz qabul qilish, bepul davolash kerak bo‘lar edi. Buning uchun byudjetdan harajat talab qilinadi. Qarzlar transhini olish uchun esa byudjet harajatlarini qisqartirish shart. Aslida, koronavirus oxir-oqibat pnevmoniyaga olib kelishi dunyo tajribasidan ma’lum edi. Shuning uchun barcha vositalardan foydalangan holda unga tayyorgarlik ko‘rish kerak edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti buni bilmaganmi? Qirg‘iziston hukumati buni bilmaganmi?!.

 Yuqorida ma’lum bo‘lganidek, olingan 330 million dollar qarzning atigi 13 millionigina tibbiy jihozlar sotib olishga ishlatilgan. Pnevmoniya koronavirus sababli kelib chiqishini faqat kompьyuter tomografiyasida aniqlanadi. COVID-19 va pnevmoniya birlashtirilgunga qadar pnevmoniyadan 600dan ziyod odam vafot etdi. Ikkisi birlashtirilganda kunlik yo‘qotish 83 kishigacha etdi. Bugungi kunga qadar COVID-19 dan 1329 kishi vafot etdi. Kompьyuter tomografiyasi esa hatto hozir ham etarli emas. Kecha, 27-iyulda prezident va bosh vazir hududlarni kompьyuter tomografiyasi bilan ta’minlash masalasini muhokama qilishdi. Biroq, bu apparat bundan keyin ham etarli bo‘lmaydi.  

 Xulosa qilib aytganda, mustamlakachilarning aholi sonini qisqartirish rejasi amalga oshayotgani va bizning hukumatdagilar ularning shartlarini qabul qilib, rejalarini amalga oshirayotganini ko‘rishimiz mumkin.

 Ey musulmonlar, sizlar xali ham Islomga yuzlanish o‘rniga mustamlakachilarning aldamchi tuzoqlariga aldanib yuraveradigan bo‘lsangiz, u holda ko‘rganizdan ko‘ra ko‘radigan balolar ko‘pligicha qolaveradi. Shuning uchun Islomingizni o‘rganing va unga talpining! Bu mustamlakachi-kapitalistlar zulmidan qutulishning yagona yo‘li hamda dunyo va oxirat baxtining kalitidir. Kofir kapitalistlar hozirgi pandemiya sharoitidan ham Islomga qarshi kurashda foydalanib qolishga harakat qilishmoqda. Shu sababli taroveh, iftor, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, juma va hayit namozlari, hatto Haj ziyoratini ham pandemiya qurboniga aylantirishmoqda. Sizlar Islomni mahkam ushlab, ularga qarshi turing! Agar qarshi turmay, bir shartiga itoat qilsanglar, keyingi talablarni qo‘yishadi, natijada hech narsasiz qolasizlar. Boshqacha aytganda, dunyo va oxiratinglarni qo‘ldan chiqarasizlar, bundan Alloh saqlasin…

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.