Ismailova: Azimjon Asqarov o‘zini O‘zbekistonda dafn etishlarini vasiyat qilgan

45
0

Ismailova: Azimjon Asqarov o‘zini O‘zbekistonda dafn etishlarini vasiyat qilgan

Qirg‘izistonlik huquq faoli Azimjon Asqarov O‘zbekistonda dafn etiladi. Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga “Bir duyno – Qirg‘iziston” inson huquqlari tashkiloti rahbari To‘leqan Ismailova ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, marhum huquq faoli o‘limi bo‘yicha ekspertiza natijalari 27 iyulь kuni ochiqlanadi, shundan so‘ng rafiqasi Xadicha Asqarova Azimjon Asqarovning vasiyatini bajarib, mayitni O‘zbekistonda dafn etish niyatida.

“27 iyulь kuni biz Asqarovning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun elchixonaga boramiz. U xotiniga o‘zini yomon his qilayotganini aytgan va mabodo olamdan o‘tgudek bo‘lsa, o‘zini O‘zbekistonga dafn etishni so‘ragan”, degan T. Ismailova.

U hamkasbining qamoqda vafot etgani munosabati bilan hukumatni sudga bermoqchi ekanini, Qirg‘iziston qamoqxonalarida aybi tegishlicha isbotlanmay turib jazo o‘tayotgan mahkumlar kam emasligini qo‘shimcha qilgan.

Umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan 69 yoshli Azimjon Asqarov 25 iyulь kuni Bishkekdagi 47-koloniyada jon taslim qilgan.

2016 yil aprelida BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Qirg‘iziston rasmiylarini jalolobodlik huquq faolining ishini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Qo‘mita o‘z qarorini noqonuniy qo‘lga olish, qiynoqlar qo‘llash va Azimjon Asqarovni og‘ir sharoitlarda saqlab turilishi bilan asoslagan. Qirg‘iziston sudi ishni yangi holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqqan, biroq hukmni o‘zgarishsiz qoldirgandi.

Tahlil: Azimjon Askarov milliy nizo qurboniga aylandi. U inson odamlarni tuzum zulmidan shu tuzumning inson haq huquqlari rezolyutsiyalariga muvofiq himoya qilishga harakat qilardi. Ba’zida shijoatlanib tuzumning Islom va musulmonlarga nisbatan zulmlarini bartaraf qilishga kirishib, zolim kuch strukturalari va nufuzli organ xodimlari bilan keskin kurashga kirishar edi.

2010 yili etakchi guruh millatchi to‘da ta’siri ostida, ya’ni O‘zbek va Qirg‘iz millatchi etakchi guruhi muvaqqat hukumat bilan birlashib O‘sh voqeasini uyushtirishdi. Milliy adovatlarni avjiga chiqargan etakchi guruh siyosatchilari vaziyatdan foydalanib, o‘zlariga noqulay bo‘lgan O‘zbek separatist siyosatchi, boy-badavlat va boshqa noqulay kuchlarni tozalab tashlashga harakat qildi. Ular bu maqsadlariga etishda, O‘sh voqe’asidan keyin paydo bo‘lgan milliy adovat va nizo muhitidan foydalanishdi! Shulardan biri Azimjon Askarov edi.

Endi “inson huquq himoyachilari” birlashib, Asqarovni o‘ligini O‘zbekistonga olib o‘tishmoqchi. Ular Asqarovni tirigini turmadan chiqara olishmagach, o‘ligini O‘zbekistonga olib o‘tishga erishish bilan, yo‘qotgan obro‘ylarini tiklab olishmoqchi. Lekin bu harakat milliy adovatni qayta qo‘zilishiga sabab bo‘lishi va ikki davlat o‘rtasidagi milliy keskinlikni paydo qilishi mumkinligi ularni qiziqtirmayapti.

Aslida Asqarov millat qurboniga aylangani yo‘q. U tuzum qurboniga aylandi. Tuzum o‘zi paydo qilgan milliy adovatlarlardan foydalanib, o‘ziga noqulay shaxs va tashkilotlardan tozalanib oldi. Asqarov o‘zi butun umr xizmat qilgan sistema qurboniga aylandi desak to‘g‘ri bo‘ladi!

Endi ular Asqarovning o‘ligini ko‘mishga bermay, jasaddan ham o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib qolishmoqchi. Aslida mayyitni ko‘mish tiriklarning vazifasi. Asqarov qanday odam bo‘lgan taqdirda ham, u musulmon edi. Uni qaerga va qanday shart-sharoitlarda ko‘mish, ortida qolgan biz musulmonlarning vazifamizdir. Har qanday musulmon, u xoh zolim yoki fozil bo‘lsin farqi yo‘q, endi u mayyit xolos. Uni kafanlab, shariy hukumga muvofiq erga berish tirik musulmonlarni vazifasi.

Demokrat kufr huquq himoyachilari mayyitni bir necha kunlardan beri hor qilib, o‘z maqsadlari yo‘lida undan foydalanishmoqchi. Biz bu dinsiz odamlarga musulmon odam mayyitini tashlab qo‘yib, xotirjam o‘tirishimiz durust emas! Buni muftiy va ulamolar kengashi ham, juda yaxshi bilishadi. Balki bu vaziyatgi shariy tus berish, ularning zimmasidagi vazifasidir!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.