O‘tish davri hukumati eski rejim izidan borib, Xalqaro Valyuta Fondining ko‘rsatmalariga bo‘ysunmoqda

38
0

O‘tish davri hukumati eski rejim izidan borib, Xalqaro Valyuta Fondining ko‘rsatmalariga bo‘ysunmoqda

Xalqaro Valyuta Fondi Sudan iqtisodi strukturasini isloh qilish uchun Xartum hukumati bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Ushbu fondning 2020 yil 23 iyun seshanba kuni chiqargan bayonotida aytilishicha, Sudan hukumatidan kelgusi o‘n ikki oy ichida ushbu fond nazorati ostida islohot dasturini ijro qilish talab qilinadi.

Ma’lumki, Xalqaro Valyuta Fondi bugungi kunda olam iqtisodi uzra hukmron bo‘lib turgan kapitalistik nizom muassasalaridan biridir. Shuning uchun u iqtisodda kapitalistik asosga tayanadi va u mustamlakachilik qurollaridan biridir. Yirik kapitalistik davlatlar ushbu fond orqali siyosiy jihatdan zaif bo‘lgan Sudan kabi davlatlarning er osti boyliklarini to‘liq o‘zlashtiradi. Yana ma’lumki, ushbu fond taqdim etayotgan retseptlar o‘z ishiga mag‘lub bo‘lgan xalqlarning hayotini farovon qilishga emas, balki mahalliy valyutaning oldi-sotdidagi kuchini yo‘qotishga qaratilgandir. Toki vahshiy kapitalistik davlatlarga kerak bo‘lgan yurt xom ashyolarini o‘g‘irlash oson bo‘lsin. Xalqaro Valyuta Fondi eski rejimga ham xuddi shu ko‘rsatmalarni iqtisodiy islohot nomi ostida bergan edi. Jumladan yoqilg‘i, elektr energiyasi va nonning narxini oshirish hamda Sudan valyutasi almashtirish kursini erkinlashtirish kabilar… Ishdan olingan Bashir rejimi ushbu ko‘rsatmalarni tatbiq qilgach, narxlar oshgan, qashshoqlik kuchaygan va valyuta narxi tushib ketgan bo‘lib, bu rejimning qulashiga olib kelgan edi. Bugun esa, o‘tish davri hukumati xuddi shu chuqurga tushib, Xalqaro Valyuta Fondining halokatli retseptlariga bo‘ysunishda eski rejim izidan ketmoqda.

Rejim non va yoqilg‘i narxini oshirgach, hayot toqat qilib bo‘lmas jahannamga aylandi. Milliy valyuta esa, inflyatsiyaga uchrab, mikroskop bilan ham ko‘rib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. Sudan iqtisodi esa, parchalanish arafasiga kelib qoldi. Lekin shunga qaramay, bugungi rejim eski rejim izidan borib, Xalqaro Valyuta Fondi retseptlarini ijro qilmoqda. Rejim bunda 2020 yil 25 iyun payshanba kuni Berlinda yig‘iladigan donor davlatlardan umid qilmoqda.

Ey Sudan ahli! Sizlar bu botqoqdan Robbingiz manhajiga qaytish hamda haq va adolat davlati bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqaligina xalos bo‘lasiz. Xalifalik iqtisodni Ummat foydasiga boshqaradi, boyliklarimizni talon-toroj qilayotgan mustamlakachilarning qo‘lini kesadi va ishlaringizni sizlarga xotirjam va yaxshi hayotni ro‘yobga chiqaradigan darajada nazorat qiladi. Shuning uchun Hizb ut-Tahrirning faoliyatiga qo‘shiling, chunki unda siz uchun dunyo va oxiratda yaxshilik bordir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُون

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.