Husiylar bilan Saud oilasi hokimlari o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?!

42
0

Husiylar bilan Saud oilasi hokimlari o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?!

Husiylar o‘zlarining sputnik kanallari, sahifalari orqali hamda turli xitoblari orqali vaqti-vaqti bilan ko‘rinib qoladilar. Ularning oxirgisi qo‘zg‘olon gazetasining 2020 yil 25 iyun payshanba kungi sonidagi maqola bo‘lib, unda Saud oilasi hokimlari bu yil hojilarni Masjidul Harom va haj ibodatidan man qilayotgani haqida aytilgan. Husiylar yana Saud oilasi hojilarni ibodatdan birinchi marta qaytarmayotgani, bundan bir necha yillar oldin ham soxta da’volar orqali undan qaytarganlarini ta’kidlashdi. Shuningdek, musulmonlarni Allohning uyini ziyorat qilishdan to‘sishning gunohi jinoyatchi Saud oilasi hokimlariga tushishi haqida aytishdi.

Husiylar o‘zlarini Allohning dini himoyachilari qilib ko‘rsatsalarda, yaxshilab kuzatgan odam Husiylar va Saud oilasi hokimlari o‘rtasida ko‘p o‘xshashliklar bor bo‘lib, bu ularni bir xil narsaga aylantirib qo‘yganiga guvoh bo‘ladi. Shunday ekan, ularni bir xil narsaga aylantirayotgan o‘xshashliklar nimadan iborat?

Avvalo har ikkisi ham hukumatni egallash uchun shar’iy yo‘l tutishmagan. Chunki hukumatga chiqish uchun shariatga xilof ravishda moddiy kuch ishlatishgan. O‘z ortlaridan jangning ikki jabhasida qatl qilingan va jarohatlanganlardan iborat qurbonlarni qoldirishgan. Darhaqiqat, Saud oilasi hokimlari o‘z qal’alaridan qanday chiqishgan bo‘lsa, Husiylar ham shunday chiqishdi. Bunda har ikkisi ham hukumatni egallashdan boshqa narsa haqida bosh qotirishmadi. Abdulaziz Abdurrahmon Oli Saud Riyozga qon to‘kib kirib borgani kabi, Husiylar ham hisobsiz odamlarni qatl qilishdi. Husiylar va Saud oilasi hokimlari musulmonlarning qonini to‘kishni halol qilishdi, holbuki Alloh Taolo uni harom qilgan edi.

Saud oilasi hokimlari o‘zlaridan bo‘lmagan musulmonlarni kofir hisoblashdi hamda ularning qonini to‘kishdi, nomusini toptashdi va mol mulkini talon-toroj qilishdi. Ular Makkaga kirishgach, u erdagi ulamolarni o‘zlarini kofir deyishlariga va ularning qo‘llarida Islomga kirishga majburlashdi. Husiylar esa, Abdulmalik Husiy boshchiligida agar musulmonlar tavba qilishmasa, Husiylarga qo‘shilmasa va ularning bayrog‘i ostida musulmonlarga qarshi jang qilishmasa, ularni munofiq deya ayblashdi.

Har ikki taraf, ya’ni Husiylar va Saud oilasi hokimlari hukumatni olishda ichki emas, xorijiy omilga suyanishdi. Saud oilasi hokimlari barcha g‘alayonlarida inglizlarga suyanishgan. Husiylarni esa, Amerikaliklar olib kelgan va ular musulmonlar omonligini boshqalar qo‘liga topshirishgan.

Ikkala guruh ham Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritish shiorini ko‘tarishgan. Lekin Saud oilasi hokimlari dinni davlatdan ajratishga qaror qilishgach, hukumat Abdulaziz va uning avlodi uchun bo‘lsa, fatvo chiqarish Muhammad ibn Abdulvahhob oli shayx avlodiga qoldi. Husiylar ham ularning izidan borib, dinni hayotdan ajratishga qaror qilishdi. Natijada, boshqaruv fuqarolik davlati, ya’ni «Zamonaviy Yaman davlati»niki bo‘ldi. Ushbu davlatdagi boshqaruv ikki qismga bo‘lindi, birinchi qism oliy siyosiy kengash bo‘lsa, ikkinchi qism qur’oniy harakat bo‘ldi. Qur’oniy harakatga Sa’da shahrining Kufuf Miron degan joyidan bo‘lgan Abdulmalik etakchilik qildi.

Ikkala guruh ham aslida odamlardan alohida yaxlit Ummat bo‘lgan musulmonlarni bo‘lib yubordi. Saud oilasi o‘zlaridan boshqa musulmonlarni zalolatda va shia (shialar Rosululloh ﷺdan keyin boshqaruv Ali ibn Abu Tolibga qolishi kerak edi deyishadi) deb hisoblaydigan salaflar minhoji asosidagi salafiylik tushunchasini qabul qilishdi va unga chaqirishdi. Ular Alloh Taoloning quyidagi

وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعاً وَلَا تَفَرَّقُوا

«Barchangiz Allohning arqonini mahkam ushlangiz va bo‘linmangiz!» [Oli Imron 103]

oyatini ortga uloqtirdilar.

Qachon musulmon yurtlarda yangi hokim paydo bo‘lsa, Ummat uni sobiq hokimlar amalga oshirgan jinoyat va zulmlarga chek qo‘yadi va olamlar Robbisi rozi bo‘lgan din, ya’ni Islom bilan boshqaradi deb o‘yladi.

الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِيناً

«Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim» [Moida 3]

Lekin o‘sha hokim boshqaruvga kelgach, zulm va jinoyatlarni oldingidan ham ko‘proq amalga oshirar hamda musulmonlarni Islom siyrati va hidoyatidan uzoqlashtirar edi.

Albatta Islomiy Ummat Islom bilan boshqaradigan, saflarni birlashtiradigan va La ilaha illalloh kalimasini aytgan insonni musulmon deb hisoblaydigan kishidan boshqasini xohlamaydi. Barcha bilib qo‘ysinki, faqat ikkinchi roshid Xalifalikkina musulmonlarni jamlaydi. Kofir davlatlar kecha Ummat erlarini bosib olib, musulmonlar orasida turli fitnalar tarqatgan va uni mayda davlatchalarga bo‘lib yuborgan bo‘lsa, Xalifalik tiklangach, uni birlashtiradi. Xalifalik taxminan yuz yil hayotdan g‘oyib bo‘lgandan keyin albatta qaytajak. Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«So‘ng Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», bu ulug‘ farzga sizlarni ham chaqiramiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.