Ayo Sofiya masjidi qanday ahamiyatga ega, u nega yopilgan, ochilishi qanday bo‘ldi, nima uchun undan foydalanib qolishyapti?!

43
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ayo Sofiya masjidi qanday ahamiyatga ega, u nega yopilgan, ochilishi qanday bo‘ldi, nima uchun undan foydalanib qolishyapti?!

As’ad Mansur qalamiga munsub

Rosululloh ﷺning Istanbul fathi haqidagi bashoratlariga binoan musulmonlar uni fath qilish uchun hijratning birinchi asri o‘rtalaridayoq harakat qilganlar… U paytda Islom davlati buyuk Xalifalik davlatiga aylanmagan hamda eng yirik Fors va Rim imperiyalari hali yiqitilmagan edi. Rosululloh ﷺ

«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»

«Konstantinopol albatta fath qilinadi. Uni fath qiluvchi amir naqadar yaxshidir, uni fath qiluvchi qo‘shin naqadar yaxshi qo‘shindir», deya bashorat qilgan edilar. Yana bir hadisda kelishicha, Rosuli akramdan «Qaysi shahar birinchi fath qilinadi, Konstantinopolmi yoki Rimmi? deb so‘rashganda ul zot, Irakli shahri birinchi fath bo‘ladi (ya’ni Konstantinopol), deya javob berdilar». Shunday qilib, hijriy 857 yil, milodiy 1453 yilda fath sharafiga Muhammad Fotih va uning qo‘shini sazovor bo‘ldi.

Musulmonlar bu shaharni o‘lja sifatida qo‘lga kiritdilar. Chunki u jang bilan fath qilindi. Buning boisi shundaki, Ayo Sofiyadagilar – xuddi Quddusi sharif fath qilingan paytdagi umariyya shartnomasida bo‘lganidek – mol-mulk va cherkovlarga tegilmasligi to‘g‘risidagi kelishuvdan bosh tortib, jang qilish fikrida qat’iy turishgan. Amir bunday holatda shariat ahkomlariga muvofiq, o‘zi istaganday ish tutishi joiz. Bu xuddi Rosululloh ﷺ zamonasida Xaybar fathida bo‘lgan hodisaga o‘xshaydi. Shu sababli, Muhammad Fotih shaharni fath qilgach, Ayo Sofiya cherkovini masjidga aylantirdi. O‘shanda Bunga Vatikan papasi norozilik bildirgan edi, Muhammad Fotih unga «Ayo Sofiyani ibodat qilinadigan joy sifatida qoldirdim. U shunday sharafga sazovor bo‘ldi. Biroq yaqinda Rimga etib borib, Vatikan cherkovini otxonamga aylantiraman», deya javob yo‘lladi. Darhaqiqat, u kishi buni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rishni boshlab ham yuborgan. Zero, bu Rosululloh ﷺning ikkinchi bashoratlaridir. Ammo Muhammad Fotih orzusi ushalmay vafot topdi. Ayo Sofiya cherkovi Sharqiy pravoslav cherkovining markazi hamda Vizantiya imperiyasining ramzi edi. Chunki u imperator Yustinian I zamonida qurilgan. Shuning uchun uning masjidga aylantirilishi Vizantiya imperiyasi qulashining ramzi sifatida hamda Rim imperiyasining va Rimdagi g‘arbiy katolik cherkovining yo‘q bo‘lishi, Islomning esa, buyuk nusrati sifatida qabul qilindi. Bu haqda italiyalik tarixchi missioner Liuti «Ispanlarning Ispaniyadan musulmonlarni quvib chiqarishlari musulmonlarning Vizantiya davlatini yiqitib, Konstantinopolni bosib olishlariga teng kelolmaydi», dedi.

Keyin jinoyatchi Mustafo Kamol kelib, 1924 yil 3 mart kuni tarixdagi eng ko‘hna va eng buyuk davlat bo‘lgan Xalifalik davlatini qulatdi… Unga Allohning la’nati bo‘lsin. U shariatni va Islom marosimlarini buza boshladi, musulmonlarga zulm qilib, turli vositalar bilan Islomlaridan burishga harakat qildi, yurtda razolat va buzg‘unchilikni keng yoydi. Hatto 1930 yil islohotlar o‘tkazish, degan dastak bilan Ayo Sofiya masjidini yopib qo‘ydi. 1924 yil 24 noyabrda o‘z hukumati nomidan uni muzey qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. 1935 yil 1 fevralda muzey sifatida ochildi. Istanbul fath qilingan paytda, uning devorlarida nasroniylarning shirk suratlari aks etgan edi. Shuning uchun – aytishlariga qaraganda – suratlarni ohak bilak yupqa qilib suvab tashlangan. Biroq mening gumonimcha, bu suratlar masjid yopilgan yillari yangidan chizilgan, bo‘lsa kerak. Chunki o‘sha paytda uni cherkovga aylantirish talablari bo‘lgan, ammo buni talab qilgan nasroniylar ozchilikni tashkil qilishgan. Shu sabab, musulmonlar tomonidan kuchli reaktsiyasi kelib chiqishi mumkinligidan qo‘rqib, muzeyga aylantirilgan.

Darhaqiqat, o‘tgan asrning saksoninchi yillarida islomiy uyg‘onish tobora kuchaya boshlagan bir manzarada Ayo Sofiyani masjid sifatida o‘z asliga qaytarish talablari ham kuchayib bordi. 2005 yil Ismoil Kandemir boshchiligidagi «Atrof muhit va tarixiy osorlarga doimiy xizmat Vaqfi» jamiyati nomidan Ma’muriy sudning o‘ninchi bo‘limiga Ayo Sofiyani qayta masjidga aylantirish to‘g‘risida birinchi marta da’vo ochildi. Ammo sud bunga rad javobi bildirdi. 2008 yilda yana bir urinish bo‘ldi, sud uni ham rad etdi. Keyinchalik,  2016 yilda ushbu jamiyat yana bir marta da’vo ishi ochdi va bunga ham sud tomonidan rad javobi berildi. Ammo 2016 yil masjid yopilganidan buyon birinchi marta Ayo Sofiyada azon aytilishiga, uning bir qismida namoz o‘qilishiga va doimiy bir imom tayinlanishiga ruxsat berildi. Joriy yilda uni masjidga aylantirish talablari kuchayar ekan, ushbu jamiyat 2020 yil 2 iyulda yana da’vo ochdi. Shundan so‘ng Ma’muriy sudning o‘ninchi bo‘limi o‘zining avvalgi qarorini bekor qilish va Ayo Sofiyani qayta masjidga aylantirib, ibodat uchun ochib qo‘yish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Shunday qilib, musulmonlar o‘z ulug‘vorliklaridan bo‘lgan bir osorni unutmay, uni qayta tikladilar. Shunga asosan, Xalifalikni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorning bekor etilishini va qayta barpo etilishini ham talab qilmoqlari kerak. Chunki Xalifalikni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror botil qaror bo‘lib, o‘shanda kengashda ko‘pchilik ovozni ham olmagan, balki yomonligi eru-ko‘kka sig‘maydigan kimsalarning ovozi bilangina qabul qilingan. Shuningdek, musulmonlar bu kufr dasturlari va qonunlarini hamda Mustafo Kamol va undan keyingi kimsalarning zolimona qarorlarini ham bekor qilishni talab qilmoqlari lozim.

Ammo bundan foydalanayotgan Erdoganga kelsak, u 2023 yilda bo‘lajak prezidentlik saylovlari oldidan o‘z hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilyapti. Chunki so‘nggi yillarda uning boshqaruvida ancha darz ketishlar kuzatildi… Masalan, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda yirik shaharlarda, ayniqsa, Istanbulda yutqazdi. Vaholanki, uning o‘zi «kim Istanbulda zafar qozonsa, butun boshqaruvni qo‘lga kiritadi», deb aytgan edi. Bundan tashqari, Erdoganning xalq bazasi hisobiga, avvallari o‘z partiyasidan bo‘lgan bir nechta rahbarlar, asosan, Dovudo‘g‘li va Alibobojon boshchiligida ikkita partiya tuzildi. Yana bir tarafda Turkiya bo‘ylab iqtisodiy krizis murakkablashib, odamlarning og‘ir turmush tarzlari va noroziliklari ortib bormoqda. O‘z navbatida, bu narsa Erdoganga nisbatan g‘azabni oshirib, uning obro‘sini tushiradi. Erdogan bularni hal etolmadi, balki azob-uqubatni tinchlantiruvchi dorilar orqali engillatishga urinib, krizisni yanada chuqurlashtirmoqda. Misol uchun, bozorni faollashtirish maqsadida odamlar uy-joylarni sotib olishlari uchun ularga past foizli kredit berish to‘g‘risida qaror chiqardi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bu halol degan botil fatvosi bilan chiqarilgan bu qaror sababli odamlarda bunga nisbatan qiziqish kuchaydi. Biroq natija yanada yomon bo‘ldi… Chunki uy-joylar narxi oshib ketib, odamlar ushbu harom ribodan foyda ko‘risholmadi, aksincha, ular zarar ko‘rib, bo‘yinlaridagi qarz yuki yanada og‘irlashdi. Bundan tashqari, Shom ahlini aldashi hamda Rossiya bilan hamkorlik qilishi, Suriya qo‘zg‘olonini yo‘q qilish, undagi islomiy loyihani barbod etib, u erdagi ilmoniy rejimni saqlab qolish maqsadida Amerika bilan aloqa qilishi, ko‘pchilik qo‘zg‘olonchilarni Liviyaga olib borish bilan AQSh rejasini bajarishi… bu qilmishlarining barchasi odamlar g‘azabini keltirayotgan edi.

Ayo Sofiya voqeasi musulmonlar tuyg‘usini qo‘zg‘ab, ba’zilar Erdoganni maqtay boshlashdi. Shuni unutmaslik kerakki, Ayo Sofiyani masjidga aylantirish qarori adolatsiz qarorni tuzatish uchun bo‘lgan esa-da, ammo Islomni tatbiq qilish natijasida amalga oshmadi. Muhammad Fotih rohimahulloh esa, uni Xalifalik tuzumida Islomni tatbiq qilish orqali masjidga aylantirgan edi. Agar Islom to‘liq tatbiq etilmasa, kufr dasturlari va amaldagi qonunlar ilmoniylik asosida tatbiq etilaversa, mustamlakachi kofir davlatlar va ularning ittifoqchilari bilan bo‘lgan aloqa uzilmasa va dushman bazalari yopilmasa Turkiyada hech qanday tub o‘zgarish sodir bo‘lmaydi, eski vaziyat davom etaveradi. Xuddi 2016 yil 29 yanvarda bo‘lgani kabi. O‘shanda Turkiyada maktab va universitetlarda shar’iy libos kiyishni taqiqlovchi qonunni bekor qilish haqida qaror chiqqan. Bu qarorni 2014 yilda da’vo ishi ochilgandan so‘ng Ma’muriy sudning sakkizinchi bo‘limi qabul qildi. Biroq ayollarning ochiq-chochiq yurishi davom etaverdi, balki avvalgidan ham yomonlashdi. Erdogan bu holdan ko‘z yumib, hech kimning birovning shaxsiy erkinligiga aralashishga haqqi yo‘qligini da’vo qildi! Bu bilan ma’rufga buyurish va munkardan qaytarish farziga ochiq qarshi ish qildi! Chunki ilmoniylik kufr bilan imonni do‘st bo‘lishini istaydi, taqvo bilan buzuqlik, iffat bilan fisq-fujur, ibodatxonalar bilan islovotxonalar birga yashashini xohlaydi… Shuningdek, Parvardigorga qullik qiluvchi kishining demokratik tuzumda Allohning boshqaruviga sherik bo‘lishini istaydi. Toki, haq hukmron bo‘lmasin, botil bardavom bo‘lsin!

Rosululloh ﷺning

«ثُـمَّ تَكُونُ خِلاَفَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», degan mashhur bashoratlari talab ma’nosini, ya’ni, barpo qilishga bo‘lgan buyruqni ifodalaydi. Shu bois, xuddi kecha ajdodlar Rosululloh ﷺning Konstantinopolni fath qilish haqidagi bashoratlarini ro‘yobga chiqarganlari kabi, bugun xolis avlodlar ham ul zotning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik barpo etilishi haqidagi bashoratlarini ro‘yobga chiqarish uchun faoliyat olib bormoqdalar.

Roya gazetasining 2020 yil 22 iyul chorshanba kungi 295-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.