Misrga balo uning rejimidan kelmoqda, resurslar etishmovchiligidan emas

30
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misrga balo uning rejimidan kelmoqda, resurslar etishmovchiligidan emas

Ustoz Said Fazl qalamiga mansub

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zosi

Go‘yo koronavirus krizisi Misr rejimiga tayyor bahona bo‘lish uchun yuz bergandek. Go‘yo rejimning yurtdagi krizis va muammolarni bartaraf etolmayotganiga, ularga qarshi kurashish echimini berolmayotganiga koronavirus tayyor bahona bo‘lishi uchun kelgandek. Masalan, rejim Xalqaro Valyuta Fondidan to‘xtovsiz kredit oldi, kreditni me’yordan ziyod olgani uchun Fond Misrga protsent stavkasini oshirib qo‘ydi… Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan ulkan global va mahalliy iqtisodiy tartibsizliklar manzarasida moliyaviy xavflar yuzaga kelishidan va qarzlarning o‘sishidan ogohlantirdi. 2020 yil 8 iyul kuni «Arabiy jadid» nashrida aytilishicha, «Misrning tashqi qarzi 2020 yil iyun oyi oxirida 124 milliard dollarga etgan. Bundan oldin 2019 yil dekabr oyida bu qarz 112.67 milliard bo‘lgan. Undan oldin 2014 yil iyun oyida esa, 46 milliard dollar edi». Manbaning 2020 yil 15 iyundagi xabariga ko‘ra, Misr Markaziy banki chiqargan yaqindagi bayonotida joriy yilning dastlabki ikki oyi ichida hukumatning juda katta miqdorda pul bosib chiqargani aytiladi. Moliya tahlilchilari va bankirlar keyingi oylarda, ayniqsa, ko‘plab sohalarda ishlab chiqarish pasaygan va turizm to‘xtagan bir paytda, bundan ham ko‘proq hajmda pul bosib chiqarilishi mumkinligini aytishdi. «Arabiy Jadid»ning o‘tgan aprel oyi uchun chiqarilgan statistik ma’lumotlarga tayanib xabar qilishicha, yanvar va fevral oylarida bosib chiqarilgan pul hajmi taxminan 14.4 milliard Misr junayhini tashkil qilgan. Yilning ikkinchi oyi so‘nggida chiqarilib, muomalaga kiritilgan naqd pullarning umumiy hajmi 559.15 milliard Misr junayhini (34.5 milliard dollarni) tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yil dekabr oyi so‘nggida 544.7 milliard Misr junayhini tashkil qilgan. O‘tgan yilning fevral oyida bosib chiqarilnan naqd pullar 480 Misr junayhini tashkil qilganini e’tiborga olganda, har yili bosib chiqarilayotgan pullar taxminan 79.1 milliard Misr junayhiga etgan.

AQShda chiqadigan «Forin polisi» jurnali nashr qilgan maqolada ta’kidlanishicha, Misrning Xalqaro Valyuta Fondidan to‘xtovsiz kreditlar olayotgani Misr sobiq bosh vaziri Hozim Babloviy bilan bog‘liqdir. Chunki Robia maydonidagi namoyishchilar qirg‘inini nazorat qilgan bu kimsa hozirda Fond ko‘rsatmalarini ijro etish ishiga rahbardir. Ayni Fondning ijroiy kengashi o‘tgan 26 iyunda Misrga qo‘shimcha 5.2 milliard dollar kredit berilishiga ovoz bergan. Vaholanki, inson huquqlari tashkilotlari buncha mablag‘ning korruptsiya amaliyotlariga nishon bo‘lib qolayotganidan ogohlantirishgan. Ammo «Forin polisi» jurnaliga ko‘ra, bu mablag‘ Misrning koronavirus pandemiyasidan jiddiy ziyon ko‘rgan iqtisodiy muammolarini qoplashga qaratilgan, shuningdek, minglab siyosiy mahbuslarga, shu jumladan, Amerika fuqarolaridan bo‘lgan siyosiy mahbuslarga qiynoq qo‘llanishiga bosh-qosh bo‘layotgan Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiyga hamon tarafdor kimsalarni mukofotlashga ham sarflanmoqda.

2020 yil 6 iyunda «Quds Arabiy» gazetasida ta’kidlanishicha, Misrdagi iste’mol mollari narxlarining yillik inflyatsiyasi o‘tgan may oyidagi 5 %ga nisbatan iyun oyida 6 %ga tezlashgan.

Bularning barchasi, Misr rejimi Sharqiy Sahroda oltin zaxirasi kashf etilgani va uning qiymati bir million untsiyadan ziyod ekanini e’lon qilgan bir paytda sodir bo‘lmoqda. Sal avval esa, rejim yurtning tabiiy gaz bilan o‘zini o‘zi ta’minlashiga etarli bo‘lgan miqdorda yirik gaz topilganini ma’lum qilgan edi. Rejimga qarashli ommaviy axborot vositalari hozirda Misrning ushbu o‘zini o‘zi ta’minlashdan qanday yutuqni qo‘lga kiritishi haqida hamda Sisiyning yurtni rasman boshqargan 6-7 yil ichida qanday yutuqlarni qo‘lga kiritgani to‘g‘risida gapirishyapti.

Aslida Misr krizisi aslo uning kambag‘alligida emas. Bu – rejimning da’vosi, xolos. Yurtdagi mavjud boylik va resurslardan tashqari, topilgan birgina gaz va oltin boyligining o‘zi rejimning bu da’vosi yolg‘onligini ochib tashlaydi. Chunki Misr qo‘lidagi mavjud boyliklar nafaqat uning ehtiyojlarini qoplay oladi, balki yurtda bir dona ham kambag‘al fuqaroning qolmasligini ham ta’minlay oladi. Oltin konlari, gaz va neft quduqlarining Misrning u chetidan bu chetiga qadar yoyilganligi, biroq ularni G‘arbning transkontinental kompaniyalari talon-toroj qilayotganligi haqida Misr ahli bilmaydi, faqat juda oz kishi biladi, xolos. Hali, bu yurtning boshqa er osti boyliklari ham bor. Hatto uning oq qumi ham qiymatlidir. Suvaysh kanali va uning atrofini o‘rab turgan suv havzalari hamda yirik baliq boyliklari haqida aytmasak ham bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik va unga aloqador boshqa sohalarni aytmay qo‘ya qolaylik… Bu boylik va resurslarning barchasi u yoqda tursin, faqat bittasigina bu davlatni qarz olmaydigan, balki qarz beradigan va odamlarga mablag‘ berib, ularning ehtiyojlarini qondiradigan, boshqaga muhtoj bo‘lmaydigan davlatga aylantirishga qodirdir. Misr haqiqatda ham shunday bo‘lgan-ku axir, qachon va qanday qilib bunga erishgan?!

Misr Alloh Azza Jallaning vahisi bilan hukm yuritgan ikki zamonda shunday bo‘lgan. Birinchi, Allohning payg‘ambari Yusuf  zamonida, ikkinchi Amr ibn Abdulaziz fath qilib, bu yurt va uning ahlini Vizantiya zulmidan ozod etgandan so‘ng Islom bilan hukm yuritgan zamonda.

Yusuf  zamonida Alloh insonlar ishlarini qanday boshqarish va tartibga solishni Yusufga vahi orqali bildirdi, etti semiz sigir haqidagi tush ta’birini aytib, insonlarga yordam berish va ehtiyojlarini qoplash yo‘lini o‘rgatdi. Agar Alloh ushbu payg‘ambariga vahi qilmaganda Misr boshqa mamlakatlar kabi odamlari qashshoq va kunlik emishiga ham ega bo‘lmagan davlatlar qatorida qolaverar edi.

Islom kelgan zamondan keyin esa, Amr ibn Abdulaziz bu yurtga kelganda uning ahli qul, boyliklari ham, erlari ham yo‘q, hatto yashaydigan uy-joylari ham bo‘lmagan holda topdi. Misr Tsezarning mulki edi. Misrliklar kunlik emishlari muqobilida Tsezarь uchun dehqonchilik qilardilar. Nihoyat, Islom bu yurtga fath bilan kirib, uning ahliga o‘z hurriyatlarini, erlarini, diyorlarini qayta olib berdi. Natijada, Misr o‘z ne’matlarini berib, hatto qurg‘oqchilik yilida Rosululloh ning Madinalarini ham to‘ydirdi. Misr Islom bilan hukm yuritilgan davrlar mobaynida shu zaylda davom etdi. Ochko‘z va vahshiy kapitalistik boshqaruv kelgach esa, yurt yana Islomdan oldingi zamonga qaytdi, yana uning ahli qashshoq va qulga aylandi… dehqonchilik va tijorat muqobilida kunlik emish topadigan bo‘lib qolishdi, agar shuni ham topa olsalar.

Ey Kinona Misri ahli!

Kapitalistik tuzumdan kelib chiqqan va uning e’tiqodiga asoslangan echimlarni har qancha sinab ko‘rmang, kapitalizm sizga hargiz haloskor bo‘lolmaydi. Chunki bu tuzum sizdan emas va u sizning tabiat va xarakteringizga zid. Bil’aks, sizning yagona xaloskoringiz tabiatingizga muvofiq keladigan va aqidangizdan balqib chiqadigan haqiqiy alьternativ tuzumdir. Yolg‘iz undagina sizning muammo va krizislaringizga echim bor. Yolg‘iz shu tuzumgina boyliklaringizni to‘g‘ri idora qilib, sizga qaytarishga qodirdir. Ushbu tuzumning asosi Alloh nozil qilgan vahi bo‘lib, u Misrga jon va ravnaq ato etgan. Usiz bu yurt hech kim bo‘lmagan, bundan keyin hargiz hech kim bo‘lolmaydi. Bu Hizb ut-Tahrir sizni kunlarini tunlarga ulab barpo etishga da’vat qilayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumidir. Biz Alloh Taolodan Misr armiyasini ushbu Xalifalikning nusrat beruvchisiga aylantirishini, Misrni uning eng buyuk davlati va markaziy nuqtasi qilishini so‘rab qolamiz.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2020 yil 15 iyul chorshanba kungi 295-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.