Liviya ustida kurashayotgan kuchlar qizil chiziqni bosmoqdalar

35
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Liviya ustida kurashayotgan kuchlar qizil chiziqni bosmoqdalar

Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub

Liviyada xalqaro va regional jihatdan qo‘llab-quvvatlangan Haftar kuchlarining qo‘li baland kelib turgan bir paytda, Turkiya aralashuvining shiddati maydonda kurashayotgan kuchlar o‘rtasidagi harbiy muvozanatni ma’lum darajada tikladi. Haftar kuchlarini xalqaro jihatdan Rossiya va Frantsiya ochiqchasiga qo‘llab quvvatlayotgan bo‘lsa, regional jihatdan Misr, Saudiya, Sudan davlatlari, shu bilan birga, Frantsiyaga tobe ba’zi Afrika davlatlari qo‘llab-quvvatlayotgan edi. Haftar kuchlariga ko‘rsatilgan ushbu qo‘llab-quvvatlovlar, unga poytaxtning o‘zini qurshovga olib, uni siquvga olishiga imkon bergandi.

Bu xalqaro va regional davlatlar Haftarni Amerikaning ijod mahsuli ekanligini, hatto uni o‘zining Liviyadagi kuchli odami qilib qo‘yganini anglab etishmaganda edi, uni qo‘llab-quvvatlashmagan bo‘lardi. Buni anglab etishgani uchun ham ular Haftar tarafiga hech ikkilanmay o‘tishgan. Chunki uning tarafiga o‘tish bilan Amerikaga yaqin bo‘lishlarini bilib, shu orqali Amerikaning roziligi bilan Liviyadan kattaroq ulushni qo‘lga kiritishmoqchi.

Biroq aftidan Amerika bugun o‘zgacha hisob-kitob qilayotgan ko‘rinadi. Bu hisob-kitob xalqaro kuchlarga, asosan, Frantsiyaga kutilmagan hol bo‘lsa, Rossiya uchun tarsaki bo‘lib tushdi. Zero, ilgari Amerika qonuniy hukumat degan bahona bilan Sarrojning Vifoq hukumatini zohirda qo‘llab-quvvatlayotgan edi.

Ha, bugun Amerika Turkiyaning harbiy vaznidan foydalanib, Xalifa Haftar kuchlarini orqaga qaytardi va Liviya poytaxtidan uzoqlashtirdi, so‘ng uning kuchlarini ham, qo‘llab-quvvatlovchilarini ham rekord darajada tez mag‘lubiyatga uchratdi. Bu mag‘lubiyatga Turkiyaning qudratli harbiy kuchlari hamda suriyalik jangarilar yordamida erishdi. Chunki suriyalik jangarilar o‘ziga xos jangovar qobiliyatga va yuqori tajribaga egalar. Haftar kuchlari bilan rus yollanma jangarilari va boshqa ajnabiy kuchlarni mag‘lubiyatga uchratishda etakchi rolь o‘ynagan tomon mana shu jangarilar bo‘ldi.

Amerikaning yashil chirog‘isiz Turkiya Liviyaga aralashmas edi. Amerikaning roziligisiz Turkiya ham, boshqa davlat ham Liviyada bu darajada katta ishlarni sodir etishga botinolmasdi. Bunga aslo shubha yo‘q.

Buni qator dalillari bor. Masalan, AQShning Suriyadagi maxsus vakili Jeyms Jeffri «Anqara bilan Vashingtonning Suriya va Liviyada geostrategik mushtarak maqsadlari bor», dedi. AQSh Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi Devid Shenker «Turkiyaning Liviyaga aralashuvi Haftar kuchlarining olg‘a siljishini sekinlashtirdi va muzokaralar uchun eng yaxshi zamin yaratdi», dedi. Shuningdek, joriy yil sakkizinchi iyun kuni Erdogan bilan Tramp telefon suhbati o‘tkazib, Liviya ishi bo‘yicha birgalikda harakatlarini davom ettirishga kelishib olishdi. Buni Erdoganning maslahatchisi Fuat Oktay «Liviya ishida Turkiya bilan AQSh o‘rtasidagi hamkorlik ijobiy tomonga keskin o‘zgardi», deya ochiqladi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li 11 iyun kuni «Qo‘shma Shtatlar Liviyada har qachongidan faolroq rolь o‘ynamog‘i darkor. Tramp bilan Erdoganning telefon suhbati orqali erishgan kelishuvlariga muvofiq turkiyalik va amerikalik rasmiylar ehtimolli qadamlarni muhokama qilajaklar», dedi. Keyin «Biz Liviya masalasida tashqi ishlar, mudofaa va razvedka vazirliklari darajasida birgalikda harakat qilish to‘g‘risida ko‘rsatma oldik», deya qo‘shimcha qildi. Mana bu bayonotlar Turkiyaning Liviyaga aralashishi barcha darajada AQSh bilan kelishgan holda amalga oshganiga eng kuchli dalillardir.

Tabiiy savol tug‘iladi: Nima uchun Amerika Fayz Sarroj boshchiligidagi Vifoq hukumatini o‘z vakili Erdogan orqali qo‘llab-quvvatladi, axir, Vifoq hukumati Britaniya va Evropaning nazorati ostida Suxayrot shartnomasi asosida amalga oshgan-ku, bu hammaga ma’lum?

Buning javobi shundaki, Amerika Sarroj hukumatini Turkiya orqali qo‘llab-quvvatlashdan uchta asosiy strategik maqsadni ko‘zlamoqda:

1 –         Poytaxt Tripoli bilan G‘arbiy Liviyadagi mavjud Britaniya, Italiya va Evropaga moyil kuchli siyosiy doiralarga yorib kirib, o‘zini hayot kemasi qilib ko‘rsatayotgan Erdoganning mashhurligi orqali ular orasidan amerikaparast-erdoganparast siyosatchilar doirasini paydo qilish va ularni evropaliklardan uzoqlashtirish.

2 –          Liviya muammosini hal qilish ishiga Erdogan Turkiyasi bilan Putin Rossiyasini ishtirok ettirish va buni evropaparast an’anaviy doiralar hisobiga amalga oshirish.

3 –          Liviyani ikki tomondagi kuchlar o‘rtasida parokanda ahvolda qoldirish: Birinchi tomon Beng‘oziy va Sharqiy Liviyadagi Amerika malaylari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi, asosan, Misr-Liviya chegaralariga kuchlarini joylashtirgan Sisiy tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Haftar kuchlari bo‘lsa, ikkinchi tomon Turkiya kuchlari bilan uning Tripoli va G‘arbiy Liviyadagi tarafdorlaridir. Amerikaning bu ikki kuchni ikki tomonga tarqatishdan maqsadi, Liviyadagi nufuzini bir tomondan Beng‘oziyga o‘zining odamini qo‘yish, ikkinchi tomondan G‘arbdagi Tripoliga o‘zining odamini qo‘yish orqali mustahkamlamoqchi.

Buni qizil chiziq to‘g‘risida shu kunlarda ko‘p takrorlanayotgan gaplar tasdiqlab turibdi. Ko‘plab rus va misrlik siyosatchilar Sirt bilan Jafra rayonlarining mutlaqo o‘tish mumkin bo‘lmagan qizil chiziqqa aylangani haqida kechayu kunduz bayonotlar berishyapti. Shu yo‘l orqali Amerika Liviyadagi bosh o‘yinchi bo‘lib olmoqda. Chunki shu paytga qadar u ikkilamchi o‘yinchi bo‘lib kelgan edi. Endi bo‘lsa, Amerika qizil chiziq tortyapti, qolganlar uni buzishyapti…

Agar mustamlakachilarga malay va itoatgo‘y anavi hukmdorlar bo‘lmaganda edi, AQSh nufuzi ham, Britaniya, Frantsiya va Evropa nufuzlari ham Liviyada bu darajada ildiz otib, mustahkamlanmagan bo‘lar edi. Misol uchun, Turkiya agar Amerika siyosati doirasi bo‘yicha harakat qilmasa, u holda, nega Liviyaga aralashishi uchun u bilan kelishib olishni o‘ziga shart deb bilyapti?! Misr agar o‘ttiz yildan buyon Amerikaga malay bo‘lmasa, nega Haftarni zo‘r berib qo‘llab-quvvatlayapti?! Agar Sisiy Amerikaning yuvindixo‘ri bo‘lmasa, nega Misr Turkiyaning aralashishi uchun qizil chiziq tortyapti?! Axir, Misr uchun Liviya muammosidan ko‘ra muhimroq o‘zining muammolari qalashib yotibdi-ku, masalan, yahudiy vujudi muammosi, Efiopiyaning «Nahza to‘g‘oni» muammosi, mafkuraviy tanazzul, qashshoqlikning keng tarqalishi, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash va ta’lim… kabi sohalardagi qoloqlik kabi muammolar?!

Shuning uchun ham, aynan mana shu amerikaparast itoatgo‘y rahbariyatlar bu mustamlakachi davlatning Liviyadagi nufuzini kengayishiga zo‘r berib yordam berishyapti. Demakki, muammo xalqlarda emas, balki Amerikaga tiz cho‘kuvchi davlatlardadir. Aynan shu rahbarlar va davlatlar Amerikaga sotilib, hanuz xorlik va mutelikda davom etishyapti.

Roya gazetasining 2020 yil 15 iyul chorshanba kungi 295-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.