Energetika sohasini mafiya qo‘lidan tortib olib, Alloh buyurganidek umumiy mulkka aylantirish benzin narxlarining ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikning yagona yo‘lidir

44
0

Matbuot bayonoti

Energetika sohasini mafiya qo‘lidan tortib olib, Alloh buyurganidek umumiy mulkka aylantirish benzin narxlarining ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikning yagona yo‘lidir

Bajva-Imron rejimi 2020 yil 26 iyunda neftь mafiyasining yoqilg‘i narxlarini ko‘tarishiga hamda tez foyda ko‘rish uchun odamlarga bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘riladigan choralarni bekor qildi. Darhaqiqat, yangi choralar neftь va gaz tashkiloti kengashi (OGRA)ning tavsiyasidan keyin shu oyning boshida energiya narxidagi o‘zgarishlarga cheklov qo‘ygan edi. Lekin Bajva-Imron rejimi benzin narxini to‘satdan 26 rupiyaga ko‘tarib yubordi. Bu esa, o‘tgan oyda tushirilgan narxdan ikki barobar ortiqdir. Demokratik nizom mana shu yo‘l bilan yurt boshdan kechirayotgan eng og‘ir damlarda odamlardan o‘ch oldi. Darhaqiqat, millionlab odam ish joyini yo‘qotgan, tijoriy ishlar to‘xtagan, iqtisod bo‘g‘ilgan, inflyatsiya haddan tashqari oshgan hamda musulmonlar asosiy ehtiyojlarini qondirishga ham kuchi etmayotgan bir paytda «Benzin bombasi» ishga tushirildi. Bu rejim sobiq hukumatlar kabi demokratiya yo‘lidan bormoqda va kuchli mafiyalar manfaatini ta’minlamoqda. Chunki bu rejim uchun odamlarga etayotgan zararning qizig‘i yo‘q. Ayni paytda u odamlar ustidan vasiylikni da’vo qilmoqda.

«Benzin bombasi» dunyo bo‘ylab narxlar o‘sib ketgani sababli neftь savdo shirkatlari (OMC)ga foyda keltirish va neftь qazib olishni rivojlantirish solig‘i uchun 450 milliard rupiya pul yig‘ishga qaratilgan. Bu bilan Xalqaro Valyuta Fondi talab qilayotgan bir trillion rupiya qo‘shimcha soliqni to‘lash amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili neftь qazib olishni rivojlantirish solig‘i 260 milliard rupiyadan 450 milliard rupiyaga ko‘tarildi. 2019 yil iyul oyida neftь qazib olishni rivojlantirish solig‘i har bir litrga 15 rupiyaga teng keldi. Holbuki, o‘sha paytda butun dunyoda neftь narxi tushgan edi. Lekin rejim odamlarga engillik yaratish o‘rniga Xalqaro Valyuta Fondining talabiga ko‘ra soliqni oshirdi. Jahon bo‘ylab neftь narxi ko‘tarilgan paytda esa, neftь qazib olish solig‘ini ko‘tarish o‘rniga har bir litr uchun 30 rupiya narxni ushlab turibdi. Bundan tashqari umumiy neftь savdosidagi soliqlarning ko‘tarilishi odamlarning jarohatiga tuz sepish kabi bo‘lmoqda.

Energiya sektorida pul ko‘p, lekin bu sohaga bir necha yirik kapitalistlargina sarmoya yotqiza oladi. Bu esa, ushbu sektorning kartellari (yirik kapitalistik sanoat birlashmasi) shakllanishini osonlashtiradi. Demokratiyada ildiz otgan kamchiliklar va elita hukmronlik qiladigan tizim tufayli, ushbu kartellar osongina qonun bilan o‘ynashishi va turli siyosatlar yurgizishi mumkin. Bu esa, mafiyalarning odamlar zarariga katta foydalar ko‘rishini ta’minlaydi. Holbuki, Islom energiya sektorini xususiy emas, balki umumiy mulk bo‘lishini vojib qiladi. Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

«الْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِي ثَلَاثٍ:‏‏‏‏ فِي الْمَاءِ وَالْكَلَإِ وَالنَّارِ»

«Musulmonlar uch narsada sherikdirlar: Suv, yaylov va olovda». Ibn Mojja rivoyati. Shuningdek, Islom hukumatga energiyani odamlarning ishlariga to‘la sarflashini buyuradi. Bu narsa o‘sha xom ashyoning o‘zi bo‘ladimi yoki sotilgandagi puli bo‘ladimi farqi yo‘q. Islom xususiy sektor egalariga davlatning sarf-xarajati evaziga hamyonlarini to‘ldirishiga ruxsat bermaydi. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik tiklangach, energiya sektori umumiy mulkka aylanadi va «Benzin bombasi»ga to‘la yakun yasaladi. Ana o‘shanda odamlarni qiynayotgan va iqtisodni falaj qilayotgan ulkan energiya soliqlari bo‘lmaydi. Shuning uchun demokratiyani uloqtirib, Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritmas ekanmiz mafiya va ularga o‘xshash siyosatchilarga qaram bo‘lib qolaveramiz.

أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ

«(Axir) yaratgan zot (O‘zi yo‘qdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir» [Mulk 14]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.