Demokratik boshqaruvda Islomni haqorat qilish dunyoqarashga aylandi!

22
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Demokratik boshqaruvda Islomni haqorat qilish dunyoqarashga aylandi!

Afg‘oniston Strategik tadqiqotlar instituti bir tadqiqot hujjati nashr qildi. «Ta’lim va Siyosat: Afg‘on maktablarining o‘quv dasturlarida islomiy radikalizmning ildizlari» nomli ushbu hujjat Islom qadriyatlari, aqida va ahkomlari ustidan ochiq masxaralashga vosita bo‘lmoqda. «Islomiy mazmundagi ta’lim radikalizm va ekstremizmga olib keladi», degan narsa ilgari surilmoqda. Bu institut shu kabi tadqiqot hujjati nashr qilish bilangina kifoyalanmay, g‘oyat yomon echimni taklif qildi. U ham bo‘lsa, maktablardagi barcha darslik adabiyotlardan islomiy materiallarni olib tashlash taklifidir.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Afg‘oniston viloyati matbuot bo‘limi matbuot bayonoti nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu institut o‘zining noxolis tadqiqot hujjatlari va ideologik izlanishlari orqali Islomga tinimsiz hujum qilib keldi. Islom qadriyatlarini «radikalizmga», «ekstremizmga» va «aqidaparastlikka» bog‘lash uning odatiga aylangan. Bugun shu kabi tadqiqot hujjatlari va nazariyalari zo‘ravonlik uchun minbar yaratib berdi. Zero, anchadan beri G‘arbdagi donor davlatlar shu maqsadda harakat qilishmoqda».

Matbuot bayonotida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

«O‘tgan yigirma yil ichida Afg‘oniston ta’lim tizimiga bir necha bor o‘zgartish kiritildi, har safar islomiy tushunchalarni olib tashlanib, o‘rniga demokratik tushunchalar kiritildi. Biroq bu ilmoniylar, aftidan, Islomni shu darajada yomon ko‘rishar ekanki, dinimizning shaxsga taalluqli masalalarini ko‘rishga ham toqat qila olishmayapti, uni ham radikallikka bog‘lab, o‘quv dasturidan olib tashlashga chaqirishyapti».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Bugungi kunda demokratiya va ilmoniylik boshqaruvi ostida har qanday demokrat kimsa yoki demokratik institut Islom qadriyatlari va aqidalariga nisbatan shubha uyg‘otishga jur’at qiladigan hamda buni «tadqiqot hujjati» va «so‘z erkinligi» niqobi bilan amalga oshiradigan bo‘lib qoldi. Boshqa tomondan, bunday haqoratchilar va g‘arazgo‘ylarga qarshi hech bir kimsa yoki tashkilot topilmayapti. Biroq, bu kabi razil missiyalar agar bundan ancha yillar muqaddam paydo bo‘lganda, albatta keskin reaktsiyaga uchragan bo‘lar edi. Ammo bu kimsalar bugun islomiy boshqaruv yo‘q bo‘lib turgan bir paytda Islomdagi muqaddas narsalarni qo‘rqmay haqorat qiladigan bo‘lib qolishdi. Biror kishi bunday tuturiqsiz qilmishga qarshi gapiradigan bo‘lsa, u turli tuhmatlar bilan bostirilyapti yoki suiqasd qurboni bo‘lyapti.

Roya gazetasining 2020 yil 15 iyul chorshanba kungi 295-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.