Barcha munkar va buzuqliklarning asl sababchisi kapitalistik kufr tuzumidir

34
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Barcha munkar va buzuqliklarning asl sababchisi kapitalistik kufr tuzumidir

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limi quyidagilarni ta’kidladi: «Yaqin o‘tmishdagi siyosiy tarix turk davlati va hukmron hokimiyatning barcha buzuq g‘oyalarga yo‘l ochganiga guvohdir». Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limining bu so‘zlari Turkiya jumhuriyati prezidenti Erdoganning Gey va Transgenderlar uyushmasi masalasiga to‘xtalib, «turk xalqini Robbimiz harom qilgan narsalarga qarshi pozitsiyada turishi kerakligiga da’vat qilaman», degan bayonoti ortidan yangradi. Matbuot bayonotida bunday deyiladi:

«Bu bayonotga nazar solinsa, Erdogan janoblari o‘z vazifasini unutib qo‘ygandek ko‘rinadi! Aslida, saylov oldidan buzuq geylarga yaltoqlik qilgan ham, ularga qonuniy huquq berish bilan G‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatloviga erishishga uringan ham mana shu Erdogan ekanini unutmaslik kerak!».

Bayonotda bunday deyiladi:

«Geylarning «sharaf marshi», deb nomlangan yillik marshi ham, ularning huquqini qonunan himoya qilish uchun 2011 yil imzolangan «Istanbul kelishuvi» ham Erdoganning Adolat va Taraqqiyot partiyasi davrida bo‘ldi!».

Keyin bayonotda Erdoganga quyidagicha murojaat yo‘llandi:

«Agar geylik jamiyat qadriyatlariga zid, degan fikrda bo‘lsangiz, u holda, bu buzuqlikka da’vat qilish, maqtab, qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilishi kerak hamda siz davlat prezidenti sifatida geylarni himoya qiluvchi barcha qonunlarni, ayniqsa, «Istanbul kelishuvi»ni bekor qilib, tatbiqdan to‘xtatishingiz lozim. Ana shundagina xalqqa «biz vazifamizni qildik, bu yog‘i sizning vazifangiz qoldi», desangiz yarashadi! Ammo sizning avvalo xalqdan bunga qarshi pozitsiya egallashlarini talab qilishingiz, riyokorlikdan boshqa narsa emas, bu so‘zlaringizda rostgo‘ylik va xolislik etishmaydi! Xullas kalom, barcha munkar va buzuqliklarning asl sababchisi kapitalistik kufr tuzumidir. Mudom, bu tuzum amalda mavjud bo‘lib turaverar ekan, buzuqliklar ham saqlanib qolaveradi.

Roya gazetasining 2020 yil 15 iyul chorshanba kungi 295-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.