Amerikaliklarning isteriyaga tushib, qurol-yaroqqa intilishlari rekord darajaga etdi

30
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerikaliklarning isteriyaga tushib, qurol-yaroqqa intilishlari rekord darajaga etdi va bu ularning naqadar dahshatga tushayotganini, yurtda naqadar parchalanish bo‘layotganini ko‘rsatib turibdi!

Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1441 yil 17 zul-qa’da, milodiy 2020 yil 8 iyul chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«AQShda qurol-yarog‘ savdosi joriy yilning iyun oyida o‘tgan 2019 yilning shu oyiga nisbatan 145.3 %ga o‘sgan.

Bu – seshanba kuni Amerikaning to‘pponcha va miltiq o‘qotar qurollari sotilishi bo‘yicha tahlillar va prognozlar chiqarishga ixtisoslashgan «Small Arms Analytics & Forecasting» kompaniyasi hisobotida aytildi.

Xuddi shu hisobotda mart, aprel va may oylaridagi qurol sotish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 79 %ga o‘sgani aytildi».

Roya gazetasi sharhi:

Amerika xalqining qurol sotib olishga bu darajada qattiq intilayotganidan AQShdagi dahshat va safarbarlikning keskin sur’atda oshganini ko‘rish mumkin. Bu holat Tramp ma’muriyatining koronavirus pandemiyasiga nisbatan chora-tadbirlar ko‘rishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, buning oqibatida yurt iqtisodiyoti keskin ziyon ko‘rib, o‘n millionlab inson ishsizga aylanishi ortidan paydo bo‘ldi. Ayniqsa, AQSh politsiyasining odamlarga irqchlik bilan munosabatda bo‘lishi va afroamerikalik Jorj Floydni ochiq-oshkor xunuk suratda o‘ldirishi ortidan AQSh jamiyatida – Yurtning bir necha shtatlarida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari, tartibsizliklar, to‘qnashuvlar, zo‘ravonliklar, talonchiliklar kabi – notinchlik holati yuzaga keldi… Bularning barchasidan ko‘rinib turibdiki, Amerikaning og‘iz ko‘pirtirib maqtanuvchi ichki barqarorligi soxtadir. Allohning izni ila, yaqinda kul ostidan alanga olajak parchalanish olovi tinchlik, degan narsaning yolg‘onligini fosh etajakdir.

Roya gazetasining 2020 yil 15 iyul chorshanba kungi 295-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.