Serebrinitsa: 25 yillik bitmagan jarohat

35
0

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti Serebrinitsa ommaviy qirg‘inining 25 yillik xotirasi munosabati bilan «Serebrinitsa: 25 yillik bitmagan jarohat» nomli kampaniya boshladi

Serbiya qo‘shinlari 1995 yil, 11 iyulda Bosniyaning musulmonlar yashaydigan Serebrinitsa shahrini vayron qilishdi. Zero, o‘n minglab musulmonlar serb qo‘shinlari hujumidan qochib, Bosniyaning shimoliy sharqiga ko‘chib o‘tishgan edi. BMT ushbu shaharni «Xavfsiz mintaqa» sinfiga kiritib, uni o‘z himoyasi ostida deb e’lon qilgan edi. Serebrinitsa ishg‘ol qilingan kunining ertasiga serblar 8000ta musulmon erkak va bolalarni o‘ldirishdi. Bu voqea ikkinchi jahon urushidan beri Evropada amalga oshirilgan eng yomon xunrezlik deya nomlandi. Unda qirg‘indan tashqari 25000dan 30000gacha bo‘lgan musulmon ayol, bolalar va qariyalar quvg‘in qilindi. Bu ishlar Serbiya respublikasiga chegaradosh erlarni musulmonlardan irqiy tozalash kampaniyasi doirasida amalga oshirildi. BMT Serebrinitsa musulmonlarini himoya qilishi haqida va’da bergan bo‘lsada, lekin u va’dasida turmadi. G‘arb davlatlari Serebrinitsa musulmonlariga NATO orqali serb hujumini to‘xtatamiz deya va’da berishgan edi, lekin bu ham amalga oshmadi. Haqiqat shuki, BMT nafaqat Serebrinitsa istilosi va qirg‘inini to‘xtata olmadi, balki u shahardagi bosniyalik musulmon jangchilarning qurollarini tortib oldi. Natijada, ularni dushmanlari qarshisida zaiflashtirib yubordi. Masalan BMTga qarashli tinchlikni saqlash kuchlari bazasi joylashgan Potokari qishlog‘ida Serbiya qo‘shinlaridan himoya so‘ragan Serebrinitsalik o‘n minglagan musulmonlar mintaqaga kirgan Serbiya qo‘shinlarining terror hujumiga yo‘liqishdi. Serb askarlari yuzlagan musulmonlarni o‘ldirib, yosh bolalar va go‘daklarni so‘yishdi. Shuningdek, hisobsiz darajada ayol va qizlarni nomusini toptashdi. BMT qo‘shinlari esa, ushbu jinoyatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib tursalarda, kazarmalaridan chiqishmadi.

Serebrinitsadagi shafqatsiz qirg‘inga 25 yil to‘lar ekan, musibat qurbonlari hamon ular va oilalariga qarshi serb askarlari amalga oshirgan mudhish jinoyatlarga qarshi adolat qaror topishini kutmoqdalar. Lekin ular adolat uchun qilayotgan kurashlarida g‘alaba qilishlaridan umid yo‘q. Chunki Serebrinitsadagi ommaviy qirg‘in Bosniya urushida serb askarlari musulmonlarga qarshi sodir etgan razilliklarning bir qismi bo‘lib, o‘sha paytda bu razilliklarni dunyoning barcha musulmonu g‘ayrimusulmon hukumatlari kuzatib turishgan edi. 1992 yildan 1995 yilgacha davom etgan Bosniya urushida yuzlagan qishloq va shaharlarda musulmonlarga nisbatan etnik tozalash ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda Bosniyadagi serb partiyalari va Serbiya respublikasining Slobodan Miloshevichga qarashli hukumati Drina daryosi bo‘yida etnik jihatdan sof serblardan iborat mintaqada buyuk serb millati nomli davlatni tiklashga harakat qilishdi. Serb askarlari uylarni vayron qila boshlashdi hamda o‘n minglagan musulmonlar, shu jumladan ayollar, bolalar va keksalarni azoblashdi va qatl qilishdi. Urush paytida 100 ming shaxs qatl qilindi, 2,2 million shaxs badarg‘a qilindi hamda serb askarlari 50 mingta muslima ayol va qizlarning nomusini toptashdi. Ushbu razil jinoyat tufayli ularning aksariyati homilador bo‘lib qoldi. Shuningdek, minglagan Bosniyalik musulmonlar serblarning qamoqxonalariga tashlanib, u erda ochlik, azob va qotilliklarga duchor bo‘lishdi. Serebrinitsa qirg‘inidan bir necha yil o‘tib, olam «Bu hech qachon takrorlanmaydi» va yangi tarixdagi ushbu qora nuqtadan xulosa chiqaradi deya va’da bergan edi. Lekin biz bugun Bosniya urushi va Serebrinitsa ommaviy qirg‘inida amalga oshirilgan jinoyat va qirg‘inlar butun olam bo‘ylab davom etayotganini ko‘rib turibmiz. Hatto ayrim holatlarda ahvol Serebrinitsadan ham yomonroq bo‘lmoqda. Biz bunda BMT, G‘arb davlatlari va musulmon hokimlari bugun musulmonlarga qarshi amalga oshirilayotgan razolatlarni to‘xtatmayotganini ko‘rib turibmiz. Bunga Suriya, Mьyanma, Kashmir, Falastin, Yaman, Sharqiy Turkiston, Hindiston va boshqa joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni misol qilsa bo‘ladi.

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti Serebrinitsa ommaviy qirg‘inining 25 yillik xotirasi munosabati bilan «Serebrinitsa: 25 yillik bitmagan jarohat» nomli kampaniya boshladi. Kampaniya boshlashdan maqsad ushbu insoniy musibatdan qanday saboq olishni yoritib berish hamda Ummatimiz boshdan kechirayotgan ommaviy qirg‘indan meros bo‘lib qolgan narsani qanday sindirishni bayon qilishdir. Toki, yana o‘shanday tarix takrorlanmasin. Shuningdek, ushbu kampaniyadan maqsad shuki, bizning moziydagi bu kabi vahshiy xotiralarini qayta jonlantirishimiz musulmonlar sifatida o‘z yurtlarimizda xavfsizlik va adolatni o‘rnatish uchun kelajagimizni qayta qurishimizga yordam bersin.

Payg‘ambarimiz ﷺ bunday dedilar:

«لاَ يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ»

«Mo‘min kishi barmog‘ini bir teshikda ikki marta chaqtirmaydi».

Kampaniyani quyidagi aloqa tarmoqlari orqali kuzatishingiz mumkin:

http://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/69202.html
https://www.facebook.com/WomenandShariaAR

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qismi mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.