Urush hamda koronavirus tufayli vujudga kelgan Suriyadagi ocharchilik

39
0

Urush hamda koronavirus tufayli vujudga kelgan Suriyadagi ocharchilik

BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissariyati hisobotiga ko‘ra, Suriyadagi urush yarim milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi hamda mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi o‘z uyini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, urush infrastrukturani vayron etib, iqtisodni falaj qildi va turli sohalar, shu jumladan sog‘liqni saqlash sohasini ishdan chiqardi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga ko‘ra, Suriyadagi shifoxona va sog‘liqni saqlash markazlarining yarmidan ko‘prog‘i ishdan chiqqan.

Bundan tashqari, bugungi kunda koronavirus tarqalishi hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining misli ko‘rilmagan darajada ko‘tarilib ketishi natijasida Suriya ocharchilik inqiroziga yuz tutdi. Zero, Suriya lirasining AQSh dollariga nisbatan bahosi pasayib ketishi natijasida oziq-ovqat narxlari bir yilda 200 %ga ortib ketdi. BMTning Tvitter sahifasida chiqarilgan dasturida aytilishicha, «Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi va COVID-19 pandemiyasi Suriyadagi oilalarga toqatidan ortiq narsani yukladi».

BMTning ishora qilishicha, COVID-19 pandemiyasi vaziyatni chigallashtirib yuborgan hamda oziq-ovqat taqchilligi va yomon sharoitdan qiynalayotgan shaxslarning ko‘payishiga olib kelgan. Zero, tashkilot hisobotiga ko‘ra, bir necha oy oldin 7,9 million suriyaliklar oziq-ovqat taqchilligidan qiynalayotgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 9,3 millionni tashkil etgan.

Hisobotlardagi ushbu qo‘rqinchli raqamlar Suriyadagi ahlimiz achchiq va achinarli ahvolda yashayotganini ko‘rsatmoqda. Bu tom ma’noda gumanitar fojiadir. Chunki, og‘ir iqtisodiy vaziyatda va rejimga joriy qilingan sanktsiyalar sharoitida zolim rejimning koronavirusga qarshi kurashga mas’uliyatsizlarcha yondashishi ahvolni yanada og‘irlashtirdi. Rejimga qarshi joriy qilingan sanktsiyalar odatda hukmron elitaga etib bormaydi, balki, oddiy odamlarga ta’sir qilib, ularni yanada qashshoqlashtiradi, ocharchilik va ishsizlikni keltirib chiqaradi. Oddiy odamlar non va boshqa kunlik zaruriy mahsulotlarni sotib olish uchun turna qator navbatda turishga majbur. Zero, insoniy ehtiyojlar kundan-kunga ortib borayotgan ayni shu kunlarda Suriyaning 90 %dan ortiq aholisi qashshoqlikning eng quyi darajasida, ya’ni kuniga ikki dollardan ham kam xarajat evaziga yashamoqda.

Bu Suriyadagi ahlimizning zolim rejim soyasidagi voqesi bo‘lib, ushbu rejim ularga qarshi kuch ishlatdi va vahshiy repressiya qurolini ishga soldi. Natijada ular chiqindilarni eyishmoqda, non do‘konlarida navbat kutishmoqda, daraxt barglarini iste’mol qilishmoqda, ko‘chalarda tunashmoqda va bir necha yillardan beri ularga zo‘rlab yuklangan alamli hayotni boshdan kechirishmoqda.

Albatta Suriya aholisi boshdan kechirayotgan achchiq voqe siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohasida boshqa musulmon yurtlarda yuz berayotgan voqedan farq qilmaydi. Bugungi ahvol kechagidan yomonroq. Shuning uchun o‘z ahliga yolg‘on gapirmaydigan Hizb ut-Tahrir a’zolari odamlarning yordam so‘rab qilayotgan nolalarini eshitar va ketma-ket inqirozlarga guvoh bo‘lar ekanlar, bularning barchasiga buzuq kapitalistik nizomga bo‘ysunuvchi hokimlar sababchi ekanini ko‘rsatib bormoqdalar. Kapitalistik nizom odamlarning muammolarini muolaja qilish va echim berishda muvaffaqiyatsiz ekanini isbotladi. Ushbu nizom odamlarning qashshoqlashishi va och qolishining haqiqiy sababi ekanini aytmasa ham bo‘ladi. Chunki u zudlik bilan yordam ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lgan odamlarni e’tiborsiz tashlab qo‘ymoqda. Rosululloh ﷺ bu haqda shunday deganlar:

«فَالْإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Imom rahbardir va u qo‘l ostidagilardan javobgardir». Buxoriy rivoyati.

Bugun Islomiy Ummat, balki butun olam boshdan kechirayotgan inqirozlar faqat iqtisodiy inqiroz emas. Chunki er yuzida boylik ko‘p, lekin u malay hokimlar changalidadir. Alloh Taolo aytadi:

وَهُوَ الَّذِي أَنزَلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَخْرَجْنَا بِهِ نَبَاتَ كُلِّ شَيْءٍ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِراً نُّخْرِجُ مِنْهُ حَبّاً مُّتَرَاكِباً وَمِنَ النَّخْلِ مِن طَلْعِهَا قِنْوَانٌ دَانِيَةٌ وَجَنَّاتٍ مِّنْ أَعْنَابٍ وَالزَّيْتُونَ وَالرُّمَّانَ مُشْتَبِهاً وَغَيْرَ مُتَشَابِهٍ انظُرُوا إِلَىٰ ثَمَرِهِ إِذَا أَثْمَرَ وَيَنْعِهِ إِنَّ فِي ذَٰلِكُمْ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

«U osmondan suv tushirgan zotdir. Bas, u suv yordamida har turli nabototni chiqardik. Undan esa giyohlarni chiqardik. Undan (giyohdan) ustma-ust bo‘lgan donlarni (ya’ni boshoqlarni) chiqarurmiz. Xurmo novdalaridan (yig‘ib-terib olguvchilar uchun) yaqin boshlar-gujumlar (bo‘lur). Yana uzumzor toklarni hamda (barglari) bir-biriga o‘xshagan, (mevalari esa) o‘xshamaydigan zaytun va anorlarni (chiqarurmiz). (Ey insonlar), ularning har birini meva tukkan paytidagi mevasiga va keyin pishgan holiga boqing! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-mo‘’jizalar mavjuddir» [An’om 99]

Demak, boylik Allohniki va u haddan tashqari ko‘p va serobdir. Lekin inqiroz er yuzida Allohning qonuni tatbiq qilinmayotgani hamda aksincha unga insoniyat va uning nafsu havosidan kelib chiqqan qonunlar hukmronlik qilayotganidadir.

Shunday ekan, kelinglar Islomga va Allohning shariatini hakam qilishga yordam beringlar. Chunki u bilan aqllar va jonlar tirikdir hamda er va unda bo‘lgan narsalar hayotdir. Agar yordam bersangiz, dunyo va oxirat roziligiga erishasiz. Ibn Mojja va Bayhaqiy chiqargan hadisda Abdulloh ibn Umar shunday rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bizga yo‘liqib shunday dedilar:

«يَا مَعْشَرَ الْمُهَاجِرِينَ، خَمْسٌ إِذَا ابْتُلِيتُمْ بِهِنَّ وَأَعُوذُ بِاللَّهِ أَنْ تُدْرِكُوهُنَّ؛ لَمْ تَظْهَرْ الْفَاحِشَةُ فِي قَوْمٍ قَطُّ حَتَّى يُعْلِنُوا بِهَا إِلَّا فَشَا فِيهِمْ الطَّاعُونُ وَالْأَوْجَاعُ الَّتِي لَمْ تَكُنْ مَضَتْ فِي أَسْلَافِهِمْ الَّذِينَ مَضَوْا، وَلَمْ يَنْقُصُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ إِلَّا أُخِذُوا بِالسِّنِينَ وَشِدَّةِ الْمَئُونَةِ وَجَوْرِ السُّلْطَانِ عَلَيْهِمْ، وَلَمْ يَمْنَعُوا زَكَاةَ أَمْوَالِهِمْ إِلَّا مُنِعُوا الْقَطْرَ مِنْ السَّمَاءِ وَلَوْلَا الْبَهَائِمُ لَمْ يُمْطَرُوا، وَلَمْ يَنْقُضُوا عَهْدَ اللَّهِ وَعَهْدَ رَسُولِهِ إِلَّا سَلَّطَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ عَدُوّاً مِنْ غَيْرِهِمْ فَأَخَذُوا بَعْضَ مَا فِي أَيْدِيهِمْ، وَمَا لَمْ تَحْكُمْ أَئِمَّتُهُمْ بِكِتَابِ اللَّهِ وَيَتَخَيَّرُوا مِمَّا أَنْزَلَ اللَّهُ إِلَّا جَعَلَ اللَّهُ بَأْسَهُمْ بَيْنَهُمْ»

«Ey muhojirlar jamoasi men sizlarga beshta narsa etishidan Allohdan panoh so‘rayman. Qaysiki qavm fahsh ishlari bilan oshkora shug‘ullansalar, ularda ajdodlarida bo‘lmagan o‘lat va kasalliklar ko‘payadi. Qaysiki qavm tarozi va o‘lchovdan urib qolsa, ularda qahatchilik va taqchillikka hamda hokimlar zulmiga duchor bo‘lishadi. Agar mollaridan zakot bermasalar, osmondan yomg‘ir yog‘ish kamayadi, hayvonlar bo‘lmaganda, yomg‘ir mutlaqo yog‘may qo‘yar edi. Agar Alloh va Rosuliga bergan va’dalarini bajarmasalar, ularning ustidan dushmanlarini hukmron qilib qo‘yadi. Shunda o‘sha dushmanlar ularning qo‘lidagi boyliklarini tortib oladi. Agar imomlari (ish egalari) Allohning kitobi bilan hukm yuritmasalar va Alloh nozil qilgan ahkomlari orasidan o‘zlariga foydasi borinigina tanlasalar, Alloh ularning ba’zilarini ba’zilariga dushman qilib qo‘yadi».

Ey musulmonlar bugun biz aynan shu ahvolda yashamoqdamiz. Shuning uchun bugun musulmonlar Islomiy davlatni barpo etish orqali Islom va musulmonlarga kuch-quvvat va shon-sharafni qaytarishlari vojibdir. Bu – Allohga va’da berish, shariatiga amal qilish va Islomni hayotga qaytarish bilan bo‘ladi. Bu esa, er kurrasining bir qismida Islom davlatini barpo etib, Islomni to‘la tatbiq qilish va mana shu markazlashgan nuqtaga boshqa bo‘laklarni ham qo‘shish orqali amalga oshadi. Chunki Rosululloh ﷺ xuddi shunday qilganlar.

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.